Son va sanoq
Download 314.22 Kb.
|
kichik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar uchun amaliy ish.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi bolalarga «Rangli doiralar» O’yinini o’ynashni taklif qiladi. Bu O’yinda quyidagi topshiriqlar bajariladi: kichkina doiralarni kattasiga shunday tartibda joylashtiringki, natijada yaxlit rang hosil bulsin. Doiralarni kamayadigan va o’sadigan kattaligiga qarab joylashtirib, so’z bilan ifodalang. O’yinning mazmuni. O’yinda xamma bolalar ishtirok etadilar. Tarbiyachi xar bir bolaga doiralar to’plamidan berib, ularni kurib chiqishni, shaklini, rangini, katta-kichikligini aytishni topshiradi. So’ngra bolalarga doiralarni namunaga qarab joylashtirib, doiralarni o’lchamiga qarab, qanday tuzish kerakligini, xar bir doiraning boshka doiralar bilan munosabatini, boglanishini ko’rsatib beradi. Tarbiyachi bolalarning diqqatini doiralarni qo’yishda yaxlit fon hosil bo’lmasligiga qaratadi. Buning uchun ikki xil rangdagi doiralar to’plamidan foydalaniladi. Har bir doiraning chetidan ko’rsatkich barmoq yurgizib chiqiladi va bu qanday kattalikdagi doira ekanligi aytiladi. Bolalar ham juftlikda ishlab, ikkita xar xil rangdagi doiralarni birlashtirib, tarbiyachining harakatlarini takrorlaydilar. Bolalar mustaqil ravishda baho beradilar. Keyin bolalarga doiralarni biriktirganda bir xil fon hosil bo’ladigan qilib joylashtirish taklif qilinadi. O’yin hamma bolalar topshiriqni to’g’ri bajarishni o’rgangunlariga qadar davom etadi. Bolalar uchun amaliy ish. Har bir bolaga qog’oz, qalamlar va xar xil o’lchamdagi 2 ta doira beriladi. Bolalar bu doiralarni alohida-alohida olib chetidan qalam yurgizib qog’ozga chizib oladilar. Tarbiyachi bolalardan hozir qaysi doirani chizayotganini, kattasimi yoki kichigi ekanligini suraydi. Bolalar doiralarni chizib bo’lganlaridan so’ng ularni o’zlari xoxlagan rangga bo’yaydilar. Bolalarga yonida o’tirgan o’rtogining ishini ko’rib chiqishni taklif qilish mumkin.
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish. Download 314.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling