Soliyeva omina murodjon qizi


Bir elementli va ikki elementli tinish belgilari


Download 304.5 Kb.
bet6/17
Sana14.03.2023
Hajmi304.5 Kb.
#1266737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
TINISH BELGILARINING KOMMUNIKATSIYADAGI O‘RNI kurs ishi

2.2. Bir elementli va ikki elementli tinish belgilari
Tinish belgilari tuzilish jihatidan ikkiga ajraladi:
1. Bir elementli tinish belgilari: vergul, nuqta, tire.
2. Ko‘p elementli tinish belgilari:
a) ikki elementli tinish belgilari: ikki nuqta, nuqtali vergul, so‘roq, undov va qavs;
b) uch elementli tinish belgilari: ko‘p nuqta;
d) to‘rt elementli tinish belgilari: qo‘shtirnoq. Buni o‘z mohiyatiga ko‘ra “juft elementli” yoki “qo‘sh elementli” tinish belgisi deb ham yuritish mumkin.
1. Bir elementli tinish belgilari tarkibi jihatidan qismlarga ajralmaydi. Ular shartli bir belgidan (bir grafik shakldan) iborat bo‘ladi. Ularni o‘z mohiyatiga ko‘ra sodda tinish belgilari deb yuritiladi.
2. Ko‘p elementli tinish belgilari birdan ortiq tinish belgilarining birikuvidan tashkil topadi. Bularni qo‘shma yoki tarkibli tinish belgilari deyiladi.
Ko‘p elementli tinish belgilari tarixan ikki va undan ortiq shartli belgidan (shakldan) tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda bir grafik belgi sifatida qaraladi. Masalan: ikki nuqta nuqtaning vertikal usuldagi kombinatsiyasi asosida (ikkita nuqtaning birikuvi zaminida) vujudga kelgan, ya’ni [:]; ko‘p nuqta nuqtaning gorizontal usuldagi kombinatsiyasi asosida (uchta nuqtaning birikuvi zaminida) paydo bo‘lgan, ya’ni [...]; nuqtali vergul nuqta va vergulning qo‘shiluvi asosida tug‘ilgan, ya’ni [;]. Bunda vergul va nuqta ustma-ust qo‘yilgan. Qavs ham ikki elementdan iborat bo‘lib, uning birinchisi “ochiluvchi qavs”, ikkinchisi “yopiluvchi qavs” deb yuritiladi. “Yopiluvchi qavs” ba’zan “yarim qavs” ham deyiladi va numerativlarni bildiruvchi raqam hamda harflardan so‘ng qo‘llanadi.
So‘roq, undov va qo‘shtirnoqlarning tarkibi yanada murakkabroq. So‘roq belgisi ham, undov belgisi ham ikki elementdan iborat. Ma’lumki, “undov belgisi lotincha lo - undov so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, unga nuqta (.) ning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan”
Tinish belgilarining qo‘shaloq holda ishlatilishi: O‘zbek yozuvida uslubiy aniqlik, ravonlik hamda turli xil leksik-grammatik ma'nolari ifodalash uchun tinish belgilarini qo‘llash hollan ham uchrab turadi. Ulaming qo‘llanilishidagi asosiy o‘rinlar quyidagilardan iborat:
1. His-hayajon bilan aytilgan so‘roq gaplar oxirida so‘roq va undov belgilari ketma-ket qo‘yiladi:
- Axir, ablah, - derdi Yunus, - birovning uyiga oyog‘ingni artmasdan kirgani ibo qilasan, nega havoni bulg‘atgani ibo qilmaysan?! (A. Qahhor)
2. So‘roq va undov gaplar kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket ikkita yoki uchta bir xil belgi qo‘yilishi mumkin:
Ey purvigor tog‘lar! Nega jimsizlar, nega!!! (A. Cho‘lpon)
3. So‘roq va undov mazmunini bildirgan gaplarda fikr tugallanmay qolsa, mazkur belgilardan so‘ng uch nuqta qo‘yiladi:
«Ertaga! - deya xotirjam dilidan o‘tkazdi va birdan to‘xtadi. - Xo‘sh, ertaga nima bo‘ladi?..» (N.Qilichev) Berkinboy tuyqusdan tilla topganday quvonib-suyunib, turgan joyda dik-dik sakray boshladi:
- Topdi-mm!.. Topdi-im!.. (Sh. Bo‘tayev)
4. Muallif gapi va ko‘chirma gaplar o‘rtasida tinish belgilari ketma-ket ishlatilishi mumkin:
«Adabiyot hunar, uni kasbga aylantirib olgan yozuvchi olmaga tushgan qurtdan farq qilmaydi», - deb yozgandi A.Qahhor.



Download 304.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling