Sotsiologik tadqiqot nima
Dasturda aniq ko’rsatilishi zarur
Download 58.5 Kb.
|
Sotsiologik tadqiqot muammosi va muammoli vaziyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Empirik tadqiqot usullari.
Dasturda aniq ko’rsatilishi zarur.
1) Empirik tadqiqot ob’ekti; 2) Sotsiologik tadqiqot ob’ektini tulaligicha kamraydimi yoki uning ayrim jihatlarini tanlab oladimi; 3) Tanlov asosida olib boriladigan sotsiologik tadqiqot asosi (ro’yxat tuzish, kartoteka, sotsiologik harita kabilar). Sotsiologik tadqiqot farazi: Mavjud muammo bo’yicha ilmiy faraz ishlab chiqish empirik sotsiologik tadqiqotni nazariy jihatdan tayyorlashninig yakunlovchi qismi hisoblanadi. Tadqiqot farazi-o’rganilayotgan ijtimoiy hodisa tarkibi va uning tarkibiy kismlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik harakteri tugrisidagi ilmiy asoslangan farazdan iborat bo’ladi. Ilmiy faraz tatqiq etilayotgan ob’ekt tugrisidagi mavjud ma’lumotlarga asoslangan holda ishlab chiqiladi. Faraz, bu tadqiqot uchun boshlangich nuqta bo’lib, keyingi olib boriladigan amaliy sotsiologik tadqiqotlarda ilgari suriladigan farazga bog’liq bo’ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, farazni ishlab chiqish-empirik ma’lumotlarni tuplash va tahlilqilishdagi mantiqiy asosni ishlab chiqish demakdir. Agar tadqiqotchi tomonidan ilmiy faraz ishlab chiqilgan bo’lsa, empirik ma’lumotlar va tadqiqot natijalari shu ishchi farazini tug’ri ekanligini tekshirishga, uni tasdiklashga yoki bekor qilishga xizmat qiladi: Empirik tadqiqot farazi bo’lmasa, unda sotsiologik tadqiqotning ilmiy darajasi past bo’ladi. Empirik tadqiqot usullari. Dastur tarkibidagi uslubiy qismini muhim jihati- empirik tadqiqot uslubiyati, texnikasi jarayoni va usullarini asoslashdan iborat. Sotsiologik tadqiqot uslubiyati- xususiy sotsiologik usullar majmui bo’lib, undan empirik materiallarni tuplash va tizimlashtirish maqsadida foydalaniladi. Metod tushunchasi keng ma’noda bilimlar tizimini yuzaga keltirish va asoslash uchun vositachi demakdir. Sotsiologiyada usul sifatida umumsotsiologik pirinsiplar ham, ijtimoiy voqealikdagi jarayonlar va hodisalarni bilishdagi xususiy prinsiplar va konkret usullar- matematik-statistik usullar, sotsiologik axborotni yigish usullari: kuzatish, suroklar, ekspriment va boshqalar tushuniladi. Sotsiologik tadqiqot texnikasi- maxsus usullarning birligini anglatib u yoki bu usuldan unumli va o’z o’rnida foydalanishni ifoda qiladi. Sotsiologik tadqiqot jarayoni tadqiqotni tashkil etish usuli, vositasi, barcha bilish va tashkiliy faoliyatning batartib borish jarayonini anglatadi. Amaliy sotsiologik tadqiqot olib borish jarayonida konkret tadqiqot usullarining ahamiyati katta. Ular yordamida dastlabki empirik ma’lumotlar yig’ib boriladi. Quyida shular xususida to’xtalib o’tamiz. Download 58.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling