Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyotini asosiy bosqichlari


partiyaning E.Makron boshchiligida g’alaba qozonishi e’tiborga loyiq


Download 3.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/106
Sana29.10.2023
Hajmi3.82 Mb.
#1732695
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106
Bog'liq
1.Umumiy sotsiologiya


partiyaning E.Makron boshchiligida g’alaba qozonishi e’tiborga loyiq.
Binobarin, siyosiy partiyalarning roli saylov kampaniyalari vaqtida
kuchayadi. Bunga sabab tashkilotlar a’zolarining faolligi oshishi barobarida ularni
qo’llab-quvvatlovchi kuchlar va tuzilmalar, ayniqsa, moliyaviy-iqtisodiy
tuzilmalarning faolligi keskin oshib ketadi. Chunki saylovning demokratik tizimiga
ega davlatning siyosiy va iqtisodiy kursi ko’p jihatdan u yoki bu partiyaning
g’alabasiga bog’liq. 
Xulosa o’rnida aytmoqchimizki, davlat bilan jamiyatning o’zaro
munosabatlarini tahlil qilayotganda sotsiologiya ushbu masalalarga umumiy
nazariyalar bilan yondashib qolmasdan, alohida soha – siyosiy sotsiologiya nuqtai
nazaridan ham o’rganadi. Aynan ushbu fan jamiyatning siyosiy institutlarga
(hokimiyat, davlat, partiyalar va h.k.) ta’siri va ularning sotsiumdagi o’rnini
belgilash masalalarini tahlil qiladi. Bundan tashqari, siyosiy sotsiologiya doirasida
ijtimoiy birliklar va tashkilotlarning Shaxs bilan aloqa qilishidagi siyosiy hulq-
atvori o’rganilmoqda. Sotsiologiya metodikasi nuqtai nazaridan saylovchilar hulq-
atvorining empirik variantlari va unga ta’sir o’tkazish imkoniyatlari ham tadqiq
etilmoqda. 
Sotsiologlarning aniqlashicha, siyosiy hulq-atvor va siyosiy rollar hulq-
atvorning boshqa ko’rinishlari va tegishli rollari bilan mos tu Shmaydi. Siyosiy


hulq-atvorning mohiyati odamlarning siyosiy madaniyati va siyosiy tizimga
integratsiyalashuvi darajasi bilan belgilanadi. 
Siyosiy madaniyat jamiyat siyosiy hayotini belgilovchi g’oyalar, me’yorlar,
qadriyatlar, ideallar, urf-odatlar va an’analarning o’zaro aloqasi, ijtimoiy guruhlar
va ular a’zolarining siyosiy faoliyati, hulq-atvori tarzida zuhur bo’ladi. Ushbu
madaniyatning ikkita asosiy tarkibiy qismi mavjud: qadriyat va me’yorlar.
Qadriyatlarga odamlarning siyosiy jarayonlarda qatnashishini ko’rsatuvchi
g’oyalar, qarashlar, kontseptsiyalar, qadriyatlar kiradi. Me’yorlar esa hulq-atvorni
tartibga soluvchi siyosiy va huquqiy me’yorlar, siyosiy o’yin qoidalaridan iborat. 
Sotsiolog N.Smelzerning fikricha, siyosiy tizimga integratsiyalashuv ijtimoiy
muhitga xos bo’lgan g’oyalar, hayotiy pozitsiyalar va hulq-atvor namunalarining
tadrijiy jarayoni xosdir
19
. Siyosiy tizimga integratsiyalashuv jarayoni bolalikdan
boshlanadi, lekin u bilan birga tugab qolmaydi, aksincha, insonga butun umr
hamrohlik qiladi. 
Zamonaviy siyosiy sotsiologiya o’z tadqiqotlarida turli metodologik
yondashuvlardan va o’zining tushunchalar tizimidan foydalanadi. Siyosiy
sotsiologiyaning ixtisoslashgan yo’nalish sifatida o’tkazayotgan tadqiqotlari
Chegarasi har doim ham aniq belgilab olinmaydi. Sotsiologlar siyosiy sotsiologiya
u yoki bu darajada siyosiy institutlar faoliyati bilan bog’liq ekanini ta’kidlagan
holda, asosiy e’tiborni aholi hokimiyatni, uning turli shakllari va rivojlanishini
qanday qabul qilayotganiga qaratadi. Zamonaviy siyosiy sotsiologiya ilgarigi
davlat bilan jamiyatni bir-biriga qarama-qarshi qo’yish hollarini engib o’tishga
intilmoqda: davlatga siyosiy institutlardan biri sifatida qaralmoqda, ularning
ichidagi va boshqa institutlar bilan o’zaro munosabatlar hamisha u yoki bu
darajada siyosiy ahamiyatga molik. 
Siyosiy sotsiologiyaning rivojlanishi siyosiy jarayonlarni o’rganishga turlicha
yondashuvlardan foydalanishi bilan ajralib turadi: institutsional (J.Brays,
A.Bentli), bixevorial (hulq-atvor nuqtai nazaridan) (CH.Merriam, D.Valdo,
K.Boulding), post-bihevorial (R.CH.Mills, s.Dodd), modellashtirish (D.Iston,
K.Doych, G. Almond), qadriyatlar nuqtai nazaridan (G.Lassuell, L.Hoffman,
F.Bro).
AQSHdagi tadqiqotlar yorqin ifodalangan empirik xarakterga ega bo’lib,
siyosiy hokimiyat va ziddiyatlarning turli jihatlariga taalluqli bo’lsa, ular
Germaniyada davlat Shunoslik va siyosiy falsafa bilan, Buyuk Britaniyada esa
siyosiy tarix va siyosiy iqtisod bilan bog’liq
20
.
Siyosiy sotsiologiya siyosatning ijtimoiy jihatlari, siyosiy ustuvorliklarni
tanlash, siyosiy jarayonlar, ularning harakatlanish mexanizmlari va siyosiy
madaniyatni o’rganadi. Odamlarning o’zaro munosabatlari, turli ijtimoiy
guruhlarning u yoki bu siyosiy qarorlar va harakatlarga munosabati, boshqacha
aytganda, siyosiy jamoatchilik fikrni aniqlash uning vazifasiga kiradi.
Siyosiy sotsiologiya faqat sotsiologik va siyosiy yondashuvlar bir-biriga
qo’shilganda va o’zaro kesishganda mavjud bo’ladi. Siyosiy sotsiologiya har bir
19
Smelzer N.Dj. Sotsiologiya. - M.: 2015. – 545 s.
20
Аlisovа L.N. Golenkovа T. Politicheskаya sotsiologiya: Uchebnik. - M.: Institut sotsiаlno-politicheskix
issledovаniy RАN, 2000.


tarkibiy qism haqidagi ma’lumotlarni o’zgaruvchan qiymat tarzida o’z ichiga
oluvchi keng miqyosli modellarni izlash bilan Shug’ullanuvchi fanlararo fan
hisoblanadi. 



Download 3.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling