Somatik kasalliklar turlari, sabablari va oqibatlari “
Download 54.55 Kb.
|
TIBBIYOT KURS2
O`tkir reaktiv holatlar (affektiv—shok reaksiyalar, qo`rquv psixozlari). O`tkir reaktiv holatlar affektiv— shok reaksiyalari ko`rinishida kuchli hayajon, iztiroblarda (er qimirlaganda, suv toshganda, o`t ketganda, temir yul falokatlari, bomba portlashi), ko`p odamlar to`rejagan joyda kuchli hayajon, iztiroblarda paydo bo`ladi. Ba`zida birdan ruy bergan baxtsizlikdan: yaqin odamining o`limi, qimmatbaho narsasini yuqotib qo`yishi, g`am-tashvishga tushishi bilan paydo bo`lishi mumkin. Affektiv — shok reaksiyalari klinik jihatdan qo`zg`olish ko`rinishiga (giperkinetik shakl) yoki tormozlanish (gipoastenik shakl) ko`rinishiga ega bo`lishi mumkin.
Affektiv—shok reaksiyasi Krechmer harakat bo`roni (1924), harakat va holatning tartibsiz ko`rinishidan iborat bo`lib, qayoqqadir qochish, ma`nisiz o`zini u yokdan bu yoqqa urishdan (fugiform reaksiyalardan) iborat bo`ladi. Bemorlar tashvish, xavotirlik, qo`rqinch, vahima, dahshat sezadilar. Bu qo`zg`olish qattiq qichqirish, yig`i, ingrash va hokazolar bilan kuzatiladi. Bemorlar ongi torayganidan atrofga muljal ololmaydilar, hayoti uchun xavfli harakatlar qilishlari mumkin. Olov yonayotganda derazadan uzini tashlab yuborishi mumkin. Harakat qo`zg`olishining davomliligi ko`p bo`lmay, 10—20 minutdan oshmaydi. Harakatsizlik bilan kechadigan affektiv — shok reaksiyasi nisbatan qisman yoki to`lik harakatsizlik bilan tavsiflanadi, ko`pincha to`la stupor yoki mutizmgacha (affektogen stupor, «kichik o`lim», Krechmer buyicha, 1924) yetadi. Bemorlar qo`rquv affekti qaerda yuz bergan bo`lsa, o`sha yerning o`zida qo`rqqan, tashqi dunyoga aloqasiz holda qotib qoladi. Stuporning davomiyligi bir necha minutdan bir necha soat, hatto og`irroq turida 2—3 kun davom etishi mumkin. Psixoz davriga xos bo`lgan kechinmalar esdan chikib ketadi. Sud, qisman sud-tibbiy amaliyotida o`tkir holatda psixogen asosli isterik psixoz (Krepelin buyicha «qamoq isteriyasi») paydo bo`lishi mumkin. Ularda ongning g`irashira buzilishi, boshdan kechirgan noxush kechinmalar asosida boshqarib bo`lmaydigan namoyishkorona harakatlar boshlanadi. Ular kuladilar, ba`zan yig`laydilar, ba`zan tang holatda qotib qoladilar, bular qisqa vaqtli qo`zg`olish bilan almashinadi va qaltirash xurujiga o`tadi, gallyusinasiyalar ko`pincha qo`rquv yoki eshituv holida bo`lib, ruhiy jarohat vaziyatini aks ettiradi. Bu holatlarga murakkab psixopatologik psevdodemensiya, Ganzer sindromi va nuerilizmlar kiradi. Download 54.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling