8. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i soliq to'lovchisi, ularning jami daromadlari turlari, soliq solish ob'ekti va bazasi.
Jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar ichida byudjet tushumlaridan salmoqli o‘rinni egallaydigan soliqdir. Soliq jismoniy shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq to‘lovchilari deb quyidagilar e’tirof etiladi:
O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Yuridik shaxs maqomini olmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxslar ham jismoniy shaxslarga kiradi.
Soliq to‘lovchining jami daromadi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq solish obyekti deb hisoblanadi
Soliq bazasi, agar kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq davri boshidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakun bilan aniqlanadi. Soliq bazasini aniqlashda soliq to‘lovchining ham pul shaklida, ham natura shaklida olgan daromadlari yoki daromadlarni tasarruf etish uchun yuzaga kelgan huquqlari, shuningdek moddiy naf tarzidagi daromadlari hisobga olinadi. Bunda soliq to‘lovchining alohida turdagi daromadlari kodeksda belgilangan shartlarda va tartibda jami daromad tarkibida hisobga olinishi yoki hisobga olinmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |