Bilimlarni mustahkamlash va aniqlash uchun topshiriq:
1. Eng uzun lentani qizil rangga bo’yang.
2. Eng kalta lentani sariq rangga bo’yang.
3. Bitta lentani xoxlagan rangga bo’yang.
4. Nechta lentani sariq rangga bo’yadingiz?
5. Nechta lentani qizil rangga bo’yadingiz?
Faoliyat oxirida tarbiyachi bolalarni rag’batlantiradi.
Miqdor (Kattalik)
Mavzu: Predmetlarni uzunligi bo’yicha taqqoslashni davom ettirish
Maqsad:
Predmetlarni uzunligi bo’yicha taqqoslashni davom ettirish va uzunligi bir xil predmetlarni topishni, «uzunroq», «qisqaroq», «bir xil uzunlikda» so’zlarini nutqda qo’llashni o’rgatish.
Kutilayotgan natija:
Bolalarning predmetlarni uzunligi bo’yicha taqqoslash ko’nikmalari mustahkamlanadi.
Kerakli jihozlar:
Gilamda qurib tugatilmagan ko’prik. Har ikki tomonda 2 tadan kubik va kubiklarning ustiga bitta taxtacha qo’yilgan, yana bitta qo’yish kerak. Yonida taxtachalar: birinchisi keragidan 10 sm kalta, ikkinchisi 10 sm uzun, uchinchisi kuprikdagi taxtacha bilan bir xil.
Tarqatma material:
Qurish-yasash materiallari to’plami.
Faoliyatning borishi:
Bolalar gilamda yarim doira bo’lib o’tiradilar. Tarbiyachi: «Biz Kamol bilan ko’prik qurdik. Bitta taxtacha qo’ydik. Yana bitta taxtacha qo’yishimiz kerak. Kelinglar, xammamiz birgalikda ko’prikka qo’yilgan taxtachaga teng bo’lgan taxtachani tanlaymiz. Buning uchun taxtalarni bir-birining yoniga va ustiga qo’yish usullarida o’lchab ko’ramiz. Qaranglar, bu to’g’ri keladimi? (Kalta taxtachani o’lchab ko’radi). Yo’q, to’g’ri kelmaydi, bu kalta ekan. Qani, bu taxtachani o’lchab ko’raylikchi. (Uzun taxtachani o’lchab ko’radi). Yana to’g’ri kelmadi. Nima uchun? O’lchab ko’raylikchi. Bu uzun ekan. Qaranglar, balki bu to’g’ri kelar. (Mos keladiganini o’lchaydi.) Xa, bunisi to’g’ri keldi, chunki ikki tomoni ham teng. Uzun ham emas, kalta ham emas. Uzunligi bir xil. Kelinglar, hammamiz birgalikda aytamiz: uzunligi bir xil. Kamol bu taxtachani oladi va ko’prikni bitkazadi. Jamol ko’prikdan mashinani o’tkazadi. Barakalla, bolalar, Kamol ikkalamizga ko’prik qurishga yordam berdingiz».
Do'stlaringiz bilan baham: |