3.Soliq imtiyozlari, ularning mohiyati va turlari
Soliq imtiyozlari - soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha turli xil yengilliklar bo‘lib, ular vaqtinchalik va doimiy, to‘liq yoki qisman va boshqa ko‘rinishlarda berilishi mumkin. Jahon soliq tizimining asosiy va ajralmas qismlaridan biri bu soliq imtiyozlaridir. Har qanday davlatning davlat byudjetini daromadlar bilan ta’minlashda asosiy vositalardan biri bu soliqlar va soliqsiz to‘lovlardir. Ammo joriy etilgan soliqlar sof fiskal shaklda o‘rnatilishi mumkin emas. Chunki faqat byudjet manfaati nuqtai nazaridan o‘rnatilgan soliqlarni amal qilishi uzoq vaqtni o‘z ichiga olmaydi. Shuning uchun muayyan darajada soliq imtiyozlaridan foydalanish taqozo etiladi.
Barcha qonun hujjatlarida soliq turlari bo‘yicha imtiyozlar asosan quyidagi shakllarda
4. Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Soliq to‘lovchilar tarkibi.
Iqtisodiy mohiyatiga ko’ra foyda solig‘i to’g’ri soliqlar tarkibiga kirib, u davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi.Davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i 2004-yilda 7,0 foizni tashkil etgani holda, 2006-yilda 5,4 foizni, 2018-yilda esa 4 foizni tashkil etgan, ya’ni tahlil etilgan 15 yil davomida ushbu ko‘rsatkich 2,2 barobarga kamaygan. Bu holat yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalarining mazkur yillarda pasayib borganligi bilan izohlanadi. Biroq, 2019-yilda foyda solig’ining salmog’i 11,6 foizli bandga ortgan va 15,6 foizni tashkil etgan. Bunday o’sish foyda solig’i to’lovchilarining keskin ortishi bilan izohlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 294-moddasiga muvofiq quyidagilar foyda solig’ining soliq to’lovchilari deb e’tirof etiladi:
- O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar;
- O’zbekiston Respublikasining norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar, shuningdek O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari;
- O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi O’zbekiston Respublikasi norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar;
- soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchilari bo’lgan yuridik shaxslar;
Do'stlaringiz bilan baham: |