Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

9-mavzu. SOTSIAL STATUS VA ROLLAR
Reja:
1. Status (maqom) tushunchasini olimlar tomonidan tavsiflanishi
2. Maqomning klassik ta’rifi
3. Shaxs haqidagi nazariyalarda belgilangan va ortirilgan mavqeylar 
tushunchalarining ahamiyati
4. Ijtimoiy rol tushunchasi
1. Maqom – sotsiologiyada keng iste’molda bo’lgan tushuncha bo’lsada uning
tabiati, mazmun-mohiyati borasida yaxlit ta’rifi ishlab chiqilmagan. XIX asrda
ingliz tarixchisi va huquqshunos G.D.S.Meyn ushbu tushunchaga ilk bor
sotsiologik mazmunni taqdim etdi. 
Ayrim sotsiologlar uchun maqom bu – belgilab qo’yilgan me’yorlar bo’lsa,
ayrimlari uchun – institutsional tizimda madaniy me’yorlar tomonidan belgilangan
o’rin, joydir. M.Veber sotsial maqomni nufuz kesimida tahlil qilgan va uni
individning jamiyat egallagan yuqori o’rni sifatida taqin qilgan. 
Oksford sotsiologik lug’atida G.Marshall yozishicha sotsiologiyada ushbu
tushunchani ta’riflashda ikki yondashuv shakllangan
1
. Keng ma’noda maqom
individ tomonidan sotsial strukturada egallangan joy o’rin anglansa, tor ma’noda
guruhlar yoki stratalar siyosiy-huquqiy va madaniy mezonlar asosida tartiblangan
sotsial stratifikatsiya shakli tushuniladi. Status uni egallab turgan individlarning
turmush tarzi bilan begilanadi va uni egallash uchun rasmiy tayyorgarlik talab
etadi. Jamiyatning maqomlar tizimini muqimligini ta’minlashda maxsus
mexanizmlar va tajriba talab etiladi. Aynan bir xil maqomli o’rinni egllab turgan
kishilar yig’indisi maqomli guruhlarni tashkil etadi. Statusli guruhlar bir-biri bilan
monopol imtiyozlarga egalik qilishda raqobatga kirishadi va hayotiy zahiralarni
boshqarishda yot kishilarni ishtirokiga to’sqinlik qiladi. Sotsial strukturada
guruhlarning qaysi turi hukmronlik qilishi M.veber ta’rifiga ko’ra jamiyat ikki
turga bo’linadi: stastuli va sinfiy. 
Xo’sh, kishining ijtimoiy mavqei deganda nima anglanadi? Mazkur savolni
izohlash jamiyatning chigal ijtimoiy voqeligidan o’rin olgan ijtimoiy maqom,
ijtimoiy me’yor, ijtimoiy funktsiya, ijtimoiy rollar, xulq-atvor modellari kabi
tushunchalarni jinsiy nisbiylikda anglash imkonini beradi. 
T. Parsonsning fikricha inson bir vaqtning o’zida bir qator ijtimoiy
mavqelarni egallaydi. Ushbu ijtimoiy mavqelarga doir huquq va majburiyatlar
yig’indisidan – maqom (status) hosil bo’ladi. 
A.Radkliff-Braun o’zining «Struktura i funktsiya v primitivnom obshestve»
asarida «maqom» ning etnogenezisini primitiv madaniyatlardagi avlodlararo
vorisiylik bilan bog’laydi. Uningcha, «maqom» erkak yoki ayol urug’i ustuvorligi
sharoitida individning o’zi mansub bo’lgan jamao ijtimoiy me’yorlari tomonidan
tan olingan huquq va majburiyatlar yig’indisidir. Maqom atamasining
etimologiyasiga murojaat etgan Radkliff-Braun fikricha, «status (ingl. maqom),
1
Oxford Dictionary of Sociology / Ed. by G. Marshall. Oxford; N.Y, 1998. P. 638-639.


estate (ingl. tabaqa, jamiyatdagi o’rin, maqom) va state (ingl. davlat
*
) atamalari
lotinchadagi estatus (lot. maqom) so’zining Shakllari (bu ma’noda sinonimi) dir»
2
.
Ushbu atamalarni muallif Afrika qabilalari ijtimoiy-jinsiy tafovutlarini talqin
etishda qo’llaydi. 
2. Maqomning klassik ta’rifini 1930 yilda amerikaliy antropol va sotsiolog R.
Linton ishlab chiqdi. Linton status deganda kishining sotsiat tizimda egallagagan
pozitsiyasi (o’rnini) anglaydi. Rol esa ushbu pozitsiya bilan uzviy bog’liq hulq
atvor kutilmalaridir. U bu ikki tushunchani bir-biridan aniq-ravShan jaratib oldi.
Uningcha maqom bu – strukturaning unsuri sifatida statik holat va kishi ma’lum
yachaykali yoki modelidir
5
.
2013 yilda nashr etilgan «Dictionary of sociology» da «status» ning fanlararo
kengaytirilgan ta’rifiga ko’ra - ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy, fuqarolik holati,
(xizmat) o’rni, maqom tarzida ta’riflangan. «Sotsiologiya entsiklopediyasi»da
xalqaro atamashunoslik, xususan, rus tilida tez-tez qo’llaniluvchi «pozitsiya (ingl.-
position)» atamasi individ yoki ijtimoiy guruhning ijtimoiy tuzilmada egallagan
o’rni, holati yoki maqomi ekanligi keltirilgan
3
. YA’ni, ushbu tushunchalar sinonim
sifatida taklif etilgan. 
Soddalashtirilgan ta’rifga ko’ra «maqom» - shaxsning sotsial stratifikatsiyada
egallagan o’rni, holatidir. Sotsial stratifikatsiyannig shakli sifatida maqomli
guruhlar yoki stratalar huquqiy, siyosiy va madaniy mezonlar asosida yaxlit
qolipga tushirilgan va tashkillangan. M.Veber individ mavqeini ta’riflashda
maqomli o’rin («status positions») jumlasini qo’llab, uni iqtisodiy va ijtimoiy
hayotning «me’yorlashgan qat’iy o’lchovi» sifatida ta’riflaydi. Bu o’rinda «status
positions» jumlasi maqomli (yoki nufuzli) mavqe ma’nosida qo’llaniladi.
O’zbekiston milliy entsiklopediyasida esa arab tilidan olingan - «maqom» - joy,
makon, o’rin degan ma’nolarni anglab, uning yuridik ta’ifiga ko’ra «saylab
qo’yiladigan shaxslar, fuqarolar, davlat idoralari, tashkilot, muassasa, xalqaro
tashkilotlarning normativ akt bilan rasmiylashtirilgan huquqiy holati, ular huquq va
majburiyatlarining yig’indisidir
4

Bizningcha jamiyat sotsial strukturasi negizida yotuvchi maqom
tushunchasini quyidagicha muhim nazariy xuloslash mumkin: «Mavqe –
individning ijtimoiy tuzilma komponenti sifatida jamiyatda rasmiy tan olingan
nufuzli o’rni, maqomidir. Ilmiy-ommabop iste’molda qo’llaniladigan maqom,
mavqe, martaba, o’rin, holat, nufuz tushunchalari bir ijtimoiy hodisani izohlovchi
sinonim so’zlardir. Odatda insonning kasbiy professionalizmi nuqtai nazaridan
Shaxsga nisbat berilishida qo’llaniladigan nufuzli maqomi uning oilasi ijtimoiy
mavqeini ham anglatadi. Maqom statik tushunchadir. Demak, uni harakatga
keltiruvchi dinamik kategoriya bu – roldir». 
N.Smelzer sotsial stratifikatsiyadan kelib chiqib kishilarning egallagan
maqomlari turfa xilligini ta’kidlar ekan ularning ichida albatta «bosh» «asosiy
*
«Bolshoy аnglo-russkiy - russko-аngliyskiy slovаr» dа ushbu аtаmаlаr аynаn shu mаzmundа tаъriflаngаn.
2
А. R. Rаdkliff-Brаun. Strukturа i funktsiya v primitivnom obshestve. Ocherki i lektsii. Per. s аngl. — M.:
Izdаtelskаya firmа «Vostochnаya literаturа» RАN, 2001. – S. 50.
3
Entsiklopediya sotsiologii 2009. 
4
O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. Toshkent: dаvlаt ilmiy nаshriёti, 342 b. www.ziyouz.com kutubxonаsi


maqom» borligi, ushbu maqom o’z o’rnida kishi mansub bo’lgan ijtimoiy guruh
xususiyatlar mushtarakligidan hosil bo’lishini bildiradi. 
Maqom tushunchasi bilan chambarcham bog’liq «rol» T. Parsons ta’rificha
«bu aktor
*
ning o’zaro munosabatlar jarayonida ishtirokini tashkillangan holda
ta’minlaydi
5
. Shu ta’kidlash lozimki, rollar institutsionallashgan va ular ma’lum
jamiyat, jamoa, guruhda o’rnatilgan madaniy me’yor, ahloqiy andaza qoliplariga tom
ma’noda mos tushganda uning aktori ijtimoiy me’yorlarga nisbatan konformlashgan
bo’ladi. 
V.Radaev va I. Shkaratanlarning «Sotsialnaya stratifikatsiya» asarida
yozishicha «Ijtimoiy rol – bu kishining Shaxslararo munosabatlar tizimidagi
ijtimoiy mavqe orqali belgilangan hulq-atvor modelidir
6
. Ijtimoiy rollar hulq-
atvorning turg’un stereotiplariga mutanosiblikni saqlash maqsadida uzoq vaqt
davomida sekinlik bilan ixtiyoriy o’zlashtiriladi yoki ijtimoiy muhit tomonidan
majburan singdiriladi. Bu ma’noda rollar hulq-atvor yaxlitligini hosil etuvchi
komponent, tarkibiy elementdir. 
3. Shaxs haqidagi nazariyalarda maqom va rol tushunchalarining ahamiyati. 
1.Asosiy ijtimoiy shaxs nazariyalari: Ch.Kulining «Ko‘zgudagi men»
nazariyasi, Dj.Midning «Boshqalar tomonidan umumlashtirilgan» nazariyasi. 
2.Ijtimoiy rollar.
3. Rolli bajarish va rolli kutish.
Sosiologiyada Amerikalik D.J.Mid va G.Mintonlar tomonidan asos solingan
shaxsning roli nazariyasi ham diqqatga sazovordir. Keyinchalik bu nazariya
G.Merton va T.Parsons, g‘arbiy Olmoniya sosiologi G.Darendorflar tomonidan
yanada rivojlantirilgan. Bu nazariya ikki asosiy tushunchalar: shaxsning ijtimoiy
mavqei va ijtimoiy roli orqali tushuntiriladi. Unga ko‘ra, har bir inson muayyan
ijtimoiy tizimida bir necha o‘rinni egallashi mumkin. Har bir egallangan o‘rin
ijtimoiy mavqe deb ataladi. Shaxs o‘z xayoti davomida bir necha ijtimoiy mavqega
ega bo‘lishi mumkin. Binobarin, bu o‘rinlardan qaysi biridir uning asosiy ijtimoiy
mavqeini belgilaydi. Bosh mavqe shaxsning egallab turgan mansabi (masalan,
direktor, rais, professor, kabi) bilan belgilanadi.
Shaxs ijtimoiy mavqei uning tashqi xulqida ham, tashqi qiyofasida, yurish
turishida va xatto muomalasida ham o‘z ifodasini topadi. Shaxsning ijtimoiy roli
nazariyasida belgilangan va erishilgan ijtimoiy mavqelari o‘zaro farqlanadi.
Belgilangan mavqe - bu shaxs xizmati va xatti-harakatidan qat'iy nazar, jamiyat
tomonidan belgilab qo‘yiladi. Shaxsning etnik kelib chiqishi, tug‘ilgan joyi, oilasi,
zoti va boshqalar shular jumlasidandir. Erishilgan mavqe deganda, shaxsning o‘z
xatti-harakati, qabiliyati bilan erishgan mavqei tushuniladi. Masalan: yozuvchi,
firma boshlig‘i, direktor, professor va shu kabilar. Bulardan tashqari, yana
shaxsning tabiiy va kasbiy lavozim mavqei ham o‘rganiladi. Shaxsning erkak va
ayoli, bolalik, o‘smirlik, yoshlik, o‘rta yosh, keksalik davrlarini bildirsa, kasbiy
*
Аktor — individ ёki jаmoа. Boshqаchа аytgаndа «sotsiаl obъekt». Pаrsons T. O strukture sotsiаlnogo
deystviya. — M.: Аkаdemicheskiy Proekt, 2000. — 195 s.
5
Pаrsons T. O strukture sotsiаlnogo deystviya. — M.: Аkаdemicheskiy Proekt, 2000. — 195 s
6
Rаdаev V.SHаkаrаtаn I. Sotsiаlnаya strаtifikаtsiya.- M.: Nаukа 1995. – S. 8-14


lavozim mavqei shaxsning ijtimoiy - iqtisodiy va ishlab chiqarish - texnik holatini
(muhandis, temirchi, xaydovchi va boshqalar.) bildiradi.
4. Ijtimoiy mavqe shaxsning muayyan ijtimoiy tizimida egallagan konkret
o‘rnini ifodalaydi. Ijtimoiy rol' esa shaxsning ijtimoiy tizimida egallagan mavqe
bilan bajaradigan faoliyati majmuini ifodalaydi. Masalan, ma'muriy -
buyruqbozlikka asoslangan. Sovet tizimi buyruqboz shaxslar tipini shakillantirib
qo‘ydi. Bunday shaxs tipiga “yuqori” ko‘r- ko‘rona, so‘zsiz bo‘ysunish,
dunyoqarashi tor, bir tomonlama, o‘z mansabini saqlab qolish va yuqori
mansablarga erishish yo‘lida har qanday qabihlikdan qaytmaydigan, munofiqlik
kabi xususiyatlarga ega bo‘lganlar kiritildi. Bunday kishilarning shaxs
xususiyatlari ular bajaradigan vazifasiga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi. Shaxs
tipining bunday ko‘rinishi hozirda ham jamiyat hayotini yangi sharoitda erkin
rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Shaxs faoliyati deganda, uning ichki va tashqi
tendensiyalarining ijtimoiy hayotda nomoyon bo‘lishi xususiyatlariga aytiladi.
Ijtimoiy faollik insonning shaxs sifatidagi darajasining asosiy ifodasi bo‘lib uning
yuksak qadriyatli ehtiyojlarini qondirishlari va sifat ko‘rsatkichdir. Demak,
ijtimoiy faollik shaxsning muhim sifatidir. Shaxs faolligi deb uning xayotini
boshqarish bilan, qadriyatlarini nomoyon bo‘lish xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy
faollik insoning shaxs sifatidagi darajasining asosiy ifodasi bo‘lib, uning yuksak
qadriyatli ehtiyojlarini qondirish usuli va sifat ko‘rsatkichidir. Shu jihatdan shaxs
faoliyati sosiologiyada keng va kichik (tor) ijtimoiy darajalarda o‘rganiladi.
Shaxsning bunday darajalarda o‘rganilishi metodologik ahamiyat kasb etadi.
XIX asrning 20 yillarida sosiologiyada ilmiy yo‘nalish strukturaviy yo‘nalish
(yoki oddiy aytganda funksionalizm) paydo bo‘ldi. Bu yo‘nalishning asoschilari
bo‘lib, E.Dyurkgeym, A.R.Redkliff-Braun (1881-1995) va boshqa tadqiqotchilar
bo‘lishgan. Bu ilmiy maktab turli holatlarda kishi o‘zini qanday tutishi
to‘g‘risidagi normalarni tadqiq qilishni boshladi. Funksionalizm rol deb ataladigan
institusional normalar muammosiga asosiy e'tiborni qaratdi. Funksionalistlar
fikricha, sosiologiyada sosial taxlilning birligi harakat qilayotgan individ emas,
balki roldir. Turli guruhlardagi har bir kishi qandaydir ma'lum maqomga ega
bo‘ladi. Bu maqomlarda xatti-harakat namunalari ko‘rsatilgan bo‘ladi.Bunda
individ a'zo bo‘lgan guruh individdan ushbu namunalarga mos keladigan hatti-
harakatni kutadi. Shu asosda biz otaning, onaning, do‘stning roli to‘g‘risida
gapirishimiz mumkin.
Shunday qilib, sosial rolni guruh o‘z a'zolaridan kutayotgan qat'iy
ko‘rsatilgan namunalarga muvofiq chiqadigan, hatti-harakatlarning nisbatan
doimiy va ichki aloqali tizimi sifatida ta'riflash mumkin.
Agar biz mazkur tushunishdan kelib chiqadigan bo‘lsak, individning hatti-
harakat rolini insonning turli sosial birliklarda bajarayotgan funksiyasidan kelib
chiqib tahlil qilish mumkin. Shuning uchun amerikalik olimlar Don Moreno
(1892-1974) va Robert Merton (1910t) shaxsni individ jamiyatda bajaradigan
sosial rollar majmuining funksiyasi sifatida ta'rifladilar.
Rollarni amalga oshirish jarayoni ko‘pgina omillarga bog‘liq.
-insonning biopsixologik imkoniyatlari. Ular u yoki bu sosial rollarni
bajarishga imkon berishi yoki imkon bermasligi mumkin.


-ideal xususiyatlar kompleksini belgilaydigan shaxs o‘rnaklari. Individ bu
o‘rnaklarni rollarni bajarish chog‘ida, hamda individdan guruh kutayotgan hatti-
harakatning ideal usullarni namoyon etishi kerak.
-guruh tomonidan qabul qilingan rollar va sosial nazorat xarakteri.
-guruh strukturasi, uning mustahkamligi va individning o‘sha guruh bilan
mos kelish darajasi.
Garchi sosial rol sosiologik tahlilning yagona birligi deb hisoblanmasada,
(chunki u individdarning o‘zaro harakatidan kelib chiqadi) lekin rol jamiyatdagi
institusional munosabatlarni o‘rganishda juda foydali hisoblanadi.



Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling