Sotsial guruh va sotsial institut


Oilaning funksiyalari, asosan quyidagilardan iborat


Download 40.1 Kb.
bet9/10
Sana16.04.2023
Hajmi40.1 Kb.
#1360255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sotsial guruh va sotsial institut

Oilaning funksiyalari, asosan quyidagilardan iborat:
1. Avlodni davom ettirish.
2. Bolalar to‘g‘risida g‘amho‘rlik.
3. Iqtisodiy funksiya yoki uy-xo‘jalik ishlarini yuritish.
4. Qariyalar to‘g‘risida g‘amho‘rlik.
5. Burch va majburiyatlarni his qilish.
6. Muomala talablarini qondirish.
7. Bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish.
Ayniqsa, oilada bola tarbiyasi, keksalarga yordam, mehnatga layoqatini yo‘qotganlarga g‘amxo‘rlik qilish, oilaviy an`analarni saqlash va ma`naviy munosabatlarni tartibga solish kabi muhim ahamiyatga ega ijtimoiy munosabatlar mujassamlashgandir. Oilada “voyagayetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”19.
O‘zbekiston uchun shartli ravishda oilaning 3 ta demografik turga ajratish maqsadga muvofiqdir:20
1. Kichik oilalar – 2-4 kishi istiqomat etuvchi oilalar;
2. O‘rta oilalar — 5—6 kishi istiqomat etuvchi oilalar;
3. Katta oilalar — 7 va undan ortiq kishilar istiqomat etuvchi oilalar.
Oila-nikoh munosabatlarining asosiy prinsiplari:

  1. Yakka nikohlik tamoyili (faqat bitta).

  2. Nikohning ixtiyoriyligi.

  3. Ajralishning erkinligi (davlat tomonidan nazorat qilinadi).

  4. Oila va oilaviy munosabatlarda er-xotinning teng huquqligi.

  5. Bolalarni birgalikda tarbiyalash tomoyili.

Hukumatimiz tomonidan oilani, oila-nikoh munosabatlarini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan bir qator tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

  1. 1999 yil “Ayollar yili” deb e’lon qilindi.

  2. 2000 yil – “Sog‘lom avlod yili” deb e’lon qilindi.

  3. 2000 yil 15 fevralda Vazirlar Mahkamasining “Sog‘lom avlod davlat dasturi to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. U 6 yo‘nalishdan iborat.

  4. 2001 yil – “Onalar va bolalar” yili bo‘ldi.

  5. 2001 yil 5 fevralda Vazirlar Mahkamasi “Ona va bola” davlat dasturi to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

  6. 2002 yil – “Qariyalarni qadrlash yili” deb e’lon qilindi.

  7. 2003 yil – “Obod mahalla yili”.

  8. 2004 yil – “Mehr va muruvvat yili”.

  9. 2005 yil – “Sihat-salomatlik yili”.

  10. 2006 yil – “Homiylar va shifokorlar yili”.

  11. 2007 yil – “Ijtimoiy himoya yili”.

  12. 2008 yil – “Yoshlar yili”.

  13. 2009 yil - “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”.

  14. 2010 yil – Barkamol avlod yili.

  15. 2011 yil – Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.

16. 2012 yil – Mustahkam oila yili
17. 2013 yil – Obod turmush yili
18. 2014 yil – Sog‘lom bola yili
19. 2015 yil – Keksalarni e’zozlash yili
20. 2016 yil – Sog‘lom ona va bola yili
21. 2017 yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
22. 2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash
yili
Bugungi kunda jamiyatimizda oila va oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq ayrim muammolar ham mavjudki, ularni vaqtida oldini olish maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaydi etib o‘tganidek, Bir bolaning yo‘ldan adashishi – bu nafaqat bir oila, balki butun jamiyat boshiga tushgan kulfat. Bundan avvalo shu bolaning ota-onasi, aka-ukalari, yaqinlari jabr ko‘radi. Bunday paytda ularga yordam berish kerak. Biz esa, afsuski, ulardan o‘zimizni olib qochamiz. To‘yga chaqirmaymiz, marosimga chaqirmaymiz, u falonchining akasi yoki o‘g‘li, deb ularning nafratini battar avj oldiramiz, aybsiz odamlarni ashaddiy dushman qilamiz. Agar mahallangizda birorta bola zararli diniy oqimga kirib qolgan bo‘lsa, uni noto‘g‘ri yo‘ldan qaytarishga harakat qiling.
Ayrim yoshlarning qisqa yoki uzoq vaqt chet elga, mehnat safariga borib kelib, o‘z e’tiqodini xato deb hisoblab, bizga butkul yot bo‘lgan oqimlar, g‘oya va tushunchalarni olib kelayotgani ham – bor gap. Ayni haqiqat bu. Bunday holatlar barchamizni tashvishga solishi shart.
Yoki turmush qurgan yoshlar orasida hayotni engil-elpi tasavvur qilish, oila muqaddas ekanini tushunib etmaslik holatlari ham, afsuski, uchrab turibdi.
Yosh oilalar orasida arzimas sabablar bilan ajralishlar ko‘payib bormoqda. Begunoh bolalar etim bo‘lib, mehr va e’tiborga eng tashna vaqtida ota-ona tarbiyasidan chetda qolmoqda.
Yana bir noxush holatni bugun afsus bilan aytmoqchiman: oilalarda nosog‘lom munosabatlar, qaynona-kelin, er-xotin o‘rtasidagi janjallar, xotin-qizlarimiz orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari borligi shaxsan meni qattiq iztirobga solmoqda. 


Xulosa

Xulosa qilib aytganda sotsial institutlarni konkret tashkilot va guruhlardan farqlash lozim. Yuzaki ko‘rinishda, sotsial institut muayyan vazifani bajaruvchi odamlar, muassasalar, idoralar majmui sifatida gavdalanadi. Mazmuniga ko‘ra esa sotsial institut va shaxslarning konkret vaziyatlarda amal qiladigan maqsadga muvofiq, rasmiy va norasmiy, barqaror, standartlashgan tamoyil, normalar, o‘rnashmalarini bildiradi.


Sotsial institut, qisqacha ta’rifda, odamlar sotsial tashkillashgan va regulyatsiya qilinadigan faoliyatlarini anglatadi. Sotsial institutlar xatti-harakatining nisbatan barqaror shakl namunalarini, avloddan-avlodga o‘tuvchi an’analar, odatlarning qayta takror hosil qilinishini ham ta’minlaydi.



Download 40.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling