Kaufman ... yil Turkiston general-gubernatori etib tayinlandi. Amudaryo bo‘limi ... tashkil etildi. Turkiston general-gubernator- ligi markazi — ...
S avol va topshiriqlar
Turkiston viloyati nima uchun harbiy asosda tashkil qilingan?
Turkiston viloyati nima sababdan Turkiston general-gubernatorligiga aylantirildi?
Turkiston general-gubernatorining vakolatlari imperiyaning boshqa general-gubernatorlaridan qanday farq qilgan?
Turkiston general-gubernatorligi hududi va boshqaruvi haqida nima- larni bilib oldingiz?
§. BUXORO AMIRLIGIGA QARSHI HARBIY
HARAKATLARNING BOSHLANISHI
T
Buxoro amirligi-
ni bosib olishning
boshlanishi
oshkent shahri bosib olingandan so‘ng podsho hukumatining kelgusidagi rejasi xonliklarni nav- bat bilan bosib olish edi. Barcha harbiy harakat- lar Toshkent shahridan turib tashkil qilindi va boshqarildi. Shu maqsadda, eng avvalo, xonliklarning birlashmasligiga qaratilgan siyosat olib borildi. Ya’ni mustamlakachilar o‘zlarining aso- siy qoidasi hisoblangan «Bo‘lib tashla, hukmronlik qil» shioriga amal qilishga kirishdi.
Podsho hukumati 0‘rta Osiyodan M. Chernyayevni Sankt-Peter- burgga chaqirib oldi va uning o‘rniga Turkiston viloyatining guberna- tori qilib F. Romanovskiyni tayinladi. F. Romanovskiy 1866-yilda Bu- xoro amirligi Rossiyaga qarshi urushga tayyorlanayotganligini bahona qilib, unga qarshi harbiy yurish boshlashga imperatordan ruxsat so‘radi.
Hukumat tomonidan bu taklif qa- bul qilingach, u Sirdaryoning od- ta oqimidagi hududlarni egallash- ga kirishdi. Birinchi jang 1866-yil 8-may da Erjar qishlogd yaqinida bo‘lib, kuchlar harbiy jihatdan teng bodmaganligi uchun amir qo‘ shinlari magdubiyatga uchradi. F. Roma- novskiy Buxoro qo‘shinini ta’qib qilishni to‘xtatib, avval Qo‘qon xon- ligi bilan Buxoro amirligi o‘rtasida joylashgan - Toshkent, Qo‘qon, Balx va Buxoro bilan bogdovchi Xo‘jandga qarab harakat boshladi.
T urkiston viloyati harbiy gubematori qo‘shinlari tomonidan Xo‘jand qal’asi may oyida qamal qilinib, 20 ta to‘pdan o‘qqa tutildi. Ertasi tong- gacha qamal davom etib, keyin hujum boshlandi. Birinchi hujum qayta- rilgandan so‘ng, shahar yana qayta o‘qqa tutildi. Shahar qamali va o‘qqa tutish ikki kun davom etdi. Istilochilarga qarshi shahar mudofaachilari har bir qarich joy uchun mardonavor jang qildilar. Lekin harbiy texnika va son jihatdan ustun bodgan mustamlakachilar qo‘shinlari 24-mayda tunga borib himoyachilarning mudofaasini yorib oddilar. Shahar ko‘chalarida ko‘plab mudofaachilar va tinch aholining jasadlari, vayron bodgan xo- nadonlar qoldi.
T
Do'stlaringiz bilan baham: |