Son va sanoq


Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar


Download 314.22 Kb.
bet4/49
Sana23.04.2023
Hajmi314.22 Kb.
#1382709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
kichik

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Ona mushuk nechta?
2. Mushukchalar qancha, ko’pmi, bittami?

Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.



Son va sanoq
Mavzu: Alohida predmetlardan guruh hosil qilishni, guruhdan bir predmetni ajratishni o’rgatish
Maqsad:

  • Alohida predmetlardan guruh hosil qilishni, guruhdan bir predmetni ajratishni o’rgatishni davom ettirish.

  • «Ko’p» va «bitta» tushunchalarining ma’nosini tushuntirish, nutqida «ko’p», «bitta», «bitta ham», «bittadan» so’zlarini ishlatishni mashq qildirish.



Kutilayotgan natija:

  • Bolalarning bitta va guruh hakidagi tushunchalari mustahkamlanadi.

Kerakli jihozlar:



  • Sharlar (har bir bolaga)

  • Sharlar rasmi chizilgan qog’ozlar (1-rasm har bir bolaga)


Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar, doira bulib o’tirib olamiz. Qaranglar, men sizlarga nimalar olib keldim? To’g’ri, sharlar. Men sizlarga qancha shar olib keldim? Ko’p sharlar olib keldim. Hozir har biringizga bittadan shar beraman. Bolajonlar, sizning qo’lingizda nechtadan shar bor? Mendachi?
Endi hamma o’zining sharini puflaydi, qani kim birinchi bo’lib, katta qilib puflar ekan. Sharlarni katta qilib pufladik. Biz sizlarga sharni boglashga yordam beramiz. Bolajonlar, har birimizda nechtadan shar bor? To’g’ri har birimizda bittadan shar bor.
Bolajonlar, mening o’ng tomonimdagi boladan boshlab har biringiz qo’lingizda nechta shar borligini va qanday rangda ekanligini navbat bilan aytasiz. Masalan, mana bunday qilib, «Mening qo’limda bitta shar bor, u sariq rangda». Hammaga tushunarli bo’ldimi, unda boshladik.
Hamma bolalar aytib bo’lganlaridan so’ng tarbiyachi deydi: Endi Ulugbek doira o’rtasida turadi. Biz navbat bilan o’nga sharimizni beramiz. Sharni berayotganda «Men bitta shar berdim», deb aytamiz. Bolajonlar, hamma sharini Ulugbekka berganidan keyin Ulugbekda qancha shar buldi? Ulugbekda ko’p shar bo’ldi. Bolajonlar, endi bizda nechta shar bor? To’g’ri, bizda bitta ham shar qolmadi, hammasini Ulugbekka berdik. Kelinglar, hammamiz birgalikda aytamiz «Bitta ham shar qolmadi».
Ulugbek, siz sharlarning ichidan bittasini ajratib oling, ko’p sharlarni olib kuyamiz. Bolalar, doira bulib turib olamiz va bitta sharni bir-birimizga otib o’ynaymiz. Bolalar, biz ko’pmiz, sharchi ko’pmi, bittami? (O’yin 5 daqiqa davom etadi).

Download 314.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling