Son va sanoq
Download 314.22 Kb.
|
kichik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kutilayotgan natija
- Tarqatma material
Miqdor (Kattalik)
Mavzu: Balandlik bo’yicha qiyoslashni o’rgatish Maqsad: Bolalarni balandlik bo’yicha taqqoslashga o’rgatish, taqqoslash natijalarini nutqida baland, past, pastroq, balandroq, uzun, qisqa, uzunroq so’zlari bilan ifodalash. Kutilayotgan natija: Bolalar 2 ta predmetni balandligi, uzunligiga ko’ra taqqoslashni va buni nutqda ifoda etishni o’rganadilar. Kerakli jixozlar: Har xil balandlikdagi 2 ta Qo’g’irchoq (8-10 sm farq kiladigan), 2 ta ko’ylak, uzunligi xar xil (8-10 sm farq qiladigan). Tarqatma material: Xar bir bolaga ikkitadan daraxt -baland va past, bittadan sariq va oq qush. Rasm Faoliyatning borishi: Bolalar oldiga ikkita Qo’g’irchoq mehmonga keladi: Lolaxon va Donoxon, ular bolalar bilan salomlashadi. Tarbiyachi: «Lolaxon va Donoxon qaysi birlarining baland ekanligi to’g’risida baxslashib kolibdilar. Kim balandligini qanday bilsak bo’ladi? Buning uchun ularni bir-biriga qaratib mana bunday qo’yib, bo’ylarini o’lchaymiz. Qaysi qo’g’irchoq baland: Lolaxonmi yoki Donoxonmi?» Buni so’rash davomida tarbiyachi qo’li bilan qo’g’irchoqlarning gavdasini pastdan yuqoriga silaydi. «Xa, Lolaxon Donoxondan balandroq. Hammamiz birga aytamiz: balandroq! Qaysi qo’g’irchoq pastroq? To’g’ri, Donoxon Lolaxondan pastroq. Hammamiz birga aytamiz: pastroq». Keyin tarbiyachi bir-biridan uzunligi bo’yicha farq qiladigan ikkita ko’ylaklarni ko’rsatib so’raydi: «Bu nima? Ko’ylaklar qanday rangda? qaysi ko’ylak uzunroq ekanligini qanday bilish mumkin? Kamol ko’ylaklarni o’lchab ko’rgin. Ko’rsating, qaysi ko’ylak uzun, qaysi kalta? Qaysi ko’ylakni biz Lolaxonga sovga kilamiz, qaysinisini Donoxonga? Nima uchun?» Bolalar Qo’g’irchoqlarga ko’ylaklarni sovga qiladilar. Download 314.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling