Sotsiologik tadqiqot nima


Sotsiologik tadqiqotlar kuzatish usuli


Download 27.82 Kb.
bet6/6
Sana17.12.2022
Hajmi27.82 Kb.
#1026553
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sotsiologik tadqiqotlarni turkumlashishi

Sotsiologik tadqiqotlar kuzatish usuli
Sotsiologik tadqiqotlarda kuzatish-dastlabki empirik ma’lumotlarni yigish usuli bo’lib, muayyan maqsadga qaratilgan, oldindan puxta uylab, muntazam olib boriladigan, xissiy qabulga asoslangan bo’ladi. Bu usuldan foydalanishning o’ziga xos afzalligi shundaki, tadqiqotchi muayyan darajada tadqiqot olib borayotgan ob’ektidan mustaqil bo’ladi va unga bo’ysinmaydi. Kuzatish usulidan olinadigan ilmiy ma’lumotlarda ob’ektiv xolis va xayotiy bo’lishi bilan o’zining ilmiy kimmatiga egadir. Shu bilan birga, kuzatish usulidan olingan ilmiy ma’lumotlarda sub’ektiv jihatlar ham bo’lishi mumkin. Chunki, sotsiologik tadqiqot tadqiqotchining ijtimoiy voqelikka, jarayoniga nisbatan qanday munosabatda bo’lishi va kay yusinda tavsiflashi asosida boradi. Kuzatish usulining yana bir o’ziga xos jihati; uning muayyan darajada chegaralanganligi bo’lib, ko’pincha tatqiq etilayotgan voqelikni qayta kuzatish imkoniyati bo’lmasligidadir. Bu usulning yana bir zaif jihati shundan iboratki, kuzatish orqali tadqiqotchini kiziktirish savolga ko’zatiluvchining fikr va xukmini bilish juda qiyin. Barcha xollarda kuzatish xozircha so’z bilan ifodalanadi. Ammo ba’zi hulqiy-extirosli munosabatlarni, holatlarni bir tarzda yozish va so’z orqali ifodalash qiyin bo’ladi. Kuzatish jarayonining harakteriga qarab uni quyidagi tiplarga ajratib ko’rsatish mumkin: na’zoratsiz, tula qamrovli va kamramaydigan, dala va labaratoriya sharoitida muntazam va tasodifiy kabilar.
Sotsiologik tadqiqotlarda kuzatish usuli o’rganilayotgan ob’ektga nisbatan chetdan yoki ichkaridan qo’llanilishi mumkin. Tatqiq etilayotgan ob’ekt chetdan ko’zatilganda tadqiqotchi ob’ektga nisbatan mustaqil bo’ladi va unga bo’ysinmaydi. Ichkaridan kuzatishda tadqiqotchi ko’zatayotgan ob’ektga ro’y berayotgan ijtimoiy jarayonlarda bevosita ishtirok etadi va bo’ysinadi. Sotsiologik tadqiqotlarda faqatgina kuzatish usulidan foydalanish bilan kifoyalanib qolmaslik kerak. Chunki, kuzatish usuli orqali olingan natijalar o’rganilayotgan ob’ekt to’g’risida tulik ma’lumot bera olmaydi. Bu usuldan ko’pgina sotsiologik tadqiqotning dastlabki bosqichlarida, ob’ekt tugrisida dastlabki tasavvurga ega bo’lish uchun yoki sotsiologik tadqiqotlarning boshqa usullari yordamida olingan ma’lumotlarni statistik xujjatlarni qo’shimcha ravishda tekshirish maqsadida foydalaniladi.
Adabiyotlar:


  1. Bekmurodov M.B.Sotsiologiya. A.Qodidriy nomidagi halq merosi nashriyoti. T. 2002 y.

  2. Entoni Giddens. Sotsiologiya. T. Sharq. 2002 y.

  3. Lavriyenko V.N.Nartov N.A. Osnovi sotsiologicheskix znaniy. VUZ. (Sotsiologiya) - M.:1995

  4. Biryukova A.O. O predmete sotsiologi kak obshey nauki ob obshestve. Sotsiologicheskiye issledovaniya. 1991 №5.

  5. Radugin A.A. Radugin K.A. Sotsiologiya 1995.

  6. Aliqoriyev I.S. Umumiy sotsiologiya. 1999.

Download 27.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling