Son va sanoq
Download 314.22 Kb.
|
kichik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar uchun amaliy ish. Tarbiyachi
- Guruhiy ish.
Tarqatma materiallar:
Xar bir bolaga Qo’g’irchoq (o’yinchoq) va 2 ta xar xil uzunlikdagi sariq lenta (uzunligining farqi - 5 sm). Lentalar va savat. 6-rasm (har bir bolaga). Faoliyatning borishi: Tarbiyachi 2 ta sariq lentani ko’rsatadi va so’raydi: «Lentalar qanday rangda? Lentalar sariq rangda. Hozir biz lentalarni taqqoslash yordamida uzunligini o’lchashni o’rganamiz. Qaysi lenta uzunroq, qanday bilsak bo’ladi? Qaranglar, men bitta lentani ikkinchisining yoniga qo’yaman. Chap tomondan lentaning oxirini teng qilib birlashtiraman. O’ng tomonda lentalarning uchi teng bulmadi, mana bunisi uzun ekan, bunisi kaltaroq ekan». Tarbiyachi tushuntirish davomida bolalardan so’raydi: «Maftuna, qaysi lenta uzunroq. Lentaning ustidan qo’lingizni yurgizib chiqing. Bu lenta uzunroq ekanmi yoki kalta ekanmi? Xa, bu lenta uzunroq. Kelinglar, hammamiz birgalikda aytamiz: uzunroq. Jamolbek ko’rsatingchi, qaysi lenta kalta. Bu lenta uzunmi yoki kaltami? Xa, bu lenta kaltaroq. E’tibor beringlar, bular go’yo yo’lga uxshaydi. Mana bu yerda esa uycha bo’ladi». Tarbiyachi uzun lentaning oxiriga uychani qo’yadi va so’raydi: «Qayerda yo’l qisqaroq: balanddami yoki pastdami? Qaerda uzunroq? To’g’ri, balanddagi yo’l qisqaroq, pastdagisi uzunroq. Hozir toychoq yo’llardan yuguradi. (Qisqa yo’l yoniga toychoqning rasmini yoki O’yinchogini qo’yadi.) To’xtadi. Yo’l tugadi! Toychoq uychagacha bordimi? Nima uchun? Endi toychoq boshqa yo’ldan yuguradi. Toychoq uychaga yetib bordimi? Nima uchun? Endi yo’llarning joyini o’zgartiramiz. Qayerda yo’l uzunroq: balanddami yoki pastdami? Qayerda qisqaroq? Siz qanday bildingiz? To’g’ri, bu yo’lning oxiri ortib qoldi, demak uzunroq. Bu yo’lga ozgina yetmay qoldi, demak u qisqaroq». Bolalar uchun amaliy ish. Tarbiyachi: Bolalar, oldingizdagi lentalarni olinglar. Bular go’yoki yo’l. Qaysi yo’l uzunroq ekanligini qanday bilsa bo’ladi? Lentalarni yonma-yon qo’yamiz, ularning chapdan oxirini teng qilamiz. Endi qaysi yo’l uzunroq, qaysinisi kaltaroq ekanligini ayta olamiz. O’ng qo’l bilan Qo’g’irchoqni olib yo’llarda sayr qildiramiz. Qaysi yo’l qisqaroq? Shundan Qo’g’irchoqni yurgizing. Qaysi yo’l uzunroq? Shundan Qo’g’irchoq yurib o’tsin». Tarbiyachi bolalarning topshiriqni qanday bajarayotganligini kuzatib turadi va ulardan so’raydi: «Bu yo’l uzunroqmi yoki qisqaroqmi?» Guruhiy ish. Tarbiyachi stol ustiga lentalar solingan savatni qo’yadi. Stol yoniga ikki bolani chaqiradi va o’zi ushlagan lentalarning ikkinchi uchini ushlashni taklif qiladi, bu lentalarni o’lchab uzun qisqaligini aniqlaydilar. Xuddi shunday qilib, lentalarni o’lchash uchun bolalar 7 xil rangdagi lentalar yordamida 3 kishilik guruhlarga bo’linadilar va savatchadan lenta olib o’zlaridagi lentalar bilan taqqoslab o’lchab ko’radilar. Qo’llaridagi lentadan uzun va kalta lentalarni topishlari kerak. Tarbiyachi eng uzun lentani ko’taring, desa, har bir guruh o’zlaridagi eng uzun lentani, eng kalta lentani ko’taring, desa, eng kalta lentalarni ko’taradilar. Download 314.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling