Soliqlar, yig‘imlarning mohiyati va turlari


Foyda solig‘ining jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar


Download 23 Kb.
bet3/5
Sana16.11.2023
Hajmi23 Kb.
#1781934
1   2   3   4   5
Bog'liq
Soliqlar

5. Foyda solig‘ining jami daromadlar tarkibi, jami daromaddan chegirmalar
Jami daromad, agar Soliq kodeksining 299-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, qo’shilgan qiymat solig’ini va aksiz solig’ini inobatga olmagan holda aniqlanadi. Jami daromadga har qanday shaklda va (yoki) har qanday faoliyatdan olinishi lozim bo’lgan daromadlar kiradi. (27 ta banddan iborat). Daromadlar soliq to’lovchi tomonidan olingan daromadlarni tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar va boshqa hujjatlar, shu jumladan elektron hujjatlar, shuningdek soliqni hisobga olishga doir hujjatlar asosida aniqlanadi. Jami daromad pul, natura shaklida va (yoki) boshqa shakllarda kelib tushgan barcha tushumlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq to’lovchi tomonidan olingan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan daromadlar qiymati milliy valyutada ifodalangan daromadlar bilan birgalikda hisobga olinadi.

  1. Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasi

2020-yil 1-yanvardan yangi tahrirdagi Soliq kodeksining kuchga kirishi bilan yagona soliq to’lovi o’rniga aylanmadan olinadigan soliq joriy etildi. Aylanmadan olinadigan soliq iqtisodiy mohiyatiga ko’ra bevosita soliq bo’lib, amaldagi Soliq kodeksining 461-470 moddalariga muvofiq undiriladi.
Soliq kodeksining 461-moddasiga muvofiq, aylanmadan olinadigan soliqni to’lovchilar deb quyidagilar e’tirof etiladi:
1) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard so’mdan oshmagan O’zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
2) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so’mdan oshgan, lekin bir milliard so’mgacha bo’lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar
Aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar quyidagilar
soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard so‘mdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so‘mdan oshgan, lekin bir milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.

Download 23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling