Soliqlar, yig‘imlarning mohiyati va turlari


Download 23 Kb.
bet1/5
Sana16.11.2023
Hajmi23 Kb.
#1781934
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Soliqlar


  1. Soliqlar, yig‘imlarning mohiyati va turlari.

Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga (bundan buyon matnda budjet tizimi deb yuritiladi) to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi
Soliqlar-bu majburiy to’lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq to’lovchilar bilan davlat o’rtasida bo’ladi. Soliq munosabati bo’lishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan ijtimoiy mahsulot (ichki milliy mahsulot)qiymatini taqsimlash yo’li bilan majburan davlat byudjetiga mablag’ to’plash jarayonini amalga oshiradi.
Soliqlarning va yig‘imlarning turlari
O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi

  1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i;

  2. Aksiz solig‘i;

  3. Foyda solig‘i;

  4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

  5. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;

5-1 foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i;
6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7. Mol-mulk solig‘i;
8. Yer solig‘i;
9. Ijtimoiy soliq.

  1. Soliq elementlarining mohiyati va ahamiyati. Soliq elementlarining tarkibi

Soliq elementlari - soliqqa tortish tizimini muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning o‘zi ham kichik tizimni tashkil etadi, ya’ni soliq elementlari ham bir necha iqtisodiy kategoriyalarni yaxlit holdagi harakatini bildiradi. Soliq elementlari haqida gap borganda ko‘pincha adabiyotlarda soliqqa tortish tizimi haqida so‘z yuritiladi. Shu o‘rinda soliqqa tortish tizimi haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, soliqqa tortish tizimi soliq tizimiga nisbatan tor tushuncha bo‘lib, aslida soliq tizimiga kiradi. Soliq tizimi soliqqa oid barcha munosabatlarni qamrab olsa, soliqqa tortish tizimi esa, ushbu munosabatlarni soliqlarni undirish bo‘yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi.Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, davlat qonunchiligi bilan belgilangan va uning maxsus idoralari tomonidan undiriladigan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi.

  • Soliq elementlari tarkibi: Soliq yuki. Soliq sub`ekt.i.Soliq obyekti .Soliq bazasi Soliq agenti. Soliq imtiyozlari. Soliq to’lash muddatlari.Soliq stavkasi .Soliqqa tortish birligi.


Download 23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling