Somatik kasalliklar turlari, sabablari va oqibatlari “
Nevroz xolatining psixogen mexanizmi
Download 54.55 Kb.
|
TIBBIYOT KURS2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reaktiv paranoidlar
2.2. Nevroz xolatining psixogen mexanizmi
Bemorlarning barcha diqqati o`zlari uchun falokatli mavzuga qaratilgan bo`ladi, baxtsizlik xodisasiga qayta-qayta qaytadilar, bo`lgan voqea aybdori ustida o`ta qimmatli g`oyalar aytiladi. Bemorlarning uyqusi va ishtaxasi buziladi (ayniqsa kasallikning dastlabki kunlarida), ko`pincha ovqat yeyishdan bosh tortadilar. Reaktiv depressiyaning kechishi uni vujudga keltirgan jarohat tavsifiga bog`liq bo`lib, xaftalab va oylab cho`zilishi mumkin, ammo depressiya sog`lomlashish bilan tugaydi. Differensial tashxis uchun reaktiv boshlangan endogen yoki presenil depressiya, yoki serebral ateroskleroz fonida vujudga kelgan depressiya keyinchalik qaytalanishi mumkin. Maniakal-depressiv sind-romdagi yoki shizofreniyadagi endogen depressiyadan farqli o`laroq bu depressiyani «yig`loqi» deb atash mumkin, chunki jaroxatlaigan vaziyat haqida gap ketsa, bemorlar ko`pincha yig`laydilar. Endogen depressiyaga xos bo`lgan harakat sustligi uncha ifodalanmagan differensial tashxisda bemorlarning kechinmalarida jarohatlaydigai omillar in`ikosi bo`lib, uning kechinmalari «tushunarlidir». Reaktiv paranoidlar Klinik jihatdan ko`p ko`rinishli guruh bo`lib, xususan o`tkir paranoid, karlik vasvasasi holida bo`ladi. O`tkir boshlangan psixogen paranoid qiska davom etadi (bir xaftadan 1—2 oygacha) va o`tkir reaktiv paranoid deyiladi. Ular munosabat va kuzatib yurish vasvasalari bilan tavsiflanib, ularning mazmuni jarohatlaigan vaziyatni in`ikos etadi, eshituv, ko`ruv gallyusinasiyalari va qo`rquv affekti bilan davom etadi. Bemorlar noqulay vaziyat natijasida unga yomon munosabatda bo`lishayapti deb, uning orqasidan ta`kib qilib yurayotgandek, unga yomonlikni ravo ko`rayotgandek, ko`chada notanish odamlar xavotirlanib qarayotgandeq xuddi bir-biriga belgi berayotgandek tuyuladi. Eshituv va qo`ruv gallyusinasiyalari mazmuni bo`yicha reaktiv paranoid mavzusiga borib taqaladi va kasallikning davom etishi jarohat chaqirgan vaziyat tugyashiga bog`liqdir. Reaktiv vasvasa psixozlarining turlaridan biri kar odamdagi munosabat va ta`kib qilish vasvasasidir. Bemorlarga atrofdagilar uning ustidan kulayotgandek tuyuladi, nimadir yomon fikr uylayotgandeq uni huquq qisib qo`yayotgandeq uni ilojsizligidan foydalanayotgandek tuyuladi. Doimo ruhiy kasalliklar bilan muloqotda bo`ladigan odamlarda indusirlangan reaktiv paranoid paydo bo`lishi mumkin. Bu ko`pincha oilaviy vasvasaga aylanib ketadi. Bu holat ko`pincha bir yoki oilaning bir nechta a`zosida paydo bo`ladi. Bunga sabab ruhiy bemor oilaning boshlig`i bo`lsa, uni vasvasaviy safsatalarini atrofdagilar tanqidiy nuqtai nazardan qaramasdan, to`g`ri deb qabul qiladilar va unga o`z munosabatlari bilan qo`shiladilar («ruhiy» kasallikning yukishi). Bu vasvasaning paydo bo`lishi, bundan tashqari, yuqqan odamda ishonish, cheklanish, intellektual yetishmovchilik xususiyatlari borligini namoyon qiladi. Indusirlangan yuktirilgan vasvasa ko`pincha ta`kib qilish tavsifiga ega bo`ladi. Indusirlangan vasvasa kam uchraydi va odatda kasaldan ajratilganda izsiz yuqolib ketadi. Download 54.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling