Sotsial psixologiya (MA’ruzalar to’plami) mavzu-1: ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi


Kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasi


Download 450.09 Kb.
bet9/87
Sana08.02.2023
Hajmi450.09 Kb.
#1176144
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87
Bog'liq
Sotsial psixologiya (MA’ruzalar to’plami) mavzu-1 ijtimoiy psix

Kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasi. Bu sohadagi tadqiqot ob’ektlarida odamlarni guruhda va yakka holdagi xulq-atvorlarini o`rganish, kichik guruhlarning psixologik tuzilishi, ularga ro`y beradigan dinamik jarayonlar (uyushqoqliq, o`zaro moslik va hokazolar); guruhlardagi peshqadamlik va boshqarish psixologiyasi; konformizm hodisasi; jamoalarning shakllanish shartlari, turli guruhlararo munosabatlar. Guruhlardagi kishilar o`rtasida o`zaro muloqot, o`zaro bir- biriga ta’sir usullari, odamlarni samarali muloqotga o`rgatish ham guruhlar ijtimoiy psixologiyasining muhim vazifasi hisoblanadi.
Ushbu sohani o`rganish tufayli ajralib chiqqan tadbiqiy fan sohalariga ishlab chiqarish ijtimoiy psixologiyasi va boshqarish psixologiyasi kiradi.
Shaxsni ijtimoiy psixologik jihatdan o`rganish. Shaxs ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning ob’ekti sifatida qaralganda, avvalo uning xulq-atvori, ijtimoiy motivlari, uning yo`nalishlari, xulq-atvor normalari, shaxsning jamiyatda turli ijtimoiy rollari, mavqei, ijtimoiy qo`shilish omillari - ijtimoiylashuvi; shaxsning o`z-o`ziga bahosi, munosabati, hurmati hamda ijtimoiy, tarixiy va madaniy shart-sharoitlarning shaxs ongiga ta’siri, shaxs tiplari o`rganiladi.
Ommaviy ijtimoiy psixologik hodisalar. Ijtimoiy psixologiyaga ommaviy hodisalar deganda turli kishilar guruhiga shaxslararo munosabatlar va o`zaro ta’sir jarayonlari; milliy etnopsixologiya hamda sinflar psixologiyasi muammolari; milliy madaniyat, urf-odatlar, an’analar, udumlar, aqidalarning shaxs shakllanishidagi roli, olomon psixologiyasiga oid psixologik qonuniyatlar; turli guruhlarda odamlarning bir-birini idrok qilishlari va tushunishlari, o`zaro ta’sir masalalari tushuniladi. Hozirgi murakkab ijtimoiy hodisalar sharoitida ommaviy ijtimoiy psixologik qonuniyatlarni bilishning hamda ularni boshqarishning ahamiyati juda kattadir.
Oila-ijtimoiy psixologiyaning o`rganish ob’ekti sifatida.
Bu yerda oilaga xos psixologik jarayonlar oila a’zolarining bir-birlariga munosabatlari, nikohdagi o`zaro moslik masalalari, oilaviy mojarolarning psixologik omillari, oilada bola tarbiyasining ijtimoiy-psixologik metodlari o`rganiladi.

Download 450.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling