Somatik kasalliklar turlari, sabablari va oqibatlari “
Download 54.55 Kb.
|
TIBBIYOT KURS2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davolash va qayta tiklash.
- Temir yo`l reaktiv paranoidlari
Reaktiv gallyusinoz
Ruhiy xastaliklarning anchagina kam uchraydigani klinik ko`rinishida reaktiv gallyusinoz tavsifi bo`lgan gallyusinasiyalar yetakchi o`rin tutadi. Gallyusinasiyalar odatda eshituv, jalb qilish ko`rinishida bo`lib, yaqinlari, tanish, qo`ni-qo`shnilarining tovushi bo`lib, mazmuni jihatidan xotirjamlik yoki ta`na va hatto qo`rqituv mazmuniga ega bo`lishi mumkin. SHu bilan birga reaktiv psixozlar patogenezida nihoyatda ahamiyatli bo`lgan zveno ekzogen yoki somatogen yuzaga keltirilgan ruhiy faoliyatning o`zgarishidir. Buni patologik asosi, moxiyati deyiladi (S. G. Jislin, 1965, F. I. Ivanov, 1970). Reaktiv gallyusinoz patogenezida ruhiy yoki jismoniy charchash bilan bog`liq bo`lgan astenizasiya ham ishtirok etadi. Bo`lar charchash, affektiv kuchlanish, majburiy uyqusizliq somatik kasalliklar, bosh miya jarohatlari, zaharlanishlar, alkogolizmlardan bittasi ko`proq asos bo`lib xizmat qiladi. Fiziologik holatlar: homiladorlik, laktasiya, yoshga qarab yuz beruvchi krizlar (pubertat va involyusiya) ma`lum ahamiyatga ega bo`ladi. Davolash va qayta tiklash. Reaktiv psixozlarni davolash asoslari nevrozni davolashga juda o`xshaydi. Imkoni bo`lsa, birinchi navbatda kasallikning sababi, ruhiy jarohatlantiruvchi vaziyatni aniqlash kerak. Terapevtik taktika psixogeniyaning klinik ko`rinishi, o`tkirligi va alohidaligi bilan bog`liqdir. O`tkir psixogen reaksiyalarda tez yordam ko`rsatish zarur. O`tkir psixoz xurujini to`xtatish uchun neyroleptik dori-darmon (aminazin, stelazin, galoperidol) hamda trankvilizatorlardan (seduksen, elenium, relanium) tayinlanadi. Masalan, birdaniga uchta bolasi o`lgan ota o`limdan bir oz vaqt o`tgach bolalarining ta`kib tovushini, yig`isini, ingrashini, yordam haqidagi qichqirigini eshita boshlaydi va bu kechasiga kuchayadi. Temir yo`l reaktiv paranoidlari Uzoq vaqt temir yo`q sayohatlarida paydo bo`ladi. Bularning rivojida ruhiy va jismoniy charchash, muntazam ovqat yemaslik, uzoq vaqt uxlamaslik alkogol ichish, hayot oddiy oqimining buzilishi kabi moyillik qiladigan omillar ahamiyatga ega. Ammo asosiy patogen bo`lib o`sha vaziyat, temir yo`l holati hosil qiluvchi vaziyat, noaniqliq xotirjamlikning bo`lmasligi xizmat qiladi. SHunday vaziyatda bemorlarda affektiv kuchlanish, gumonsirashlik, atrofda o`g`rilar o`ralashgan degan fikr paydo bo`lib, uni o`g`irlash yoki o`ldirishni hohlaydilar deb biladi. Ko`pincha bu qo`rquvdan bemor vagondan sakrab tushib qoladi. Bunda o`z mollarini qoldirib jonimni omon saqladim deydi. Download 54.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling