Sos o'zbekiston bolalar mahallalari faoliyati yuritish jarayoni mundarija


Quyidagilar yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlaridan chiqishning asosiy mezonlari hisoblanadi


Download 310.37 Kb.
bet10/12
Sana08.11.2023
Hajmi310.37 Kb.
#1755708
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
SOS O\'ZBEKISTON BOLALAR MAHALLALARI FAOLIYATI YURITISH JARAYONI

Quyidagilar yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlaridan chiqishning asosiy mezonlari hisoblanadi:

  • Kasbga ega bo'lishlik.

  • Ishlash va doimiy daromad olish.

  • Turar-joyining borligi. 

  • Ijtimoiy ko'nikmalarga ega bo'lishlik.

  • hayotiy ko'nikmalarga ega bo'lishlik.

  • emotsional barqarorlik.

2009-2016 yillarda erishgan yutuqlarimiz.

  • Toshkent va Samarqand shaharlarida 63 nafar yoshlar xizmatlarda mustaqil katta hayotga tayyorgarlik ko'rishda har tomonlama ko'mak va yordam olmoqda.

  • Xizmat hamrohligidan chiqqan barcha yoshlar orasidan 6 nafari oliy ma'lumotga, 65 nafari o'rta maxsus ma'lumotga ega bo'ldi, 30 nafari esa ishga joylashtirildi.

  • Xizmatdan chiqqan 25 nafar yoshlar o'z oilalarini yaratishdi. 

  • SOS Bolalar Mahallalarining bitiruvchilari bo'lgan 20 nafar yoshlar oliy o'quv yurtlarining talabalari bo'lishdi.

XULOSA

SOS O'zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi mahalliy hamjamiyatga og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalardagi hayotiy vaziyatni yaxshilashga yordam berar ekan, oilalar va bolalarning farovonligini ta'minlashga, bolalarning ulg'ayishi va rivojlanishi uchun oila muhitining muhimligi va ahamiyatini mustahkamlashga hamda ijtimoiy yetimlikning oldini olishga o'z hissasini qo'shmoqda.


2007 yildan boshlab Uyushmada Ijtimoiy yetimlikni oldini olish xizmati faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Xizmat bola o'z oilasida rivojlanishi uchun yaxshi sharoitlarni yaratish maqsadida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarga har tomonlama yordam ko'rsatyapti.
Oilalar bilan olib boriladigan ishlar ijtimoiy yetimlik oldini olishga va bolalarni muqobil parvarish qilish muassasalariga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan xizmatlar kompleksini o'z ichiga olgan. Bular:

  • Ta'lim bo'yicha, tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam, bolaning hayotiy sharoitlarini yaxshilash, bola ongining shakllanishini quvvatlash. 

  • Kattalarda bolalarga g'amkho'rlik qilish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish qobiliyatini rivojlantirish. 

Kasbiy malakaga ega bo'lish, ishga joylashish va kichik biznesni ochishda ota-onalarga ko'maklashish yo'li bilan ularning moddiy maqomini yaxshilash va barqaror daromadni ta'minlash.
Uyushma faoliyati doirasida tashkil etilgan xizmatlarda zarur ijtimoiy-psixologik xizmatlar kompleksi taqdim etiladi, ishga joylashish va yuridik hamrohlik qilishga ko'maklashiladi. Loyihalar doirasida tashkil etilgan ijtimoiy korhonalarda esa qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar o'zlarining iqtisodiy ahvolini yaxshilab olishi va iqtisodiy mustaqillikka ega bo'lishi mumkin.
Xizmatlar qoshida bolalarga kunduzi qaraladigan Markazlar faoliiat ko'rsatmoqda. Ota-onalar mutahassislar bilan maslahatlashib olguncha yoki ular Izhtimoiy korhonalarda ishlayotgan va o'qiyotgan paytda bolalar bu erda o'ynashlari va shug'ullanishlari mumkin.
Bir so'z bilan aytish mumkinki mazkur tashkilotda himoyaga muhtoj, ijtimoiy yetim bolalar nafaqat ijtimoiy himoya qilinadi, shu bilan birgalikda tashkilot psixologlari tomonidan yuqorida ko'rsatilgan vazifalar bajarilib, bolalarni yoshlik davrida olingan psixologik travmalarini bartaraf qilish uchun yordam ko'rsatiladi. Bu jarayonlarni amalga oshirishda ular ilg'or xorijiy tajribadan foydalanadi, doimiy ravishda chet eldagi filiallar bilan fikr va tajriba almashishadi, malaka oshirib, yangi bilimlarni amaliyotga joriy qilishadi.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda O'zbekiston Sos Bolalar mahallalarida 200 nafar bola doimiy tarbiyalanib kelmoqda. Ushbu tashkilotning muhim vajifalaridan biri ham aynan ota-onasining qaramog'isiz qolgan va qiyin hayotiy sharoitlarga tushib qolgan bolalarga ijtimoiy va psixologik ko'makni ta'minlashdan iboratligi, bu jarayonda ular har bir bolaga individual yondashuvi, ularni o'z oilasidagi kabi sharoit va muhitga yaqinlashtirishga harakatlar, zamonaviy pedagogik va psixologik diagnostika texnologiyalaridan foydalanishi alohida diqqatga sazovordir.


Download 310.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling