Somatik kasalliklar turlari, sabablari va oqibatlari “
Etiologiyasi va patogenezi
Download 54.55 Kb.
|
TIBBIYOT KURS2
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOB BO’YICHA XULOSA
Etiologiyasi va patogenezi. Reaktiv psixozlarning siri, u yoki bu ruhiy jihatdan chiqaruvchi ta`sirot (halokatlar, fojialar, harbiy urush holatlari, xayot uchun nohush bo`lgan oilaviy va xizmatdagi janjallar, qamoqqa olish, qamab qo`yish va boshqalar) sabab bo`ladi.
Reaktiv holatlarning shakllanishi uchun bemorning konstitusional tuzilishi, kasallikdan oldingi holati qo`shimcha omillar sifatida xizmat qiladi va reaktiv omil klinik ko`rinishga ta`sir qiladi (Mak Kave M., 1986). Reaktiv psixozlarning barcha turlarini davolashda ruhiy davolash yuqori natijali davolash vositasi hisoblanadi. Ruhiy davolashning birinchi navbatdagi vazifasi jarohatlanuvchining vaziyatini miyadan chiqarish va uning fikrini boshqa biror shunga o`xshash faol vaziyatga o`tkazishga harakat qilishdan iboratdir (S. F. Vasin, V. Ye. Rojkov, M. A. Rojkova, 1978). So`ngra jarohatga bog`liq bo`lgan ishga jalb qilib, uning faoliyatini faollashtirish kerak. Bemor bilan muloqot vaqtida jarohatlovchi vaziyatdan chiqishga iloji boricha yordam berish kerak. Oilaviy va xizmat munosabatlarini o`zgartirishga bemor ruhiyatini tayyorlash va hayotidagi rejalarni o`zgartirishga moslashishni yengillashtirishga qaratish kerak. Ruhiy davolash bilan birga keng miqyosda dori-darmon bilan davolash, fizioterapevtik tadbirlar, suvdan, davolash gimnastikasidan va boshqa vositalardan foydalanish lozim. Reaktiv depressiyalarda timolitiklar, trankvilizatorlar va neyroleitiklar bilan birga tayinlanadi. Agar postreaktiv asteniyalar uzoq vaqt qolsa, umum quvvatlovchi dori-darmonlar, nootrop guruhi dorilari hamda kuchaytiruvchilar (sidnokarb, sentedrin) qo`llaniladi. Psixotik holatlar davolangach qayta tiklash choratadbirlari qo`llaniladi va bemor oldidagi ijtimoiy muammolarni hal qilish kerak bo`ladi. Bo`larni odatda dispanserlarda, ambulator nazoratda turganda, kunduzgi stasionarda bo`lgan davrda o`tkaziladi. Mehnat jarayoni va ish me`yorini shifokor belgilaydi. Reaktiv psixozlar asosan qaytadi, odatda, ruhiy salomatligi tiklanadi va bemor mehnatga loyiq deb hisoblanadi. BOB BO’YICHA XULOSA O`tkir boshlangan psixogen paranoid qiska davom etadi (bir xaftadan 1—2 oygacha) va o`tkir reaktiv paranoid deyiladi. Ular munosabat va kuzatib yurish vasvasalari bilan tavsiflanib, ularning mazmuni jarohatlaigan vaziyatni in`ikos etadi, eshituv, ko`ruv gallyusinasiyalari va qo`rquv affekti bilan davom etadi. Bemorlar noqulay vaziyat natijasida unga yomon munosabatda bo`lishayapti deb, uning orqasidan ta`kib qilib yurayotgandek, unga yomonlikni ravo ko`rayotgandek, ko`chada notanish odamlar xavotirlanib qarayotgandeq xuddi bir-biriga belgi berayotgandek tuyuladi. Eshituv va qo`ruv gallyusinasiyalari mazmuni bo`yicha reaktiv paranoid mavzusiga borib taqaladi va kasallikning davom etishi jarohat chaqirgan vaziyat tugyashiga bog`liqdir. Reaktiv vasvasa psixozlarining turlaridan biri kar odamdagi munosabat va ta`kib qilish vasvasasidir. Bemorlarga atrofdagilar uning ustidan kulayotgandek tuyuladi, nimadir yomon fikr uylayotgandeq uni huquq qisib qo`yayotgandeq uni ilojsizligidan foydalanayotgandek tuyuladi. Doimo ruhiy kasalliklar bilan muloqotda bo`ladigan odamlarda indusirlangan reaktiv paranoid paydo bo`lishi mumkin. Bu ko`pincha oilaviy vasvasaga aylanib ketadi. Bu holat ko`pincha bir yoki oilaning bir nechta a`zosida paydo bo`ladi. Bunga sabab ruhiy bemor oilaning boshlig`i bo`lsa, uni vasvasaviy safsatalarini atrofdagilar tanqidiy nuqtai nazardan qaramasdan, to`g`ri deb qabul qiladilar va unga o`z munosabatlari bilan qo`shiladilar («ruhiy» kasallikning yukishi). Bu vasvasaning paydo bo`lishi, bundan tashqari, yuqqan odamda ishonish, cheklanish, intellektual yetishmovchilik xususiyatlari borligini namoyon qiladi. Indusirlangan yuktirilgan vasvasa ko`pincha ta`kib qilish tavsifiga ega bo`ladi. Indusirlangan vasvasa kam uchraydi va odatda kasaldan ajratilganda izsiz yuqolib ketadi. Ruhiy xastaliklarning anchagina kam uchraydigani klinik ko`rinishida reaktiv gallyusinoz tavsifi bo`lgan gallyusinasiyalar yetakchi o`rin tutadi. Gallyusinasiyalar odatda eshituv, jalb qilish ko`rinishida bo`lib, yaqinlari, tanish, qo`ni-qo`shnilarining tovushi bo`lib, mazmuni jihatidan xotirjamlik yoki ta`na va hatto qo`rqituv mazmuniga ega bo`lishi mumkin. XULOSA Nevrozning kelib chiqishida yuqorida ko`rsatilgandek ruhiy shikastlanish asosiy sabab hisoblanadi. To`satdan va birdan ta`sir ko`rsatadigan ruhiy jarohat, tabiiy ofatlar va boshqalar kam hollarda nevrozga sabab bo’ladi. Nevrozlar odatda nisbatan kuchsiz, ammo uzoqroq yoki ko`p marta ta`sir qiladigan, kuchli hayajon chaqiruvchi ta`sirotlarda, o`zaro janjallar natijasida va shu kabi holatlarda kelib chiqadi. Nevroz hosil bo`lishida ko`proq patogenetik ahamiyati bo`lgan, o`ziga xos voqea sifatida kelajakka noaniqlik, xavf tug`dirayotgan yoki qarama-qarshi ruxdagi qaror qabul qilish muhim o`rin tutadi. Patogen ahamiyatga shu individ uchun qiyin va hal etib bo’lmaydigan holat (ikkilanish holati) paydo bo`lishi isbotlangan. Shunday holatga misol bo`lib o`ziga yoqmaydigan majburiy ish faoliyati, doimiy oilaviy janjal xizmat qiladi. Ko`pgina mualliflarning ishlarida yoshlikdan yetim qolishlik, ota-onadan ajrab qolish, nohush holatlar, kechinmalar, bolalikda ko’p dard tortganlik, shifoxonalarda uzoq muddat davolanganlik bolalarda nevroz paydo bo`lishiga olib keladi deb ko`rsatiladi. Hozirgi vaqtda ruhiy jaroxatning nevrozlar shakllanishidagi ahamiyati ko`pchilik tomonidan tan olingan bo`lsa-da, bu fikr turli ilmiy maktablarning namoyondalari tomonidan turlicha baholanadi. Olimlar fikrining har xil bo`lishi bejiz emas, albatta. Chunki ruhiy shikast yetkazuvchi vaziyat har bir holatda turlicha bo`lishi mumkin va bu o`z navbatida shu bemorning shaxsiy xususiyatlariga, hayotiy tajribasiga, ijtimoiy ahvoliga va organizmning holatiga bog`liqdir. Abu Ali ibn Sino nevrozlarning ko`pgina belgilarini tasvirlar ekan, ularning kelib chiqish sabablarini to`g`ri aniqlagan. Olim shunday holatarning sababi ruhiy shikast bilan bir qatorda bemor organizmidagi kasalliklar, ko`p vaqt och qolish, qon yo`qotish, u yoki bu ,a`zo, ayniqsa bosh miyaning bo`shligi deb hisoblagan. Hozirgi vaqtda nevrozlarning kelib chiqishida bir necha ta`limot bor. 3. Freyd ta`limotiga binoan nevroz patogenezi psixogen shikastning xarakteriga emas, balki seksual olamining ruhiy shikastlanishiga olib keluvchi kechinmalar bilan qay darajada bog`liqligiga, qiziqishlari, erta yoshlikda bo`lgan ruhiy jarohat va hodisalar bilan bog`liq yashirin komplekslar bilan bog`lanishiga asoslanadi. Boshqa olimlarning konstitusional ta`limoti bo’yicha nevrotik buzilishlarning kelib chiqishida nasliy moyillik asosiy o`rin tutadi, psixogen shikastlanish yordamchi ahamiyatga ega deyiladi. Hozirgi vaqtda bu dunyoqarash chegara harakatlarni tekshirishning kengayishi bilan shaxsning avtonomligi tashqi muhit ta`siriga berilmaydi degan tushuncha o`z ahamiyatini yo’qotadi. Hozirgi yetakchi yo`nalish nevrotik holatlarning shakllanishida bir qator omillar ishtirok etadi deb hisoblaydi, shulardan eng zaruriylari shaxsning tuzilmasi va nasliy moyilligi deb hisoblanadi. P. B. Gannushkin (1933) ko`pgina nevrotik holatlarning vujudga kelish vaziyatini, ta`siri va rivojlanishini tasvirlab, kelib chiqishi ruhan bo`lsa-da, ko`pgina hollarda u ruhiyati shikasta shaxslarda paydo bo`ladi, deydi. V. A. Gilyarevskiy (1973), nevrozlarda ruhiy shikastlanishga alohida e`tibor qilib, shaxsning tuzilishida o`zgarishlar buzilishi shartligini ta`kidlaydi. Ruhiy shikast ko`pincha birinchi turtki ahamiyatini kasb etadi. D. J. Bird (1869) nevrasteniyani dastlabki marta ta`riflab, uni tez o`sayotgan sivilizasiya bilan bog`laydi va nerv tizimi hayot talab qiladigan sur`atga dosh berolmaydi va charchaydi deydi. P. D. Mobius (1906) nevrasteniyada konstitusional omil asosiy ahamiyatga ega deb ta`kidlaydi. Shu ikkala iqtisodiy va konstitusional omil hozirgi davrga qadar muhokama etib kelinmoqda. K. Ye. Krasnushkin (1960) tez ish bitiraman deb zo`riqish, charchashni yengish uchun harakat qilish, ko`pincha majburan uxlamaslik organizmning dam ololmasligiga, ichki imkoniyatlari kamayishiga olib keladi, natijada asab charchashi oqibatida nevrasteniyani keltirib chiqaradi, deb uqtiradi. Fransuz ruhiyatchilari (P. Jannet, 1907, 3. D. YUpre, 1903 va b.) isteriyaning asosiy belgilarini bayon etib, isterik konstitusional tuzilishga yetakchi sabab deb qaradilar. Ye. K. Krasnushkin (1929) isterik reaksiya sabablari ruhiy-biologik qatlamlarda yetakchi omil deb hisoblaydi. E. Krepelin (1915) isteriya uchun xis-xayajon, ruhiy va somatik faoliyatning barcha jabxalariga yoyilishi xarakterli deb hisoblaydi va ular kasallik belgilariga aylanadi va hayajon to`lqini omillarning buzilgan va ko’paytirilgan holda namoyon bo`lishi deb qaraydi. Uning fikriga ko`ra xar bir odamda kuchli hayajonlanganda tovushi yo’qolib qolishi, oyog`i qiyshayib qolishi mumkin va hokazo. Isterik shaxslarda butun ruhiy faoliyati labil — beqaror bo`lgani uchun bu buzilishlar juda arzimagan sabab bilan kelib chiqishi va osongina o`rnashib qolishi mumkin. E. Krepelin ruhiy faoliyatning bu alohida reaksiyalarini ximoya moslashuvining instinktiv shakllaridan deb hisoblaydi. K. Bangoffer (1921) xohish nazariyasini taklif qilgan bo`lib, isterik buzilishlarda hamma vaqt sun`iy ravishda, namoyishkorona kechinmalarni bayon etuvchi kasal xohishi seziladi. Klinik kuzatishlar isterik buzilishlar Shaxsni u ko`tara olmaydigan holatdan ximoya reaksiya ekanligini tasdiqlaydi. Bu yana shu bilan isbotlanadiki, vrach isterik somatik buzilishlar yaqqol bor holatda bemorga kasalligi yengil va xavfsiz deb ishontirmoqchi bo`ladi. Bunday holatlarda ba`zan isterik buzilishlar og`irlashadi. Download 54.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling