Soliqlar va soliqqa tortish


Download 5.01 Kb.

bet5/20
Sana14.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

DSI inspektorlari. 
Ushbu punktning tanlanishi bilan quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish mumkin: 
- DSI inspektorlari ro’yxatiga yangi inspektorni kiritish; 
- ma’lumotnomadan yozuvlarni o’chirish mumkin; 
- DSI inspektorlari ro’yxatini qog’ozga chiqarish mumkin. 
DSI inspektorlari ro’yxatiga yangi inspektorni kiritish: 
F2 yangi kodni yozish,  ENTER, inspektor F.I.O,  ENTER. 
DSI inspektorlarini ma’lumotnomadan o’chirish: 
Kursorni  o’chirilishi  lozim  bo’lgan  qator  ustiga  qo’yib,  F8  o’chiriladi,  Ha  so’zi  tanlanadi, 
ENTER. 
DSI inspektorlari ro’yxatini qog’ozga chiqarish quyidagicha amalga oshiriladi: 
F5  pechat,  fayl  yoki  printer  ko’rsatiladi,  agar  fayl  ko’rsatilgan  bo’lsa,  faylga  nom  beriladi, 
ENTER. 
DSI pasporti
DSI pasportini to’ldirish uchun quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: 
- Inspeksiya nomi; 
- Inspeksiya boshlig’ining F.I.O.; 
- Inspeksiya bosh hisobchisining  F.I.O.; 
- Хizmat ko’rsatuvchi bank MFOsi; 

 
32 
- Inspeksiyaning identifikatsiya  raqami.  
Bugungi kunga kelib, soliq idoralarida har bir bo’limning ish faoliyatidan kelib chiqib alohida 
dasturiy mahsullar ishlab chiqilib, amalda foydalanib kelinmoqda.  
Хuddi shu tartibda boshqa dasturiy mahsullar  ham soliq inspektori ishining samaradorligini 
oshirishga xizmat qiladi.  
3. Davlat soliq xizmati idoralari o’tgan yillar ichida kompyuterlashtirish va axborotlashtirish, 
malakali  kadrlarni  tayyorlash,  soliq  organlarini  zamonaviy  kompyuterlar  bilan  taminlash,  dasturiy 
mahsullar  ishlab  chiqib,  ulardan  foydalanish  ishlarini  amalga  oshirish  borasida  anchagina  ishlarni 
amalga oshirib qo’ydi. 
 
Davlat soliq xizmati organlarida foydalanilayotgan dasturiy maxsullar ro’yxati 
 
№ 
Dasturiy maxsulot nomi 

«Davlat byudjeti va maqsadli jamg’armalariga tushumlar hisobini yuritish» dasturiy 
majmuasi (1NRay, PF, DF, ShF, NJ-1%) 

«Ma’muriy amaliyotni hisobga olish» dasturiy mahsuli (AdmPrac) 

«Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olish» dasturiy majmuasi (Fizltd) 

«Soliq tekshiruvlari hisobini yuritish» dasturiy mahsuli (Apray) 

«Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash» dasturiy mahsuli (Decl) 

«Jismoniy shaxslar ma’lumotlar bazasini  inventarizatsiya qilish» dasturiy mahsuli 
(Fiz_new_kls) 

«Jismoniy shaxslar ShХV yuritish dasturiy mahsuli» 
(Fiz_bank) 

«Yuridik shaxslarning soliq qarzlari hisobini yuritish» dasturiy mahsuli (NedGNI. PF, 
DF, ShF, NJ-1%) 

«Yuridik shaxslar hisobini va shaxsiy kartochkalarini yuritish» dasturiy majmuasi- 
SIAIJ-4 
10 
«Yuridik shaxslar er solig’i hisobini yuritish» dasturiy majmuasi (Yer Solig’i) 
11 
«Er fondi va er solig’i hisobini yuritish» dasturiy mahsuli (Yer kodastri) 
12 
«Elektr energiyasi bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik hisobini yuritish» dasturiy 
mahsuli (elektr_9) 
13 
«Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulklar hisobini yuritish» dasturiy mahsuli 
(Musodara) 
14 
Ereports 2006v1.6.6 
15 
«Тekshirishlar reja-jadvalini shakllantirish» dasturiy mahsuli (Kord.GNI) 
16 
«Hujjatlar bajarilishini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi» (ASKID) dasturiy 
mahsuli 
17 
«Хodimlar hisobini yuritish» dasturiy mahsuli  
18 
«Jismoniy shaxslarning soliq solish ob’ektlarini hisobga olish» dasturiy mahsuli 
19 
«Fuqarolarning Pasport va SТIR ma’lumotlarini qayta ishlash» dasturiy mahsuli 
20 
«Soliq deklaratsiyalarini elektron tarzda topshirish» dasturiy mahsuli. 
21 
«Jamg’arib boriladigan pensiya badallari tushumlarini qayta ishlash» dasturiy mahsuli 
22 
«Soliq hisobotlarini elektron ko’rinishda yuborish» (Online) dasturiy mahsuli 
23 
«Soliq hisobotlarini elektron ko’rinishda yuborish» (Offline) dasturiy mahsuli 
24 
«Interaktiv xizmatlar» dasturiy mahsuli 
25 
«Yuridik shaxslar imtiyozlari hisobini yuritish» dasturiy mahsuli 
26 
«Avval xususiylashtirilgan va yagona soliq to’lovi to’lovchi korxonalar tahlili» dasturiy 
mahsuli 
27 
«Kameral tekshiruv» dasturiy mahsuli 
28 
«Bank-DSI» dasturiy mahsuli 

 
33 
29 
«Yakka tadbirkorlarda tekshirishlar hisobini yuritish» dasturiy mahsuli. 
30 
«Naqd pul tushumlari hisobini yuritish» dasturiy mahsuli 
31 
«Yirik pul aylanmalari tahlili hisobini yuritish» dasturiy mahsuli 
32 
«Yirik  pul  aylanmalarini  amalga  oshirgan  qarzdor  sub’ektlar  faoliyatini  tahlil  qilish» 
dasturiy mahsuli 
33 
«Ichki idoraviy hujjatlar elektron axborot tizimi» dasturiy mahsuli 
34 
DSQ-BANK dasturiy mahsuli 
 
Yangi ishga tushirilayotgan yoki yaratilayotgan dasturiy mahsullar 
 

«ASR Prognoz» dasturiy mahsuli  

«Тijorat  banklarida  soliq  organlari  tomonidan  qo’yilgan  inkasso  topshiriqnomalarini 
ijrosini ta’minlanishini nazorat qilish» dasturiy mahsuli 
 
Davlat soliq xizmati organlarida tasdiqlangan va yuqori tashkilotlarga ham taqdim etiladigan 
quyidagi  hisobotlar  maxsus  kompyuter  dasturlari  orqali  tuziladi  va  modem  aloqasi  orqali  yuqori 
soliq organlariga uzatiladi. 
Soliq  statistikasiga  oid    hisobotlarni  tuzish  tartibi  va  taqdim  etish  muddatlari  Davlat  soliq 
qo’mitasi tomonidan belgilanadi. 
Тasdiqlangan  va  amalda  foydalaniladigan    hisobotlardan  asosiysi  –«hisoblangan  va  davlat 
byudjetiga    haqiqatda  tushgan  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  summasi  to’g’risida»gi  «1-N 
(B)»    hisobotidir.  Ushbu  hisobot  Davlat  soliq  qo’mitasining  «Davlat  soliq  xizmati  organlarida 
davlat  byudjetiga  va  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalarga  soliqlar  va  boshqa  majburiy 
to’lovlarning tezkor hisobini yuritish bo’yicha yo’riqnoma»siga binoan tuziladi.  Soliqlar va boshqa 
majburiy  to’lovlarning  operativ-buxgalterlik    hisobi  davlat  soliq  inspeksiyalari  tomonidan  olib 
boriladi,  chunki  soliq  inspeksiyalarida  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  soliq  to’lovchilar  sifatida 
ro’yxatdan o’tadi va davlat byudjetiga to’lashga lozim bo’lgan soliq va to’lovlarini amalga oshiradi. 
Hisoblangan  va  byudjetga    haqiqatda  tushgan  soliq  summalari  Moliya  Vazirligi  tomonidan 
tasdiqlangan  daromadlar  va  xarajatlar  byudjet  klassifikatsiyasiga  binoan  hisobga  olinadi.  Byudjet 
klassifikatsiyasi byudjetlarning tuzilishi va bajarilishi nazorat qilib boriladigan asosiy metodologik 
hujjat   hisoblanadi, ushbu hujjat  soliq turi  yoki majburiy  to’lovlarni  byudjetning  daromad qismini 
tegishli bo’lim va paragrafida to’g’ri  hisobga olinishini taminlab beradi. 
Davlat soliq inspeksiyalari to’langan soliqlarni hisobga olishni soliq to’lovchilar taqdim etgan 
to’lov ko’chirmalari, bank ko’chirmalari, deklaratsiyalar va boshqa to’lov hujjatlari orqali amalga 
oshiradilar.   
Yuqori  davlat  soliq  organlari  soliqlar  tushumini  umumlashtirib  viloyatlar  va  respublika 
bo’yicha jamlab boradi va  hisobotda aks ettiradi.  
«1-N (B)»  hisobotida umumiy soliqlar tushumi va soliq turlari bo’yicha xukumat tomonidan 
belgilangan prognoz ko’rsatkichlari, xaqiqatda byudjetga o’tkazilgan summalar, o’rtasidagi farqi va 
bajarilish  foizlari  aks  ettiriladi.  Ko’rsatkichlar  yil  boshidan,  chorak  va  oy  boshidan  o’sib  borish 
surati bilan jamlanib boriladi. 
Hisobot  davriga  «1-N»  tezkor  hisobotida  choraklik  va  oylik  ma’lumotlar  belgilangan 
ustunlarda quyidagicha aks ettiriladi: 
-  «Reja»  -  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  tomonidan,  byudjet  va  byudjetdan 
tashqari pensiya jamg’armasi, Respublika yo’l jamg’armasi, Ta’lim muassasalarini rekonstruktsiya 
qilish,  kapital  ta’mirlash  va  jixozlash    jamg’armalari  tomonidan  belgilangan  topshiriqlar  (reja 
topshiriqlar); 
-  «Haqiqatda  tushum»  -  Davlat  byudjet  iva  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalarga 
Hisobot davrida haqiqatda tushgan tushum; 
- «Bajarilish foizi» - Byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalarga belgilangan rejaga (reja 
topshiriqqa) nisbatan bajarilishi; 

 
34 
-  «Bajarilish  farqi»  -  Byudjet  va  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalarga  belgilangan 
rejaga (reja topshiriq)dan haqiqatda tushgan tushumning farqi (ayirmasi). 
 Hisobotlar har oyning 1-sanasiga  soliq turlari bo’yicha to’liq va asosiy soliq turlari bo’yicha 
qisqartirilgan shaklda har oyning 16-sanasiga jamlanadi.  
Bundan  tashqari  soliqlar  tushumini  operativ  nazorat  qilib  borish  uchun  kunlik  operativ  
hisobot jamlanib boriladi. 
Тuzilgan  hisobot davlat boshqaruv, moliya, statistika idoralariga foydalanish uchun taqdim 
etiladi.    Hisobotdagi  malumotlar  orqali  respublika  va  mahalliy  byudjetlarning  bajarilishi  tahlil 
qilinadi.   
Ushbu  hisobot asosida Moliya Vazirligi davlat byudjetini daromad qismini to’ldirilishini va 
byudjetning  xarajat  qismini  etarli  mablag’  bilan  taminlanishini  tahlil  qilib,  kerakli  chora-tadbirlar 
belgilab oladi.  
Soliqlar,  yig’imlar  va  bojlarni  to’lash  majburiyati  soliq  to’lovchi  yuridik  va  jismoniy 
shaxslarga yuklatilgan. 
Yuridik  va  jismoniy  shaxslarni  soliq  to’lovchilar  sifatida  ro’yxatga  olish  O’zbekiston 
Respublikasi  Soliq  kodeksiga  muvofiq  tuman  va  shahar  davlat  soliq  inspeksiyalari  tomonidan 
amalga oshiradi va «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi Qonunga binoan hududiy soliq idoralari o’z 
xududidagi  soliq  to’lovchilarni  to’la  ro’yxatdan  o’tishini  ta’minlashi  lozim.  Bundan  tashqari 
Qonunga  binoan  davlat  soliq  xizmati  xodimlariga  soliq  to’lovchilarning  to’lagan  soliq  va  boshqa 
majburiy to’lovlarini  hisoblash va faoliyatini nazorat qilish vazifalari yuklatilgan. 
Olib  borilgan  ishlar  «Soliq  to’lovchilarning  faoliyatini  nazorat  qilish  to’g’risida»gi  2-«N»  
hisobotida aks ettiriladi. 
 Bu  hisobotda: 
-  davlat  soliq  inspeksiyasida  ro’yxatdan  o’tgan  soliq  to’lovchi    yuridik  va  jismoniy 
shaxslarning soni; 
- ular tomonidan byudjetga o’tkazilgan soliqlar va majburiy to’lovlar summasi; 
-  soliq  to’lovchi    yuridik  va  jismoniy shaxslar  faoliyatini  nazorat  qilish  borasida  o’tkazilgan 
tekshirishlar,  aniqlangan  huquqbuzarliklar  va  ko’rilgan  moliyaviy,  ma’muriy  choralar,  jarimalar 
kabi ko’rsatkichlar o’z aksini topadi. 
2-«N»    hisobotidagi  malumotlar  soliq  inspeksiyasining  nazorat  ishlarini  baholovchi  asosiy 
ko’rsatkichlar hisoblanadi. 
Soliq amaliyotida quyidagi baholovchi ko’rsatkichlardan foydalaniladi: 
- hujjatli tekshiruvlari soni; 
- jismoniy shaxslarni joylardagi tekshirishlar soni; 
- qo’shimcha  hisoblangan soliq summalari; 
- moliyaviy sanksiyalar; 
-  qo’shimcha    hisoblangan  summalarni  umumiy  soliqlar  va  to’lovlar  hajmidagi  salmog’i  va 
boshqalar.  
Son  va  sifat  ko’rsatkichlarining  solishtiruvi  orqali  davlat  soliq  xizmati  organlarining  olib 
borayotgan  nazorat  ishlariga  obektiv  baho  berish  va  kelgusi  davr  uchun  chora-tadbirlarni  belgilab 
olish mumkin. 
Bu  hisobot quyidagi turlarga bo’ladi: 
-  to’liq    hisobot.  Bu  hisobot  turi  yarim  yillik  va  bir  yillik  shaklida  o’sib  borish  tartibi  bilan 
tuziladi.  Bu    hisobotda  hududdagi  jami  soliq  to’lovchilar  mulkchilik  shakliga,  tarmoqlarga 
mansubligiga asosan ko’rsatiladi, ularning to’lagan soliq summalari, faoliyatini tekshirish natijalari 
aks ettiriladi; 
-  har  oyning  boshida  tuziladigan  qisqartirilgan  turi.  Hisobotning  bu  shaklida  soliq  to’lovchi 
yuridik  va  jismoniy  shaxslarni  umumiy  soni,  tekshirishlar  soni,  aniqlangan  huquqbuzarliklar  va 
ko’rilgan moliyaviy, ma’muriy choralar va jarimalar aks ettiriladi. 
Byudjetga  to’lovlar  bo’yicha  qarz  darajasini  pasaytirish  soliq  organlarining  eng  muhim 
vazifalaridan  biri    hisoblanadi.  Soliq  va  ular  bo’yicha    hisoblab  yozilgan  penya  va  jarimalar 
bo’yicha qarz kattagina summani tashkil qiladi, bu esa o’z navbatida xo’jalik yurituvchi subektlarni 

 
35 
moliyaviy holatiga sezilarli tasir ko’rsatadi, ishlab chiqarishning samaradorligini pasaytiradi, jarima 
va penyalar  hisobiga qarzning  yanada o’sishiga olib keladi va amalda korxonaga og’ir moliyaviy 
holatdan  chiqish    hamda  soliq  organlari  bilan  biror  vaqt  hisob-kitob  qilish  imkoniyatini 
qoldirmaydi. 
Ushbu  vaziyatni  nazorat  qilish  maqsadida  davlat  soliq  organlarida    «Хo’jalik  yurituvchi 
sub’ektlarni soliq qarzi to’g’risida»gi «1-N-N»  hisoboti tuziladi.   
 Ushbu  hisobotda xalq xo’jaligi tarmoqlariga mansub xo’jalik yurituvchi subektlar, ularning 
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq qarzi summasi,  hisoblangan penya summalari 
aks ettiriladi. 
  Bu  turdagi    hisobot  har  oyning  boshiga  soliq  inspeksiyalaridan  viloyat  soliq 
boshqarmalariga, viloyat soliq boshqarmalaridan Davlat soliq qo’mitasiga uzatiladi.       
  Bu  hisobot natijalari Moliya Vazirligida, Davlat soliq qo’mitasida va tegishli vazirliklarda 
o’rganib  chiqib,  bazi  bir  xo’jalik  yurituvchi  subektlarga  byudjet  bilan  hisob-kitoblarni 
takomillashtirish  va  to’lovlar  intizomini  mustahkamlash  bo’yicha  Hukumat  komissiyasiga  soliq 
qarzini kamaytirish uchun imtiyozlar berilishi taklif qilinadi. 
 O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2000  yil  15  noyabrdagi  444-sonli 
«O’zbekiston  Respublikasida  pensiya  taminotini  takomillashtirish  to’g’risida»gi  Qaroriga  binoan 
davlat  soliq  organlari  zimmasiga  xo’jalik  yurituvchi  subektlar  (yuridik  va  jismoniy  shaxslar) 
tomonidan  majburiyatlarini muddatida bajarilishini nazorat qilish yuklatilgan. Shu munosabat bilan 
davlat  soliq  inspeksiyalarida  va  yuqori  soliq  organlarida  «1-N  (PJ)»    hisobotini  tuzish  tashkil 
qilingan. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2003  yil  19  avgustda  UP-3292-sonli  «Umumiy 
foydalanishdagi  avtomobil  yo’llarini  qurish  va  foydalanishni  boshqarish  tizimini  takomillashtirish 
to’g’risida»gi Farmoni qabul qilindi. 
Ushbu  Farmon  bilan  2003  yil  1  oktabrdan  boshlab  Yo’l  xo’jaligi  tizimidagi  Respublika, 
viloyat  va  joylardagi  yo’l  jamg’armalari  tugatilib,  Moliya  Vazirligi  huzuridagi  Respublika  yo’l 
jamg’armasi tashkil etilishi, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi  Respublika yo’l 
jamg’armasiga  mablag’larni  yig’ish  va  to’liq  tushishini  nazorat  qilish  vazifalari  O’zbekiston 
Respublikasi  Davlat  soliq  qo’mitasi  va  O’zbekiston  Respublikasi  Bojxona  qo’mitasi  zimmasiga 
yuklatilishi munosabati bilan davlat soliq inspeksiyalarida va yuqori soliq organlarida «1-N (RYJ)»  
hisobotini tuzish  tashkil qilingan.  Shuningdek,  O’zbekiston  Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining 
2004  yil  7  iyundagi  263-sonli  “Byudjetdan  tashqari  maktab  ta’limi  jamg’armasini  tashkil  etish 
chora-tadbirlari  to’g’risida»gi  qarorining    qabul  qilinishi  bilan  mazkur  jamg’armaga  mablag’larni 
yig’ish  va  to’liq  tushishini  nazorat  qilish  vazifasi  Davlat  soliq xizmati  organlariga  yuklatilganligi 
sababli  davlat  soliq  inspeksiyalarida  va  yuqori  soliq  organlarida  «1-N  (MТJ)»    hisobotini  tuzish 
tashkil qilingan. 
Ushbu  hisobotda  soliq  to’lovchilar  tomonidan  hisoblangan  va  byudjetdan  tashqari  Pensiya 
Jamg’armasiga o’tkazilgan summalar oy, chorak, yil boshidan aks ettirilgan holda ko’rsatiladi.       
 Тuzilgan hisobotlar belgilangan muddatidan kechiktirilmay quyidagi sxema bo’yicha modem 
yoki elektron pochta orqali uzatiladi: 
                  DSI ______ DSB______ DSQ. 
Shu bilan birga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tezkor hisobi soliq organlarida quyidagi 
jadvallar ko’rinishida kitob va elektron shaklda yuritiladi: 
-
 
Byudjet  va  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalar  to’lovlari  bo’yicha  noto’g’ri 
o’tkazilgan, aniqlik kiritilishi lozim bo’lgan soliq va boshqa majburiy to’lovlar reesti; 
-
 
Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha    ortiqcha  to’langan  soliq  summalarini 
hisobga olinishini va qaytarilishini hisobini yuritish reestri; 
-
 
Soliq  organi  tomonidan  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  bo’yicha  soliq  qarzi 
summalariga qo’yilgan inkasso topshiriqnomalari reestri; 
-
 
Soliq organi tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha soliq qarzi mavjud 
soliq to’lovchilarning debitor korxonalariga qo’yilgan inkasso topshiriqnomalari reestri; 

 
36 
-
 
Soliq  organi  tomonidan  qo’yilgan  inkasso  topshiriqnomalarini  ijrosiz  qaytarilishini 
ro’yxatga olish reestri. 
Byudjet  va  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalar  hisobini  yuritish  bo’yicha  hujjatlar 
soliq  qonunchiligida  belgilangan  ish  yuritish  hujjatlar  jildida  ko’rsatilgan,  qonunchilikda 
belgilangan muddatlargacha saqlanadi. Ko’rsatilgan muddati tugagandan so’ng belgilangan tartibda 
soliq organining arxiviga topshiriladi. 
 
Nazorat savollari: 
 
1.
 
Soliqqa oid axborot bazasi qanday shakllantiriladi? 
2.
 
MIYaKТ qanday tashkil qilindi? 
3.
 
Soliq organlarida ma’lumotlarga ishlov berish uchun foydalaniladigan qanday 
dasturlarni bilasiz?  
4.
 
Jismoniy  shaxslar  tomonidan  to’lanadigan  soliqlarni  hisobga  olish  uchun 
qanday dasturdan foydalaniladi? 
5.
 
Soliq idoralarida qanday hisobotlar shakllantiriladi? 
6.
 
1-N hisobotining mohiyatini yoritib bering. 
7.
 
2-N hisobotida nimalar aks ettiriladi? 

 
37 
5-mavzu. Soliq to’lovchilarning shaxsiy hisob varaqalarini yuritish tartibi  
 
Reja 
1. Soliq to’lovchining shaxsiy hisob varaqasining tushunchasi va yuritishning mohiyati.  
2.  Soliq  organlarida  shaxsiy  hisob  kartochkasini  ochish  tartibi,  muddatlari  va  ularda  aks 
ettiriladigan ma’lumotlar.  
3.  Byudjet  va  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalarga  to’langan  soliqlar  va  boshqa 
majburiy to’lovlarning hisobini yuritish tartibi. 
 
Tayanch so’z va iboralar 
Soliq  to’lovchi,  yuridik  shaxs,  jismoniy  shaxs,  YaТТ,  shaxsiy  hisob  varaqa,  soliqlar  va 
boshqa  majburiy  to’lovlar,  SIAIJ-3,  KLS3.exe  moduli,  oylik  hisob-kitoblar,  choraklik  hisob-
kitoblar, saldo. 
 
1.  Davlat  soliq  idorasida  ro’yxatga  o’tgan  kunidan  boshlab  ushbu  soliq  to’lovchiga 
belgilangan soliq va to’lovlari bo’yicha shaxsiy  hisob varaqalari ochiladi. 
Soliq to’lovchilarning shaxsiy hisob varaqalarini yuritish Davlat soliq qo’mitasining “Davlat 
soliq  xizmati  davlat  byudjetiga  va  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalarga    soliqlar    va  
boshqa    majburiy  to’lovlarning  tezkor  hisobini  yuritish  bo’yicha”gi  9-sonli  Yo’riqnomaga  asosan  
amalga oshiriladi. 
Soliq  to’lovchining  shaxsiy  hisob  varaqasi  -  soliq  organlari  ma’lumotlar  bazasi  asosida 
olingan Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga hisoblangan (qo’shimcha 
hisoblangan,  kamaytirilgan)  va  kelib  tushgan  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  summalari, 
shuningdek jarima va ustamalar summalari hisobini yuritish  haqidagi hujjatdir. Soliq to’lovchining 
shaxsiy hisob varaqasi shakli va tarkibi O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan 
tasdiqlanadi.  
Davlat  byudjeti  va  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalarga  to’lovlar  bo’yicha  shaxsiy 
hisob  varaqaga  ma’lumotlarni  kiritish  va  tuzatishlar  kiritish  uchun  shaxsiy  hisob  varaqani 
yurituvchi  inspektorga  va  ma’lumotlar  bazasi  administratoriga  o’z  vakolati  doirasida  ruxsat 
beriladi.  Тegishli  ruxsatga  ega  bo’lgan  inspektorlar  esa  faqat  ko’rish  rejimidan  foydalanish 
huquqiga  egadirlar.  Bo’lim  boshlig’i  va  bo’lim  xodimlari  Davlat  byudjeti  va  byudjetdan  tashqari 
maqsadli  jamg’armalarga  hisoblangan  (qo’shimcha  hisoblangan,  kamaytirilgan)  va  kelib  tushgan 
soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  summalari,  shuningdek  jarima  va  ustamalar  summalari 
hisobini to’g’ri va to’liq yuritish uchun javobgar hisoblanadilar. Shaxsiy hisob varaqalarga hamma 
yozuvlar ushbu yozuvlarning to’g’riligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida muddati ko’rsatilgan holda 
o’z vaqtida davriy tartibda  kiritiladi. 
Moliya yilining tugashi bilan  va yangi yilga o’tish bo’yicha operatsiyalar bajarilgandan keyin 
shaxsiy hisob varaqalar elektron tashuvchilarda saqlanadi va belgilangan tartibda saqlanadi. 
Shaxsiy  hisob  varaqalar  har  bir  soliq  to’lovchiga  Davlat  byudjeti  va  byudjetdan  tashqari 
pensiya jamg’armasi bo’yicha har bir soliq va to’lov turi bo’yicha ochiladi.  
 

 
38 
 
 
Shaxsiy hisob varaqaga ma’lumotlar quyidagi hujjatlar asosida kiritiladi: 
-
 
yillik avans to’lovlari haqida ma’lumotnoma;  
-
 
hisobotlar,  hisob-kitoblar,  deklaratsiyalar,  to’lov  xabarnomalari  va  soliq  to’lovchilarning 
boshqa haqikatda olingan daromadlari haqidagi to’lov hujjatlari; 
-
 
tekshiruv  dalolatnomalari,  bayonnomalari  va  soliq  organlari  hamda  boshqa  nazorat 
qiluvchi organlarning qarorlari; 
-
 
qarzlarni kechiktirish, kechish haqidagi yuqori soliq organlarining yozma xabarnomasi. 
Qarzlarni  kechiktirish  va  kechish  bo’yicha  shaxsiy  hisob  varaqalarga  yozuvlar  qarorning 
nomeri va sanasi ko’rsatilgan holda amalga oshiriladi. 
 

 
39 
Shaxsiy hisob varaqa har yili har bir soliq to’lovchiga Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg’armasiga to’lovlar bo’yicha ochiladi. Shaxsiy hisob varaqalar faoliyat ko’rsatayotgan 
korxona  va  tashkilotlar  bo’yicha  moliya  yili  boshida,  yangi  tashkil  etilgan  korxonalarga  tashkil 
etilgan paytda ochiladi. 
Sh
axsiy  hisob  varaqalar  jismoniy  shaxslarning  daromad  solig’i  hisobi  bo’yicha,  shuningdek 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga mehnat haqi fondidan ajratmalar va majburiy sug’urta 
badallari  bo’yicha  SТIR  olingan  paytda  ochiladi.  Bunda  agar  shaxsiy  hisob  varaqada    bir  oy 
davomida  mablag’lar  harakati    kuzatilmasa,  hisob  bo’yicha  inspektor  inspeksiya  boshlig’iga  soliq 
to’lovchi  tomonidan  soliqlar  to’lanmaganligi  va  soliqlar  bo’yicha  majburiyatlar  haqida  ma’lumot 
taqdim qilinmaganligi bo’yicha chora ko’rish haqida yozma bildirishnoma kiritadi. Davlat byudjeti 
va  byudjetdan  tashqari  Pensiya  jamg’armasiga  boshqa  to’lovlar  bo’yicha  shaxsiy  hisob  varaqalar 
hisobot  taqdim  qilgan  muddatda  ochiladi.  O’zbekiston  Respublikasi  “Fuqarolarning  pensiya 
ta’minoti  to’g’risida»gi  qonunning  14,  15-moddalari  bo’yicha  tayinlanadigan  pensiya  xarajatlari 
hisobini  yuritish  bo’yicha  shaxsiy  xisob  varaqalar  Byudjetdan  tashqari  pensiya  jamg’armasiga 
mablag’larning tushishini nazorat qilish bo’limi yoki sho’’basining ko’rsatmasi bo’yicha ochiladi. 
Boshqa  tumanlardan  o’tgan  korxonalar  bo’yicha  shaxsiy  hisob  varaqalar  tegishli  hujjatlar  va 
shaxsiy  hisob  varaqalar  fayllarini  olgandan  keyin  ochiladi.  Soliq  to’lovchilarning  shaxsiy  hisob 
varaqalari  tegishli  hujjatlar  olingandan    keyingi  kundan  kechikmasdan  ochilishi  shart.  Soliq  va 
boshqa  to’lovlarni  hisoblab  chiqarish,  soliq  organlariga  hisobotlarni  taqdim  qilish,  shuningdek, 
tegishli  to’lovlarni  byudjetga  o’tkazish  O’zbekiston  Respublikasi  qonunchiligi  tomonidan 
o’rnatilgan  tartibda  va  muddatlarda    soliq  to’lovchilarning  o’zlari  tomonidan  amalga  oshiriladi. 
Soliq hisobotlari hujjatlari tegishli bo’lim tomonidan tekshiriladi va hisob-tahlil bo’limiga beriladi. 
Bunda  ushbu  hujjatlarda  hisoblangan  soliq  summalari  va  tegishli  bo’lim  xodimining  imzosi  va 
to’lov  muddati  ko’rsatiladi.  Hisoblangan  soliq  va  boshqa  majburiy  to’lov  summalari  kompyuter 
dasturiga kiritiladi va shaxsiy hisob varaqalarda aks ettiriladi.  

 
40 
 
 
Davlat  soliq  organlari  banklardan  to’lov  topshiriqnomalari  va  bank  vыpiskalaridan 
ko’chirmalar hamda to’lov kvitansiyalarini oladilar va shular asosida hisob olib boradilar. Oyning 
oxirgi kuni uchun to’lov hujjatlari shu kuni oxirgi muomala sodir  etilgandan keyin soliq organiga 
beriladi.  Тo’lovlar  tushumi  bo’yicha  to’lov  hujjatlari  olingandan  keyingi  kundan  kechikmasdan 
shaxsiy hisob varaqalarga kiritilishi kerak.  
 
 

 
41 
Тo’lov hujjatlari tekshirilgandan keyin shaxsiy hisob varaqaga byudjetga tushgan tushumlar 
kiritiladi,  to’lov  hujjatlarida  esa  yozuv  kiritilganligi  haqida  belgi  qo’yiladi.  Byudjetga  tushgan  va 
qaytarib  berilgan  summalar  hisobini  olib  borish  uchun  soliq  organlarida  tushumlar  va  qaytarib 
berilgan  summalar  reestri  yuritiladi.  Reestr  byudjet  daromadlari  klassifikatsiyasi  kodlari  bo’yicha 
yuritiladi.  Reestr  ma’lumotlari  asosida  bank  muassasasi  ma’lumotlari  bilan  byudjetga  va 
byudjetdan tashqari jamg’armalarga tushgan tushum solishtiriladi va soliq to’lovchilarning shaxsiy 
hisob varaqalariga kiritiladi. 
 
 
 
Тo’lov hujjatlarida quyidagi kamchiliklar bo’lganda to’lov noto’g’ri amalga oshirilgan hisoblanadi: 
- soliq to’lovchining SТIRi noto’g’ri ko’rsatilishi; 
- to’lov topshiriqnomasining xato rasmiylashtirilishi; 
- soliq to’lovchi yoki bank tomonidan to’lovlarning adashib ikki marta o’tkazib yuborilishi; 
-  soliq  to’lovchi  tomonidan  byudjetning  boshqa  schetiga  soliq  va  to’lovlarning  o’tkazib 
yuborilishi;  
- to’lov matnining to’lov kodi va byudjet klassifikatsiyasi kodiga mos kelmasligi;  
Hisob-tahlil  bo’limi  xodimi  to’lov  hujjatlaridagi  xatoliklarni  tahlil  qilib  bo’lgandan  keyin 
shaxsiy hisob varaqaga to’g’ri raznoska qiladi yoki belgilangan tartibda soliq to’lovchiga qaytaradi. 
Aniqlanmagan  tushumlar  bo’yicha  alohida  hisob  va  kunlik  nazorat  yuritiladi.  Soliq  organi 

 
42 
tomonidan  3  kungacha  muddatda  tushumlarning  kimga  tegishliligi  aniqlanmagan  holda  ushbu 
tushumlar bo’yicha bankka so’rov jo’natiladi. 
Oldin  o’tkazib  berilgan  pullar  byudjetga  yoki  byudjetdan  tashqari  Pensiya  jamg’armasiga 
hisobga  olinmasdan  qaytarib  berilsa,  jo’natuvchi  ro’yxatdan  o’tgan  joydagi  soliq  organi  xabardor  
qilinadi. Aniqlanmagan to’lovlar byudjetning tegishli schetining bo’lim va paragrafi bo’yicha  aks 
ettiriladi.  Davlat  byudjeti  va  byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalarga  to’langan  summalar 
quyidagi tartibda shaxsiy hisob varaqaga kiritiladi: 
- asosiy to’lov; 
- penya; 
- jarima. 
Byudjetga  tushadigan  soliqlar  va  to’lovlarning  to’liq  va o’z  vaqtida  tushishini  nazorat  qilish 
uchun  Davlat  soliq  qo’mitasi  va  Moliya  vazirligi  tomonilan  kelishilgan  shakl  -  1-N  «Byudjetga 
haqiqatda  tushgan  soliq  va    to’lovlar  to’g’risida  hisobot»lari  tuziladi.  1-N  hisoboti  tushumlar 
reestriga  asosan      soliq  organlarida  qo’llanilayotgan  kompyuter  dasturidan  foydalangan  holda 
avtomatik  tarzda  shakllantiriladi.  Soliq  organlariaro  ma’lumot  almashish  ichki  tartibga  asosan 
tashkil  qilinadi.  Har  oyning  1-sanasiga  haqiqatda  tushgan  tushum  bank  muassasasi  va  moliya 
organlari  ma’lumotlari  bilan,  Pensiya  jamg’armasi  bo’yicha  tushum  esa,  tuman  ijtimoiy  ta’minot 
bo’limi bilan solishtiriladi.   
Demak,  shaxsiy    hisob  varaqalar  orqali  soliq  to’lovchining  davlat  byudjeti  oldidagi 
majburiyatlari bajarilishi davlat soliq xizmati  xodimlari  tomonidan nazorat qilib boriladi. 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling