Sotsial guruh va sotsial institut


Download 40.1 Kb.
bet6/10
Sana16.04.2023
Hajmi40.1 Kb.
#1360255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sotsial guruh va sotsial institut

Sotsial institut vazifalari. Amerikalik sotsiolog olim R.Merton tomonidan sotsial institutlarning “yashirin” va “oshkora” funksiyalarini ajratib ko‘rasatish kerakligini taklif qilgan. U ba'zi hollarda sotsial institutlar faoliyatida kuzatiladigan va jamiyatga salbiy ta'sir qiladigan holatlarni o‘rganish davomida shunday xulosaga kelgan. Chunki odatda tadqiqotchilar sotsial institutlarning barcha uchun ma'lum bo‘lgan, kuzatilayotgan funksiyalarinigina o‘rganib, yashirin funksiyalari tufayli jamiyatda yuz bergan ba'zan salbiy holatlarni inobatdan qochirishgan. Mertonning yozishicha, “Oshkora va latent funksiyalarga ajratishda quyidagilar asos sanaladi: oshkora funksiyalar sotsial harakatning obyektiv va oldindan rejalashtirilgan oqibati sanalib, sotsial birlikning moslashishi va ko‘nikishiga olib keladi; Latent funksiyalar esa o‘sha tartibning anglanmagan va ko‘zlanmagan oqibati hisoblanadi12”. Misol tariqasida Merton Xopi qabilasining yomg‘irni chaqirishga qaratilgan ritual raqsini keltiradi. Bu raqsning latent funksiyasi guruh ichidagi birlikni mustahkamlash va qabila davomiyligini ta'minlashdan iborat.
Sotsial institutlarning oshkora funksiyalari odatda avvaldan rejalashtirilgan, ko‘zlangan va guruh a'zolari tomonidan anglangan bo‘lib, formal jihatdan belgilangan va status hamda rollar tizimida mustahkamlanadi. Misol uchun sog‘liq saqlash, ta'lim, ijtimoiy ta'minot masalalarida mahsus qonun yoki qoidalar to‘plamining qabul qilinishi. Shu nuqtaiy nazardan sotsial institutlarning oshkora funksiyalari bevosita jamiyat tomonidan boshqarilishi mumkin.
Har qanday sotsial institutlarning asosiy va umumiy funksiyalaridan biri uning maqsadidan kelib chiqqan holda a'zolarining va jamiyatning sotsial ehtiyojlarini qondirish. Mazkur funksiyani bajarish uchun har bir institut bir qator boshqa funksiyalarni bajarishi kerak. Bularga ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash va ishlab chiqarish; nazorat funksiyasi; birlashtirish (integratiB) funksiya; uzatish funksiyasi; komunikativ funksiya13.
- ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash va ishlab chiqarish funksiyasi qat'iy belgilangan norma hamda qoidalar asosida sotsial institut elementlarining harakatlarini oldindan aytish imkonini yaratadi;
- nazorat (regulyatiB) funksiyasi – sotsial institut tomonidan ishlab chiqilgan xatti-harakat, norma va nazorat shabloni asosida guruhdagi a'zolarning o‘zaro munosabatlari boshqariladi.
- Birlashtirish (integratiB) funksiyasi – bu sotsial guruh a'zolarining o‘zaro birlashishi, o‘zaro aloqadorligi va bir-biriga bog‘liqlik hissi, bir-birining oldidagi masuliyat hissining sotsial institut tomonidan mustahkamlangan norma, qoida, sanksiya va rollar tizimi orqali ta'minlanishi.
- Uzatish funksiyasi – bu avlaodlar almashinuvi hamda sotsial institut chegaralarining kengayishi natijasida sotsial institutga qo‘shiluvchi yangi a'zolarga o‘z ijtimoiy tajribasini (bilim va ko‘nikmalarini) qoldirish mexanizmining shaklantirilishi. Mazkur mexanizm asosida yangi a'zolar sotsial institutning qadriyatlari, norma va rollariga tez fursatda ijtimoiylashadi.
- Kommunikativ funksiya – sotsial institutda shakllantirilgan axborotlarni institutning ichki tuzilmalari orasida, shuningdek, tashqi institutular bilan aloqalar paytida uzatish.
Agar institut o‘zining oshkora funksiyalarini bajara olmasa, u tashkiliy jihatdan yemirilib, qator o‘zgarishlarga va inqirozga uchraydi.
Sotsial institutlarning latent (yashirin) funksiyalari rejalashtirilmagan bo‘ladi va ularning oqibatlarini har doim ham oldindan bashorat qilish mumkin emas.
Ba'zan amaliyotda ayrim sotsial institutlar o‘zining oshkora vazifalarini bajarmasada faoliyat olib borishi kuzatilgan. Bu mazkur institutning guruh a'zolari ehtiyojlarini qondiruvchi yashirish funksiyalari mavjudligi va yuqori darajada rivojlangani haqida dalolat beradi. Shu bilan birgalikda sotsial institutlarning latent funksiyalarini aniqlash mushkul ish sanaladi.
Mertonning fikricha, sotsiologiya sotsial instiutlarning barcha funksiyalarini tadqiq qilishi lozim, ammo ba'zilar faqatgina oshkora funksiyalarni o‘rganishadi. Haqiqiqy sotsiolog aynan latent funksiyalarni o‘rganishi lozim. Chunki jamiyat taraqqiyoti uchun kutilmagan salbiy oqibatlar aynana yashirin funksiyalar tufayli yuzaga keladi. Sotsiolog sotsial institutlarning latent funksiyalarini aniqlashi hamda ularning istiqbolini oshkora funksiyalar bilan birgalikda ko‘rsatib berishi orqali jamiyatga va fan rivojiga hissa qo‘sha oladi14.
R.Mertonning fikricha, latent funksiyalar sohasidagi kashfiyotlar, oshkora funksiyalar borasidagi kashfiyotlarga qaraganda sotsiologik bilimlarga ko‘proq hissa qo‘shadi15. Ko‘p hollarda latent funksiyalarni o‘rganish qarama-qarshiliklarga olib keladi. Misol uchun insonlar qimmat narxdagi narsa-buyumlarni faqatgina ularning sifatiy jihatdan yaxshiroq ekanligi uchun amalga oshirmaydi. Qimmat narxdagi tovarlar ularni sotib oluvchi haridorning “moliyaviy kuchi”, “yuqori sotsial statusi”ni belgilab beradi. Demak, iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish sohasi insonlarning jamiyatda o‘z prestijini ko‘tarish kabi latent funksiyani bajaradi. Inson tomomnidan namoyishkorona tarzda “yuqori” toifali tovarlarni iste'mol qilinishi shaxsning yuqori statusini belgilaydi.
Sotsial institutlarning latent funksiyalarini o‘rganish natijasida sotsial hayotning haqqoniy holati namoyon bo‘lib, bu sotsial aloqalar va sotsial ob'ektlarning rivojlanishini hamda ularda kechayotgan jarayonlarni boshqarish imkonini beradi.
Ya.Shepanskiyning fikricha16, sotsial intitutlar jamiyatda quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Individlar uchun o‘zining turli xil ehtiyojlarini qondirish imkonini yaratadi;

  • Sotsial munosabatlar doirasida individlarning xatti – harakatini nazorat qiladi;

  • Ijtimoiy tuzilmani aniqlab, ta'minlab turadi, shuningdek, shaxssiz funksiyalarning ishlb chiqilishini ta'minlaydi. Shaxssiz funksiyalar deyilganida, sotsial institutlar tarkibidagi a'zolarning kimligidan qat'iy ravish doimo institut doirasida bajariladigan vazifalar tushuniladi;

  • Intilishlar, harakatlar va munosabatlar integratsiyasini ta'minlaydi.

Sotsial institutlarning funksiyalari borasida gap ketganida quyidagi holatlarni bilib olish kerak17:

  • bir vaqtning o‘zida bitta institut bir nechta vazifani bajarishi mumkin

  • turli maqsadlarga ega bo‘lgan institutlar bir xil funksiyalarni bajarishi yoki bajarmasligi mumkin,

  • tarixiy rivojlanish davomida sotsial institutlar turli xil funksiyalarni bajarishi mumkin,

  • vaqt o‘tishi bilan sotsial institut funksiyalaridan biri mustahkamlanishi yoki susayishi mumkin,

  • bir xil maqomga ega bo‘lgan sotsial institutlar turli jamiyatlarda har xil vazifalarni bajarishi mumkin.

Shu o‘rinda oila institutining vazifalariga to‘xtab o‘tamiz. Oilaning reproduktiv, tarbiya, maishiy-xo‘jalik, iqtisodiy, sotsial nazoratning birlamchi bo‘g‘ini, ma'naviy muloqot sohasi, ijtimoiy status, bo‘sh vaqt, emotsional va jinsiy funksiyalari mavjud. Oila institutning bajarayotgan vazifalarining barchasi bosh va birlamchi funksiyalar hisoblanib, ularning qay darajada bajarilishi jamiyatning kelajagini belgilaydi.
Barcha sotsial institutlarning funksiyalari umumiy va maxsusga ajratiladi. Umumiy funksiyalar aksariyat sotsial institutlar tomonidan bajariladi. Maxsus funksiyalar esa faqat sanoqli institutlarga xos bo‘ladi. Misol uchun oilaning sotsial institut sifatidagi maxsus funksiyalari tarixiy rivojlanish natijasida ham uning mohiyatini ifodalagani uchun saqlanib kelmoqda – reproduktiv funrksiya va bolalarni sotsializitsiyasi funksiyasi. Oila tufayli jamiyatning biologik davomiyligi saqlanib kelmoqda. Ijtimoiy jihatdan esa u sotsializatsiyaning birlamchi agenti va birlamchi guruhi sifatida muhim o‘rin egallamoqda. Oila institutining mazkur maxsus funksiyalari jamiyatning ehtiyoji (turmush tarzining oilaviy shakli, farzandli bo‘lish va hk.) tufayli yo‘qolmay rivojlanib bormoqda.
Oila institutiga xos bo‘lgan umumiy funksiyalarda oila va jamiyatning aloqadorligi namoyon bo‘ladi. Jamiyatdagi tarixiy o‘zgarishlarni taqqoslash natijasida oila institutida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash va asoslash mumkin. Misol uchun XX asr boshlarida ba'zi mamlakatlarda ayrim sotsial institutlar avvallari oilaga tegishli bo‘lgan vazifalarni bajara boshlagan. Misol uchun maktab va bog‘chalar – tarbiya funksiyasini, xizmat ko‘rsatish sohasi – ovqatlantirish, kiyintirish, bo‘sh vaqtni o‘tkazi, militsiya va armiya – himoya vazifalarini bajargan.
Aytib o‘tish kerakki, har bir sotsial instiutut barcha o‘ziga xos bo‘lgan funksiyalarni bajarsada, ko‘p hollarda ular birgalikda faoliyatda bo‘lib, o‘ziga xos tizimni shakllantiradi va butun jamiyat uchun muhim bo‘lgan vazifalarni birgalikda bajaradi.
Sotsial institutlarning bajaruvchi funksiyalarii xilma-xil va ularni turli nuqtaiy nazarlar asosida turlarga ajratish mumkin. Shunday tasniflardan birini sotsiologiyadagi institutsional maktab namoyondalari S.Lipset va D.Landberg yaratishgan. Ularning fikricha, barcha sotsial institutlarga xos bo‘lgan funksiyalar tasnifi quyidagilardir18:
1. Jamiyat a'zolarini ishlab chiqarish. Oila mazkur vazifani bajaruvchi asosiay institut sanalsada, davlat va boshqa institutlar mazkur jarayonda o‘z ta'siriga ega.
2. Sotsializatsiya. Yosh avlodga jamiyatdagi norma va qadriyatlarni yetkazib berish.
3. Ishlab chiqarish va taqsimot. Asosan boshqaruv va nazoratda band bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy institutlar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Boshqaruv va nazorat funksiyalari. Sotsial norma va qoidalar orqali amalga oshiriladi.



Download 40.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling