Son va sanoq


Download 314.22 Kb.
bet16/49
Sana23.04.2023
Hajmi314.22 Kb.
#1382709
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49
Bog'liq
kichik

Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bilmasvoy poezd qurganligini aytadi. Poezd yura oladimi? Nima uchun yurolmaydi? Ma’lum bo’ladiki, vagonlarning gildiraklari yo’q ekan. «Nimadan gildirak qilsa buladi? Nima uchun? Kvadratlardan gildirak qilish mumkinmi? Yo’q! Nima uchun?» Bir bolani chaqirib doira va kvadratni yumalatib ko’rishni taklif qiladi.
Keyin tarbiyachi bolalarni navbat bilan chaqirib, doirani topib vagonga gildirak qilib yopishtirishni o’rgatadi. Oxirida tarbiyachi so’raydi: «Poezdning gildiraklari qancha? Jamolbek nechta gildirak qo’ydi? Kamol nechta qo’ydi? Yulduzchi? Farrux nechta qo’ydi?»
«Poezd» O’yini.
Bolalar bir-birlarining orqasidan bir qator bo’lib turib oladilar. Poezd yo’lga chiqishga tayyorlanadi, gudok beradi: U-u-u! Bolalar qo’llarini xarakatlantirib tarbiyachi bilan birga talaffuz qiladilar: «Chux-chux, chux-chux, chux-chux».
Bolalar bilimini mustahkamlash va tekshirish uchun savollar:
1. Doiraning burchaklari bormi?
2. Kvadratning yumalashiga nimalari halakiq beradi?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Geometrik shakllar


Mavzu: Uchburchak shakli bilan tanishish
Maqsad:

Kutilayotgan natija:

  • Bolalar uchburchak shaklini bilib oladilar.

Kerakli jihozlar:

  • «Sehrli xaltacha»da har xil rangdagi kvadrat va uchburchaklar

  • Flanelegraf.

Tarkatma material:

  • Har bir bolaga kvadrat va uchburchaklar.

  • Savatchada kichik o’yinchoqlar ( 3-4 tadan).

  • 5-rasm (xar bir bolaga).

  • Plakat va geometrik shakllar (doira, kvadrat, uchburchak) to’plami.

Faoliyatning borishi:
«Qiziq, «Sehrli xaltacha»da nima bor ekan?»- so’raydi tarbiyachi. U xaltachadan kvadratni chiqarib oladi va bolalarga ko’rsatadi. «Bu shakl qanday nomlanadi? U qanday rangda? Bolalar, sizlar xam kvadratlaringizni ko’rsatinglar. Yaxshi. «Sehrli xaltacha»da yana nimalardir bor». Tarbiyachi uchburchakni ko’rsatib tushuntiradi: «Bu uchburchak. Uchburchak qanday rangda? Sizlarda uchburchak bormi? Qani, uchburchakni o’ng qo’lda ushlab, baland ko’taringlarchi. Yulduzdagi uchburchak qanday rangda? Kamolning uchburchagi qanday rangda?» Tarbiyachi uchburchakning konturi bo’ylab qo’lini yurgizib chiqadi, bolalarni ham qo’lini havoda shunday harakat qilishga o’rgatadi. «Biz qanday shakl ustidan barmogimizni yurgizib chiqdik? Oldin uchburchakning chetidan, keyin kvadratning chetidan o’ng qo’lingizning ko’rsatkich barmogini yurgizib chiqing. Uchburchakni yumalatib ko’ramiz. Uchburchak yumaladimi? Yo’q. Nima uchun? To’g’ri, burchaklari halaqit beradi. Kvadrat yumalaydimi? Kvadrat yumalamaydi, chunki o’nga ham burchaklari halaqit beradi.
Uchburchakni chap qo’lda, kvadratni o’ng qo’lda ushlanglar. Uchburchakni chapga, kvadratni o’ngga qo’yinglar». Keyin yana topshiriq beradi: Chapdagi uchburchakning ustiga bitta sabzi, o’ngdagi kvadratning ustiga ko’p sabzi qo’ying. Tarbiyachi: «Uchburchak va kvadratning ustiga qanchadan sabzi qo’ydingiz?» - deb so’raydi. Bolalar: «Uchburchakning ustiga bitta sabzi qo’ydik, kvadratning ustiga ko’p sabzi qo’ydik», deb javob beradilar. Atrofimizdagi qaysi predmetlar uchburchak shakliga o’xshaydi?

Download 314.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling