Son va sanoq


Bilimlarni mustahkamlash uchun topshiriq


Download 314.22 Kb.
bet8/49
Sana23.04.2023
Hajmi314.22 Kb.
#1382709
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
Bog'liq
kichik

Bilimlarni mustahkamlash uchun topshiriq:
Bolalarga topshiriqni qog’ozsiz bajarish o’rgatiladi. Stolga ko’p o’yinchoqlar solingan savatcha qo’yiladi. Tarbiyachi bolalarga ushbu savatchadan xoxlagan o’yinchoqni o’ng qo’l bilan olib, chap tomoniga qo’yishni so’raydi. Har bir bolaning qanday bajarganligini ko’rib chiqadi va 3 ta boladan so’raydi: «Siz o’yinchoqni qaysi tomoningizga qo’ydingiz?». So’ng boshqa o’yinchoqni ham o’ng qo’l bilan olib, chap tomonga qo’yishlarini so’raydi va hamma bolalarning ishni qanday bajarganliklarini ko’rib chiqadida, 3-4 boladan o’yinchoqni qaysi tomonga qo’yganini so’raydi.
Tarbiyachi: Endi bolajonlar, savatchadan yana o’ng qo’l bilan o’yinchoq olib, chap tomondan terayotgan o’yinchoqlar yonidan qo’ying. Biz o’yinchoqlarni chapdan o’ngga qo’yib chiqdik.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Biz o’yinchoqlarni qaysi tomondan qo’yib terib chiqdik,
o’ngdanmi-chapdanmi?
2. O’ng qo’l bilan qo’yib chiqdikmi yoki chap qo’l bilanmi?
Tarbiyachi Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantiradi.


Son va sanoq


Mavzu: «Shuncha», «teng», «ko’p», «kam» so’zlarini tushunish, nutqda foydalanishni o’rgatish
Maqsad:

  • Maxsus tayyorlangan sharoitda bolalarga kup predmetlarni va bitta predmetni topishni, «shuncha», «teng», «ko’p», «kam» so’zlarini tushunish, nutqda foydalanishni o’rgatish.

Kutilayotgan natija:


  • Bolalar bitta va ko’pni farqlashni va buni nutqda ifodalashni o’rganadilar.

Kerakli jihozlar:
  • O’yinchoqlar – 4 ta xo’roz, 4 ta o’rdak, 5 ta kubik va b. (4-5 xil o’yinchoqlardan foydalanish mumkin.)


  • 2 ta guldon, oq va qizil gullar.

Faoliyatga tayyorgarlik:
  • Faoliyat boshlanguncha tarbiyachi o’yinchoqlarni stollarga qo’yib chiqadi. Deraza oldiga ikkita guldon qo’yadi, bittasi bo’sh, ikkinchisida qizil va oq gullar bo’ladi (bolalar nechta bo’lsa gul shuncha bo’lishi kerak).


Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi bolalarning e’tiborini stollarga qo’yib chiqilgan o’yinchoqlarga qaratadi, qaysi stolda qanday o’yinchoq borligini va nechta ekanligini aytishni so’raydi. Bolalar o’yinchoqning nomini va qancha ekanligini aytadilar. Keyin bajarishlari kerak bo’lgan topshiriqni tushuntiradi: Bugun sizlar, men qancha o’yinchoq olib kel, desam shuncha o’yinchoq olib kelishni o’rganasizlar. Agar 1 ta o’rdakcha olib keling desam, bitta o’rdakcha turgan stol yoniga borib, o’rdakchani olib kelib, mening stolimga qo’yasizlar. Mana bunday qilib (ko’rsatadi) va aytasizlar: «Men bitta o’rdakcha olib keldim». Agar men ko’p xo’rozlarni olib keling desam, sizlar ko’p xo’rozlar qayerda turganligini topasizlar va olib kelib stolga qo’yasizlar va «Men ko’p xo’rozlar olib keldim», deb aytasizlar».
Tarbiyachi bir bolaga bitta xo’roz olib kelishni, ikkinchi bolaga ko’p o’rdaklar olib kelishni va qancha olib kelganligini aytishni o’rgatadi. Bolalar qancha va qanday o’yinchoq olib kelganligini aytadilar. Agar bola qiynalsa, qo’shimcha savollar beriladi: «Siz nima olib keldingiz? O’rdaklar qancha?» Tarbiyachi bir boladan stol ustida nimalar turganligini so’raydi. («1 ta xo’roz va ko’p o’rdaklar. Nima kam, xo’rozmi, o’rdaklarmi?»)
Tarbiyachi stolga oldin 1 ta xo’roz va 1 ta o’rdakni qo’yadi va so’raydi: «Bolalar, qaranglar, stolning ustida o’rdak va xo’roz nechtadan?» Bolalarning javobini umumlashtirgan holda teng so’zini alohida intonatsiya bilan takidlaydi: «To’g’ri o’rdak va xo’roz bittadan- ularning soni teng». So’ng stolga 4 ta xo’roz va 4 ta o’rdakni juft-juft qilib qo’yadi va o’rdaklar bilan xo’rozlarning soni bir xil–teng ekanligini tushuntiradi: «O’rdaklar qancha bo’lsa, xo’rozlar ham shuncha».

Download 314.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling