Bolalar uchun amaliy ish.
Bolalarga uchburchak, doira va kvadrat shakllari tasvirlangan kartochkalar tarqatiladi va quyidagicha topshiriq beriladi: Rasmdagi uchburchak shakllarini birlashtirib chiqing. Bolalar uchburchak shakllarini qalam yordamida birlashtirib chiqadilar.
Guruhiy ish.
Tarbiyachi bilan bolalar gilam ustida doira qurib o’tiradilar. Gilamda katta klyonka ustida plakat va geometrik shakllar (doira, uchburchak, kvadrat) to’plami. Tarbiyachi boshchiligida geometrik shakllardan turli narsalarni applikatsiya usulida yopishtiradilar. Buning uchun goyani bolalardan so’rash mumkin. Masalan: «Bolajonlar, mana shu geometrik shakllardan turli narsalarni yasash mumkin, hozir nimalar yasashni xoxlashingizni aytasizlar. Men yozib olaman va birgalikda yasaymiz.
Bilimlarni mustahkamlash va tekshirish uchun savollar:
1. Biz qaysi geometrik shaklni o’rgandik?
2. Atrofimizdagi qaysi predmetlar uchburchak shakliga o’xshaydi?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Miqdor (Kattalik)
Mavzu: Uzunligi bo’yicha keskin farq qiluvchi predmetlarni taqqoslashni o’rgatish
Maqsad:
Bolalarni har xil uzunlikdagi ikkita predmetni taqqoslab, uzun-qisqaligini aniqlashga o’rgatish, nutqida «uzunroq», «qiskaroq» so’zlarini qo’llashni mashq qildirish.
Predmetlarning fazoviy joylashishi hakida tasavvur hosil qilish: balandda, pastda tushunchalarini, o’ng va chap qo’lni farqlashni o’rgatishni davom ettirish.
Kutilayotgan natija:
Bolalar keskin farq qiluvchi predmetlarni qiyoslashni o’rganadilar.
Kerakli jihozlar:
Flanelegraf
2 ta sariq lenta (bittasi 10 sm, ikkinchisi undan uzunroq)
Uy va toychoqning rasmi yoki o’yinchoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |