Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov
Toshkent. Eski shahar. XIX asr
Download 1.93 Mb.
|
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY
- Bu sahifa navigatsiya:
- S haharning M.
- Toshkent darvozalarining ramziy oltin kalitlari
Toshkent. Eski shahar. XIX asr
ujumga tayyorgarlik boshladi. Uning bu tayyorgarligi bahorgacha davom etdi va 1865-yil aprel oyi oxirida podsho hukumatining harbiy qo‘shinlari Toshkent yaqiniga joylashtirildi. M.Chernyayev boshchiligidagi harbiy qo‘shin Toshkent shahridan 25 km uzoqlikdagi Chir- chiq daryosining chap sohilida joylash- gan Niyozbek qal’asiga kelib, uni jangsiz topshirishni taklif qiladi, lekin qal’a himoyachilari rad javobini berib, mudofaaga odadi. Himoyachilar va istilochilarning harbiy kuchlari odtasidagi farq juda katta edi. Qal’a to‘xtovsiz ravishda to‘plardan o‘qqa tutilib, devorlari buzib tashlandi. Devorlarning buzilgan joylari- dan bosqinchilar qal’aga kirib, uni egallashga muvaffaq boddilar. Oqi- batda Toshkent darvozasi deb nom olgan Niyozbek qo‘rg‘oni dushman qodiga o‘tdi. Ushbu qal’aning qodga kiritilishi M. Chernyayevga Toshkentni suv ta’minotidan uzib qo‘yish imkonini berdi. Uning buyrugd bilan Toshkent shahri aholisini suv bilan ta’minlaydigan Chirchiq dar- yosidagi to‘g‘on buzib tashlanadi. S haharning M.Chernyayev boshchiligidagi istilochilar 1865-yil egallanishi may oyida bevosita Toshkentga hujum boshladi. Toshkent mudofaasida shahar himoyachilari va Qo‘qon xonligi qo‘shinlari amirlashkar Aliquli boshchiligida qarshilik ko‘rsatdi. A Toshkent darvozalarining ramziy oltin kalitlari yovsiz janglarda Aliqulining yaralanib vafot etishi shahar himoyachilarini sarosimaga so- lib qo‘ydi. Himoyachilarning yagona harbiy boshliqsiz qolishi istilochilarning qoTi ustun kelishiga olib keldi. Toshkent himoyasiga Bu- xoro amirligidan kechikib yetib kelgan qo‘shin- larning foydasi tegmadi. M.Chernyayev qo‘- shinlari Kamolon darvozasi yonidan devorni buzib shaharga kirdi. Ularga toshkentlik sarbozlar va aholi shaharning har bir mahalla ko‘chasida tashkil qilingan to‘siqlarda qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Toshkentning har bir qarich yeri uchun ko‘cha va mahallalar- da janglar davom etdi. Asosiy jang Kamolon darvozasidan Xadradagi markaziy bozorga boradigan ko‘chada bo Tib, podsho qo‘shinlari to‘rtta to‘p himoyasida boTgan to‘siqdan o‘ta olishmadi. Ammo M. Chernya- yev qo‘shinining bir qismi bu vaqtda shahar qaTasini egallab, shu yer- dan shahar ichkarisini to‘plardan o‘qqa tutadi. Himoyachilar shaharni o‘qqa tutilishidan saqlash maqsadida qal’aga o‘t qo‘yadilar. Bu bilan qal’adan podsho qo‘shinlarini chiqib ketishga majbur qildilar. Kamolon darvozasi tomonga chekingan M. Chernyayev qo‘shinlari ertalab yana jangga o‘tishdi. Shahar yongTn ichida qoldi. Suv yoTla- rining to‘sib qo‘yilganligi yongTnlarni o‘z vaqtida o‘chirish imkonini bermadi. S hahar qurol kuchi bilan egallab olingach, M. Chernyayev 17-iyunda Beshyog‘och, Ko‘kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalarining oqsoqolla- rini chaqirdi. Muzokarada Toshkent qozikaloni Hakimxo‘ja, Abulqosim eshon, Solihbek dodxoh va shaharning boshqa nufuzli kishilari ishtirok etdi. M. Chernyayev xalqaro doirada o‘z xatti-harakatlarini oqlash maqsadida go‘yoki Toshkent ixtiyoriy ravishda taslim boTdi va aholi tinchli- gi uchun toshkentliklar o‘zlari Rossiya askarlariga uning darvozalarini ochib berdi, degan xatni imperator nomiga yozishlarini talab qiladi. Oq- soqollardan 9 nafari shaharni «ixtiyoriy ravishda topshirish» to‘g‘risidagi sulhni imzolashga majbur boTishdi. Jahon ommasi bu xatning mazmuni- dan xabardor boTishi uchun podsho hukumati tomonidan barcha chora- lar ko‘rilgan edi. Bunday soxta xat yozilishiga qarshi boTgan Solihbek dodxoh, Abulqosim eshon, Hakimxo‘ja singari vatanparvarlar Sibirga surgun qilingan. Shu bilan Toshkent podsho hukumati ixtiyoriga o‘tib, Turkiston oMkasining harbiy, siyosiy va ma’muriy markaziga aylantirildi. Harbiy istilochilik yurishlari natijasida bosib olingan hududlarda Turkiston viloyati tuzilib, unga harbiy qo‘shin qo‘mondoni, general- mayor M. Chernyayev gubernator qilib tayinlandi. 1865-yil 6-avgustda qabul qilingan «Turkiston viloyatini boshqarish to‘g‘risidagi Muvaq- qat Nizom»ga muvofiq viloyatda harbiylashtirilgan boshqaruv tartiblari o‘rnatildi. Viloyat boTimlarining harbiy asosda tashkil qilinishidan maq- sad podsho hukumatining kelgusidagi harbiy rejalari amalga oshirilishida tayanch ma’muriy hudud vazifasini o‘tashi ko‘zda tutilgan edi. f Yakunlarni chiqaramizJ 12 ta darvoza, 80 ming aholi, 4 ta daha. 1864-yil 1 -oktabr - Chernyayevning birinchi hujumi, Niyozbek qal’a- sining egallanishi, 1865-yil Toshkentning egallanishi. 1865-yil Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyati tashkil qilindi. Unga M. Chernyayev harbiy gubernator etib tayinlandi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling