Son va sanoq


Download 314.22 Kb.
bet9/49
Sana23.04.2023
Hajmi314.22 Kb.
#1382709
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49
Bog'liq
kichik

Topshiriq beriladi: xonada qaysi predmetlar ko’p va qaysilari 1 ta ekanligini topish. Qo’shimcha savollar: «Qaranglar, bizning xonamizda stollar ko’pmi? Stullarchi? Xona derazalari qancha? Shkaflarchi?» va boshqalar.
Tarbiyachi guldasta olib keladi, gullar oq va qizil rangda bo’ladi. Bolalarning e’tiborini guldastaning kattaligiga qaratadi. Tarbiyachining ko’rsatmasi bilan har bir bola bittadan gul oladi. Tarbiyachi savol beradi: «Gullar qanday rangda? Har biringizda ular nechtadan?».
Tarbiyachi: Bolajonlar, endi ikki qator bo’lib turib olinglar. Mening o’ng tomonimga qizil gul olganlar, chap tomonimga oq gul olganlar turadi. Qaysi rangdagi gullar kup? To’g’ri oq gullar qancha bulsa, qizil gullar shuncha ekan, ya’ni qizil va oq gullarning soni teng ekan.
Bolalar gullarni 2 ta guldonga joylashtiradilar. Oq gullarni bittasiga, qizillarni ikkinchisiga soladilar. Tarbiyachi: «Guldonlarda gullar ko’p. Chiroyli guldasta hosil bo’ldi»,-deydi va so’raydi «Biz gullarni qayerga qo’yamiz?».
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Ikki qo’limizdagi barmoqlarni bir-biriga birlashtiramiz.
Barmoqlarning soni tengmi?
2. 1 ta mashina va 1 ta avtobus turibdi, ularning soni tengmi?
3. Guldonlardagi oq va qizil gullarning soni tengmi?

Faoliyat oxirida tarbiyachi bolalarni rag’batlantiradi.
Fazoviy tasavvur
Mavzu: Yuqorida (yuqoriga), pastda (pastga) degan tushunchalarni aniqlashga o’rgatish
Maqsad:

  • Predmetlarni yuqori va pastga joylashtirishni mashq qildirish.

  • O’yinchoqlar miqdorini (1 ta va ko’p) va qayerda turganligini (yuqorida va pastda) aytishni o’rgatish.

  • O’ng qo’l bilan predmetlarni olib, chapdan o’ngga terishni o’rgatishni davom ettirish.

Kutilayotgan natija:

  • Bolalar yuqori va past hakida tushunchaga ega bo’ladilar.

Kerakli jihozlar:

  • Flanelegraf, o’nga qo’yiladigan olmalar, barglar va daraxt rasmi.

  • Kachal polvon (Qo’g’irchoq teatri o’yinchog’i).




Download 314.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling