Современные тенденции


TerDPI Ta’lim tizimida psixologik xizmatning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlar-2


Download 5.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana19.10.2023
Hajmi5.09 Mb.
#1709933
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
64882ce49638e Mingboyev SHOHRUH KONFRENSYA 1

TerDPI Ta’lim tizimida psixologik xizmatning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlar-2 12-13.05.2023 
984 
ruhiy holati bilan shug‘ullanish bu psixologlarning sohasidir. Bunga ko‘ra 
o‘rganish, to‘g‘ri maslahat berish, ularning muammolarini to‘g‘ri yo‘l bilan hal qilib 
berish, ularning ruhiy holatini yaxshilash va ularga yetarli darajada ko‘maklashish 
muhim o‘rin tutadi. Psixolog ruhshunoslikdir. Oliy ta’limda nafaqat o‘quvchi, balki 
talaba, o‘qituvchilarga ham psixologik xizmat ko‘rsatish zarur. Har qanday inson 
ham kunda bir marotaba bo‘lsa ham stress holatiga tushadi. O‘qituvchilarda esa bu 
ko‘rsatkich biroz yuqori bo‘lishi mumkin. Chunki, bir kunda kamida yuzta o‘quvchi 
bilan muloqot qiladi. O‘qituvchining jismoniy holati, ruhiy holati biroz charchaydi. 
Shunda psixolog ularga to‘g‘ri tashxis qo‘ya olishi bilan ularga yordam beradi. 
Boshqa sohalarni o‘rganish uchun erta yosh afzalroq bo‘lishining yana bir sababi 
bor. Bola qancha yosh bo‘lsa, shuncha kamroq bo‘ladi. So‘z boyligi yilda mahalliy 
til, ammo shu bilan birga uning nutqiga bo‘lgan ehtiyojlari ham kam: kichik bolada 
aloqa sohalari katta yoshdagilarga qaraganda kamroq, u hali murakkab aloqa 
muammolarini hal qilishi shart emas [2]. 
Oliy ta’limning asosiy qismini o‘qituvchilar tashkil etadi. Talabalarning oliy 
ta’limga kelishi, ketishi, o‘zini tutishi, qay holatda nima bilan shug‘ullanishi ham 
talabaning kunlik ssenariysida yo‘q bo‘ladi. Yetarlicha rejalarni tuzsa ham unday 
bo‘lmasligi mumkin. Misol tariqasida bo‘lgan voqeani ta’riflab ketish joiz. Bir 
o‘qituvchi darsga keladi va o‘quvchi kech qoladi. Dars jarayonida kirib keladi. 
O‘qituvchi undan so‘raydi, nima uchun kech qolganini. Shunda o‘quvchi o‘zining 
muammosi bilan kech qolganligini aytadi. Shunda o‘qituvchi o‘quvchiga baqirib 
yuboradi. O‘quvchi esa ruhiy tushkunlikka tushadi. Natijada esa o‘quvchi o‘ziga tan 
jarohat yetkazadi. Psixolog ham shunday vaziyatlarda o‘qituvchi va o‘quvchini 
nazorat qilishi, ularning oliy ta’limga qanday kirib kelishi, kayfiyati, jismoniy va 
ruhiy holati, o‘zini tutishi, muomala jarayoni, boshqalar bilan munosabati ham 
ko‘rib chiqilishi psixologning asosiy vazifasi deb olinsa maqsadga muvofiqdir. 
Ta’lim psixologiyasi bu nisbatan yangi o‘rganish sohasi. Biroq, butun tarix 
davomida o‘qitish va o‘qitish jarayonlari bilan shug‘ullanadigan mutafakkirlar 
paydo bo‘ldi; va uning ba’zi g‘oyalari bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. 
Masalan, Platon va Aristotel kabi mumtoz antik davrda faylasuflar o‘rganish, 
jismoniy qobiliyatlar yoki psixomotor qobiliyatlarni rivojlantirish kabi sohalardagi 
individual farqlarni tadqiq qilishgan. Bundan tashqari, ular san’atning o‘rganish 
qobiliyatiga ta’sirini o‘rganishdi va o‘qituvchilar qanday rol o‘ynashi kerakligini va 
ularning talabalar bilan munosabatlarini tushunishga harakat qilishdi. 
Ta’lim psixologiyasidagi eng muhim masalalardan biri bu yangi bilimlarni 
egallashda har bir kishining individual farqlari ta’sir qilishi mumkin. 
Psixologiyaning ushbu sohasi paydo bo‘lganidan beri ko‘pchilik tadqiqotchilar 
o‘rganish uchun qaysi shaxsiy omillarni eng muhimligini topishga harakat qilishdi. 



Download 5.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling