Soliyeva omina murodjon qizi


Download 304.5 Kb.
bet5/17
Sana14.03.2023
Hajmi304.5 Kb.
#1266737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
TINISH BELGILARINING KOMMUNIKATSIYADAGI O‘RNI kurs ishi

Grammatik qurilish. Ayrim tinish belgilari gapning grammatik tuzilishiga ko‘ra qo‘llanadi. Masalan, ega bilan kesim orasida tire qo‘yilishi yoki qo‘yilmaslik ma'lum grammatik qoidalar asosida belgilanadi.

Ayrim ergash gaplar o‘z tuzilishiga ko‘ra vergul bilan ajratiladi. Masalan: Yo‘lchi qancha aqchasi bo‘lsa ham, berishga tayyor edi. Bu jumladagi qancha aqchasi boʻlsa ham ergash gap bo‘lgani uchun, bosh gap orasida to‘xtalish (pauza) bo‘lmasa ham, undan so‘ng vergul qo‘yiladi.
2-bob. Tinish belgilarining vazifasi va tusilish usuliga ko‘ra tasnifi
2.1. Chegaralovchi, ayiruvchi, murakkab vazifali tinish belgilari.
Tinish belgilari, o‘z vazifasiga ko‘ra, uch guruhga bo‘linadi:
1.Chegaralovchi tinish belgilari: Bular yozma matndagi ayrim qismlarning leksik-semantik farqlanishi va ajralishini, grammatik-uslubiy chegaralanishini ularning boshlanish va tugallanish nuqtasini hamda o‘rinlashuv doirasini ko‘rsatadi. Bunga qo‘shtirnoq, qavs (qo‘sh qavs) kabi tinish belgilari kiradi.
2.Ayiruvchi tinish belgilari: Bular yozma matnlarni yoki ularning qismlarini bir-biridan ajratish va muayyan qismning tugallanishini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi: bunday ajratish logik-grammatik jihatdan bo‘ladi. Bularga nuqta, so‘roq, undov, nuqtali vergul kiradi.
3.Murakkab vazifali tinish belgilari: Bular yozma matn qismlarini o‘rni bilan ham ajratish, ham chegaralash, ba’zan ham biriktirish vazifalarini bajaradi:
a) “ajratish + biriktirish” vazifasini bajaruvchilar (ikki nuqta);
b) “ajratish + chegaralash + biriktirish” vazifasini bajaruvchilar (vergul, tire);
d) fikrning bo‘linishi, qisqarishni va turli emotsiyalarni bildiruvchilar (ko‘p nuqta); “O‘zbek tili va adabiyoti” jumalida tilshunos olimlar prof. N.Mahmudov, katta ilmiy xodimlar A.Madvaliyev, N.Mahkamov tomonidan chiqarilgan “O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari”da tinish belgilari 2 turga ajratilgan holda yoritiladi:
1) Tinish belgilarining gap oxirida qo‘llanilishi bo‘limida nuqta, so‘roq, undov va ko‘p nuqta belgilarining qo‘llanish holatlari misollar asosida izohlanadi.
2) Tinish belgilarining gap ichida qo‘llanilishi bo‘limida esa vergul, nuqtali vergul, tire, ikki nuqta, qavs, qo‘shtirnoq kabi belgilarning ishlatilish holatlariga to‘xtalinadi.

Download 304.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling