2-Bosqich: Asosiy bosqich: empirik tadqiqot va eksprement o’tkazish.
3-Bosqich. Olingan empirik ma’lumotlarni qayta ishlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Bu bosqichda 3 ta vazifa bajariladi:
3.1 Olingan empirik tadqiqot natijalarini statistik qayta ishlash;
3.2 Nazariy jihatdan qayta ishlash;
3.3 Olingan natijalarni amaliyotda kullash;
Har qanday tadqiqot biron-bir muammoni quyilishidan boshlanadi. Bunday muammo tashqaridan, buyurtmachi tomonidan berilishi yoki jamiyat xayotida o’zining ilmiy yechimini kutayotgan muammo bo’lishi mumkin. Shulardan kelib chiqib, sotsiologik tadqiqotlarni tashkil qilishning asosiy shaqllari: davlat buyurtmasi asosida, xo’jalikshartnomasi asosida, jamoatchilik va aralash tartibda bo’lishi mumkin.
Sotsiologik tadqiqot dasturi va uning tarkibiy tuzilishi.
Empirik sotsiologik tadqiqot ob’ekti bo’yicha utkazilgan dastlabki taxlillar asosida mavjud maummoni tahlilqilish dasturi ishlab chiqiladi. Ilmiy dastur har qanday amaliy nazariy sotsiologik tadqiqotning dastlabki zarur xujjati hisoblanadi. Dastur sotsiologik tadqiqot ob’ekti bo’yicha ishchi farazni tekshirishga qaratilgan, shuningdek tadqiqot bo’yicha ilmiy faraz, bajariladigan asosiy vazifalari va sotsiologik tadqiqot metodologik asosining bayonidan iborat. Dastur mazmuni haqida Qisqacha ma’lumot berilishi annotatsiya deb ataladi. Har qanday empirik sotsiologik tadqiqot dasturining umumiy talablari mavjud. Bularga, tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalarini aniqlash; ishchi farazni ishlab chiqish; dasturni ishlab chiqish jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish kabilar kiradi. Sotsiologik tadqiqot dasturi ichki tuzilishi jihatidan quyidagi kismlardan iborat bo’ladi:
Nazariy - metodologik qism.
1.1 Sotsiologik muammoni ishlab chiqish, tadqiqot maqsadi va vazifasini belgilash;
1.2 Tadqiqot ob’ekti va predmetini belgilash;
1.3 Asosiy tushunchalarni ishlab chiqish.
1.4 Tadqiqot predmetini dastlabki taxminiy taxlili;
1.5 Ishchi farazni ishlab chiqish;
Do'stlaringiz bilan baham: |