Soliyeva omina murodjon qizi


-bob. Tinish belgilarining gap oxirida qo‘llanishi


Download 304.5 Kb.
bet7/17
Sana14.03.2023
Hajmi304.5 Kb.
#1266737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
TINISH BELGILARINING KOMMUNIKATSIYADAGI O‘RNI kurs ishi

3-bob. Tinish belgilarining gap oxirida qo‘llanishi

    1. Nuqta, so‘roq belgisi

Nuqta. 1. Tugallangan darak gaplarning oxiriga nuqta qo‘yiladi: Qo‘qon tomon ketyapmiz. Hozirgina bizni kuzatib qolgan bu ajoyib inson to‘g‘risida o‘ylayapmiz. Uni birinchi marta korishimiz. Faqat bir soatgina u bilan hamsuhbat bo‘ldik. (S.Ahmad)
2. Darak mazmunidagi gaplar tuzilishi jihatidan qanday bo‘lishidan (sodda, qo‘shma, to‘liqsiz, atov, ilova va sh.k.) qat'i nazar, ularning har qanday tipi oxiriga nuqta qo‘yiladi: Har yil bir keladigan bahor sevinchi yana ko‘ngillarni qitiqlay boshladi. (Cho‘lpon) Dunyoda qanday yaxshilik va xayriyatlik bo‘lsa, hammasini shu birgina qizi uchun istarva orzu qilardi. (Cho‘lpon)
3. Agar alohida emotsionallikka ega bo‘lmasa, buyruq gaplar oxiriga nuqta qo‘yiladi: Foyda chiqadigan tomonini ko‘zlayvering. (A.Qahhor) Bolalarga biron narsa olib ber. (A.Qahhor) Erkalikni Begimqulga qiling. (O.Yoqubov)
4. Gaplar sarlavha vazifasida qo‘llanganda, darak (va nominativ) mazmunida bolishiga qaramasdan, ularning oxiriga nuqta qo‘yilmaydi: Mustaqillik o‘zlikni tanimoqdir (B.Qosimov); Ular xalqning yuragida yashaydi (B.Qosimov)
Ammo sarlavha ikki gap (qism)dan iborat bo‘lsa, mazmun shuni talab qilsa, birinchi qismdan keyin nuqta qo‘yiladi: Hukmlarning son va sifat jihatidan birlashgan klassifikatsiyasi. Hukmlarda terminlarning bo‘linishi («Logika» o‘quv qo‘llanmasi).
5. Muayyan tasnif tarkibidagi tartibni bildiruvchi raqamlardan keyin nuqta qo‘yilgan bo‘lsa, bu raqamlar bilan ko‘rsatilgan gaplardan keyin ham nuqta qo‘yiladi. Kelishik shaklidagi so‘zlar gapda boshqa so‘zlar bilan quyidagicha munosabatda bo‘ladi:
A) Qaratqich kelishigi ot bilan otni grammatik aloqaga kiritadi: kitobning varag‘i, odamning gavdasi.
B) Tushum, jo‘nalish, o‘rin, chiqish kelishiklari otni fe’l bilan aloqaga kiritadi: kitobni o‘qidi, bozorga bordim, maktabda ko‘rdim, institutdan keldim. («Hozirgi o‘zbek adabiy tili» darsligi.) Ammo mazkur tartibni bildiruvchi raqamlar (yoki harflar) qavs bilan ajratilgan bo‘lsa, ular bilan ko‘rsatilgan gaplarning so‘ngisidan boshqalari oxiriga nuqta emas, balki nuqtali vergul (ba'zan vergul) qo‘yiladi: Dialektologiya fanining obyekti mahalliy lahja va shevalar bo‘lib, maqsadi va vazifasi quyidagilardan iborat:
a) ayrim sheva va dialektlarning fonetik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlarini har tomonlama tavsif qilish;
b) milliy tilning paydo bo‘lishi va taraqqiyotida shevalarning tutgan o‘mini va shu milliy tilga asos bo‘lgan shevalarni aniqlash; < ...>
d) umumiy o‘xshash lingvistik xususiyatlarini belgilash asosida shevalaming ma'lum hududlarda tarqalish xaritalarini tuzish va shevalarni tasnif qilish. («O‘zbek dialektologiyasi» darsligi.)

Download 304.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling