Soxibaxon ped texnologiya doc


Bilimlarni tekshirish va baholash shakllari


Download 1 Mb.
bet36/112
Sana16.07.2023
Hajmi1 Mb.
#1660615
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112
Bog'liq
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

Bilimlarni tekshirish va baholash shakllari
Og'zaki ommaviy tekshirish ta'lim oluvchilardan og'zaki so'rash bo'lib, ular guruhga qaratilgan savollarga javob beradilar. Bunday tekshirishda javoblar qisqa bo'ladi. Mazkur so'rash ko'pchilik ta'lim oluvchilarni nazorat qilishni ta'minlaydi va butun guruhni faollashtiradi, ammo ta'lim oluvchilarning nutqini o'stirmaydi. Bunday nuqsonlar individual so'rashda ko'zga tashlanmaydi. Ammo so'rashning bu shaklida guruhdagi boshqa ta'lim oluvchilarning to'laqonli ishlashlariga erishish juda qiyin. Kombinatsiyalangan (tezlashtirilgan) tekshirishda Ta'lim beruvchibir necha ta'lim oluvchini bir vaqtda doskaga chaqiradi, biri og'zaki javob beradi, 3-4 nafar ta'lim oluvchi esa kartochkalar bo'yicha yozma ishni bajarishadi va hokazolar. Bu tekshirishning murakkab usuli bo'lib, o'qituvchidan yetarlicha tajriba va diqqatlarini guruhdagi hamma ta'lim oluvchilarga taqsimlay bilishni talab qiladi. Yozma tekshirish - ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo'lib, ularning ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, Ta'lim beruvchi alohida mavzu yoki o'quv dasturining ma'lum bo'limini o'tib bo'lganidan so'ng ta'lim oluvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashni tashkil etadi. Yozma tekshirish topshiriq, ya'ni, insho yozish hamda turli nazorat va mustaqil ishlarni bajarishni uyda ham amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu jarayonda o'qituvchining bajarilgan ish bilan tanishib chiqishi, uning sifatini tekshirishi uchun ko'p mehnat va vaqt sarflanadi. Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to'g'riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo'lishi mumkin.
O' quvchining butun dars davomidagi barcha faoliyatlarini nazorat qilish tekshirishning maxsus turi bo'lib, u ta'lim oluvchining darsdagi ishtiroki uchun ball qo'yish bilan yakunlanadi. Bu ta'lim oluvchini doimo harakat qilishga va faollikka undaydi.
Xulosa qilib aytganda, ta'lim oluvchi va talabalarning bilimini, aqliy holatlarini nazorat qilish va baholash davlat miqyosidagi muhim ahamiyatga ega ishdir. Shu bilan birga, nazorat va baholash jarayoni ta'lim oluvchi bilimining boyishiga, ular shaxsining rivojlanishiga hamda tarbiyasiga ta’sir ko'rsatadi. Pedagogika fani bilimlarni o'z vaqtida nazorat qilish va baholashning 3 vazifasi borligini alohida uqtiradi:

  1. O'zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab davlat ta'lim standartlarining qanday bajarilayotganligi to'g'risida xulosa chiqariladi va galdagi vazifalar belgilanadi.

  2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida ta'lim oluvchi-talabalarda bilimlar yanada kengayadi.

  3. Ta’lim sohasidagi yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ularda ko'tarinki ruh, o 'z kuchiga bo'lgan ishonch va qiziqishlar paydo bo'ladi.

Ta'limni tashkil etish shakllariining mohiyati, mazmuni, guruxlarni
shakllantirish tamoyillari, ta'lim texnologiyasida o'qitish metodlarining o'rni,
ahamiyati, tasniflanishi va ularni tanlash omillari

Metod - grekcha atama bo'lib, aynan “nimagadir yo'l” degan ma'noni anglatadi, ya'ni maqsadga erishish yo'lini bildiradi. Metodlarni har qanday muammoni, ya'ni maqsadni uzatish va qabul qiish xarakteriga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  • so'z orqali ifodalanadigan metod;

  • ko'rgazmali metod;

  • amaliy metod.

Metodlar quyidagi guruhlarni o'z ichiga oladi:

  • birinchi guruh metodlari: so'z orqali uzatish va informatsiyasini eshitish orqali qabul qilish metodlari bo'lib, og'zaki metodlarni:

  • hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqalar;

  • ikkinchi guruh metodlari: o'quv informatsiyasini ko'rgazmali uzatish va ko'rish orqali qabul qilish metodlari bo'lib, ko'rgazmali metodlarni:

  • tasviriy namoyish qilish va boshqalar;

  • uchinchi guruh metodlari: o'quv informatsiyasini amaliy mehnat harakatlari orqali berish bo'lib, amaliy metodlarni:

  • mashqlar, labaratoriya ishlari, dastur tuzish, pedagogik masalalarni yechish, mehnat harakatlari va boshqalarnio'z ichiga oladi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling