Son va sanoq


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar


Download 314.22 Kb.
bet11/49
Sana23.04.2023
Hajmi314.22 Kb.
#1382709
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49
Bog'liq
kichik

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Boshimiz yuqoridami, pastdami?
2. Oyogimiz yuqoridami, pastdami?


Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.


Geometrik shakllar
Mavzu: Doira shakli bilan tanishtirish va nomini aytishga o’rgatish
Maqsad:

  • Bolalarda doira haqida tasavvur hosil qilish.

  • Nutqda doira so’zini ishlatishni mashq qilish.



Kutilayotgan natija:

  • Bolalar doira shakli bilan tanishadilar.

Kerakli jihozlar:



  • Flanelegraf, 2 ta katta ko’k doira va 2 ta kichik qizil doira.



Tarqatma material:

  • Har bir bolaga katta qizil doira va kichik ko’k doira solingan konvert.



Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi katta ko’k doirani ko’rsatadi va tushuntiradi: «Bu doira. Doira qanday rangda?» Keyin kichkina qizil doirani ko’rsatadi va so’raydi: «Bu qanday shakl? Bu doiraning rangi qanaqa? Qaysi shakl katta (kichkina)? Qanday tekshirish mumkin? Qaranglar, men qizil doirani ko’k doiraning ustiga qo’yaman.


Ko’rdingizmi, ko’k doira ko’rinib koldi. Demak ko’k doira qizil doiradan katta. Hozir men doiraning chetidan ko’rsatkich barmog’imni yurgizib chiqaman. Qaranglar, barmoq doira atrofida to’xtamay yugurib ketyapti. Qaerdan boshlagan bo’lsam o’sha joyga qaytib keldi. Endi men qizil doiraning chetidan barmog’imni yurgizib chiqaman, sizlar menga yordam berasizlar (bolalarga ham qo’lini havoda shunday harakat qilishni o’rgatadi). O’ng qo’lingizni ko’tarib ko’rsatkich barmogingizni ko’rsating. Shu barmoq bilan ko’k doiraning chetini (bolalar havoda bajaradilar) aylantirib chiqamiz. Kelinglar, endi hammamiz birgalikda qizil doiraning chetidan barmogimizni yurgizib chiqamiz. Muxayyo, keling, qizil doirani yumalatib ko’ringchi, yumalaydimi? Baxodir, siz ko’k doirani yumalating. Ko’k doira ham yumalar ekanmi? Xa, doiralar yumalar ekan.

Download 314.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling