hur asarlar ga aylandi. Bu paytda spektakllarning aksariyati ochiq sahnalarda
qo‘yilib, ularga ko‘plab tomoshabinlar tushgan. Ilk o ‘zbek tomoshabinlari
uchun jadidlar qo‘ygan pyesalar axloqiy tarbiya maktablariga aylandi.
Jadidlar rahnamosi Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan yozilgan mash
hur pyesa - «Padarkush»da otalar va bolalami bir-biriga nisbatan
shafqatsiz
mavjudotlarga aylantirgan m a’naviy qashshoqlik, mol-mulkka ruju qo‘yish
qattiq qoralangan edi. Unda yot odatlaming kirib kelishi jamiyat uchun
muqaddas boMgan oilani yemirishi ko‘rsatib berildi.
Nusratilla Qudratilla
qalamiga mansub «To‘y» asarida oilaviy va shaxsiy fojialar sababchisiga ay-
langan serchiqim ba’zi urf-odatlar va an’analar tanqid ostiga olindi. Pyesada
oila boshligMning serhasham sunnat to ‘yi uchun puli yetmay qolganida qarz
olishga majbur boMganligi va ko‘p oMmay toMovga layoqatsizligi oqibatida
qarzdoming qamoqqa olinishi ko‘rsatilgan.
Shu kabi
tarbiyaviy ahamiyatga ega, m a’naviy boy adabiyot xalq ongini
uyg‘otuvchi eng muhim vosita boMdi. Uning atoqli namoyandalari esa soha
rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: