Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


Sotsiologiya fanida sotsial birliklarning «kvaziguruh


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya

9. Sotsiologiya fanida sotsial birliklarning «kvaziguruh» termini bilan
ifodalanadigan bir ko’rinishi borki, ayrim sotsiologlar ularni guruhlarning yana bir
turi sifatida ifodalaydi. Bunday guruhlarga xos xususiyatlar quyidagilar:
1. kutilmaganda, stixiyali tarzda shakllanadi;
2. o’zaro aloqalar beqaror bo’ladi;
3. o’zaro munosabatlarda xilma-xillikning yo’qligi (ma’lumotni olish yoki
uzatish, qarshi Chiqish yoki qo’llab-quvvatlash);
4. umumiy harakatlarning qisqa muddat davom etishi
14
.
Kvaziguruhlar qisqa muddat mavjud bo’ladi, keyin yoki tarqalib ketadi, yoki
turg’un (barqaror) sotsial guruhga aylanadi. 
Kvaziguruhlarning bir necha ko’rinishlari farqlanadi: auditoriya, olomon,
sotsial doiralar.
Auditoriya – kommunikator, ya’ni axborotni etkazib beruvchi individ yoki
guruh bilan o’zaro bog’langan kishilar yig’indisi. Auditoriya kommunikator bilan
bevosita va bilvosita o’zaro aloqaga kirishishi mumkin. Auditoriyaning o’ziga
xosligi shundaki, o’zaro ta’sir aksariyat hollarda bir tomonlama amalga oshiriladi,
shuningdek, berilayotgan axborotni individlar o’z Shaxsiy xususiyatlari, madaniy
me’yor va qadriyatlaridan kelib chiqib turlicha qabul qiladilar. Auditoriyaning bir
qismi axborotni o’z madaniy stereotiplariga mos kelmasligiga ko’ra qabul qilmasa,
boshqa bir qismi bemalol qabul qiladi. Shunga ko’ra, har qanday auditoriya
alohida birliklarga ajralib ketishi ehtimoli bor. Kundalik hayotda turli xildagi
auditoriyalar bilan to’qnashamiz. Masalan, ma’ruza tinglashda, gazeta o’qiganda,
radio tinglaganda u yoki bu auditoriya a’zosiga aylanamiz. 
Olomon – umumiy manfaatlar yuzasidan cheklangan muhitda vaqtinchalik
to’plangan kishilar birligi. Xususiyatlari: ta’sirchanlik, anonimlik, kutilmaganda
o’z-o’zidan paydo bo’lish, mustahkamlik. Turlari: tasodifiy olomon (avariya yoki
taniqli shaxs atrofida odamlarning to’planishi); Shartli olomon (teatr, stadion
kabilarda oldindan rejalashtirilgan tomoshani ko’rishga yig’ilganlar); ekspressiv
olomon (diskotekada raqs tu Shayotganlar va h.k.); harakatdagi olomon (ekstremal
xulq-atvor egalarining bir joyda to’planishi).
Sotsial doiralar kvaziguruhlarning birmuncha barqaror turi hisoblanadi. YA.
Shepanskiyning fikriga ko’ra, sotsial doiralar deganda, a’zolari unchalik kuchli
bo’lmagan, aloqalar orqali beqaror munosabatlarga kirishadigan mustaqil
ittifoqlarni tushunishimiz lozim
15
. Boshqa bir sotsiologlarning fikriga ko’ra, sotsial
doiralar – a’zolari o’rtasida axborot almashinuviga asoslanib tarkib topgan
birlikdir. 
Turlari: kontakt doiralari (transport, navbat, sport musobaqalarida muntazam
ko’rishib turadigan kishilar), kasbiy doiralar (ishchilar, olimlar, san’atkorlar),
o’rtoqlar doirasi (vaqti-vaqti bilan muammolarni muhokama qilish uchun yig’ilib
turadiganlar, keyinchalik do’stlar guruhiga aylanib ketishi ehtimoli mavjud
bo’ladi), statusli sotsial doiralar (aristokratlar, pensionerlar, ayollar, erkaklar). 
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, kvaziguruhlarni barqaror sotsial
guruhlar Shakllanishi yo’lida tarkib topadigan birliklar sifatida olib qarash lozim. 
14
Qаrаng: Frolov S.S. Sotsiologiya. – M.: Nаukа, 1994.
15
Qаrаng: SHepаnskiy YA. Elementаrnie ponyatiya sotsiologii. – M., 1969. – S. 78.



Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling