Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


‘rta Osiyoga qarshi istilochilik yurishi bosqichlari


Download 1.93 Mb.
bet14/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

0‘rta Osiyoga
qarshi istilochilik
yurishi bosqichlari

‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi to‘rt bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich - 1847-1865-yillarda Rossiya imperiyasi tomonidan Qo‘qon xonligining shi- moliy-g‘arbiy viloyatlari va Toshkent shahri istilo qilindi. Istilo etil- gan hududlarda Orenburg general-gubernatorligi tarkibiga kiruvchi Turkiston viloyati tashkil etildi.
Ikkinchi bosqich - 1865-1868-yillarni qamrab olgan bo‘lib, bunda Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amal­ga oshirildi.
Uchinchi bosqich - 1873-1879-yillar davomida Xiva va Qo‘qon xon­ligi yerlarini bosib olishdan iborat bo‘ldi.
T
0‘zingizni sinang!



Istilo sabablari — ... Birinchi bosqich — ... Ikkinchi bosqich — ...


Uchinchi bosqich — ... To‘rtinchi bosqich — ... 1864—1885-yillarda ...

o‘rtinchi bosqich - 1880-1885-yillarda turkmanlarning bo‘ysun- dirilishi edi. Shunday qilib, 1864-1885-yillarda - 20 yildan ortiq vaqt davomida Rossiya imperiyasining uzoq davom etgan harbiy tayyorgar- ligi natijasida bosqinchilik urushlari olib borildi. 0‘rta Osiyo xonliklari hududining katta qismi bosib olinib, mustamlakaga aylantirildi.
Rossiya imperatori Aleksandr II (1855—1881) ning 1859-yilda Qo‘qon xonligini bosib olish- ning davom ettirilishi to‘g‘risidagi ko‘rsatmasi- dan so‘ng harbiy harakatlar kuchaydi. Buning uchun, eng avvalo, xonlikning Toshkent shahri bosib olinishi zarur edi.
T
0‘rta Osiyoga
qarshi harbiy-is-
tilochilik yurishla-
rining boshlanishi

oshkentni bosib olishda Oqmachit qal’asi harbiy harakatlarning tayanchiga aylandi. Podsho qo‘shinlarining Oqmachit qal’asini bosib olish borasidagi dastlabki harakatlari (1852-yil) magMubiyatga uchra- gach, 1853-yilda uni egallash uchun ikkinchi marta hujum boshlanadi. 3 mingdan ortiq kishidan iborat harbiy qo‘shinga 400 kishidan iborat qal’a himoyachilari 20 kun davomida qarshilik ko‘rsatdi. Dushman to- monga nisbatan soni juda oz boTgan, qurshovda qolgan qal’a himoya­chilari oxirgi imkoniyatlari qolgunicha jang qildilar. Kuchlar notengligi oqibatida podsho hukumati qo‘shinlari tomonidan qal’a egallanadi. Ke- yinchalik bu qal’a harbiy harakatlar uchun tayanch punktga aylandi va unga Perovskiy forti deb nom berildi.
N. Veryovkin va M. Cherny ay evlarning 1864-yilda uch mingdan ko‘proq qo‘shini ikki yo‘nalishda: biri Perovskiy fortidan (Orenburg to- mondan), boshqasi esa Vemiy (Almati) shahri tomondan Toshkentni bo­sib olish uchun yoTga chiqdi. 4-iyunda M. Chernyayev boshchiligidagi qo‘shin Talas daryosining chap sohilidagi Avliyoota (hozirgi Taroz shah- ri)ni bosib oldi. Turkiston va Chimkent shaharlari mudofaasiga rahbarlik qilishga Qo‘qon xoni tomonidan amirlashkar Aliquli (Alimqul) yuborildi. N. Veryovkin, agar Turkiston himoyachilari taslim boTmasa, shaharni yalpi o‘qqa tutib, barchani qirib tashlashini, Amir Temur tomonidan Ah­mad Yassaviy sharafiga qurilgan maqbarani ham yakson qilishini ulti­matum tarzida qo‘ych. Natijada Aliquli o‘z qo‘shinini Turkistondan olib chiqib, Chimkent mudofaasi uchun chekindi. Uch kunlik jang dan so‘ng,
1 2-iyul kuni N. Veryovkin otryadi Qo‘qon xonligiga qarashli Turkiston shahrini bosib oldi va 20 kilometrlik qal’a devori bilan o‘ralgan Toshkentni bosib olishga tayyorgarlik ko‘ra bosh- ladi.
Bu harbiy harakatlargaM. Chernya­yev qo‘mondon etib tayinlandi. 1864- XIX asr oxirida shahar ko‘rinishi yj] kuzida Chimkent shahri egallanib,
Yangi Qo‘qon chizig‘i asosida qoTga kiritilgan qal’alar birlashtirildi. Bu vaqtga kelib Raim qal’asidan Perovskiy fortigacha Sirdaryo istehkom chizig‘i, Semipalatinskdan Verniy shahrigacha Sibir istehkom chizig‘i vujudga keldi.
Y
V-
akunlarni chiqaramiz!


  • Rus elchilarining 0‘rta Osiyo xonliklaridagi faoliyati;

  • Oqmachit - 1853-yil, Chimkent, Turkiston - 1864-yil;

  • Yangi Qo‘qon, Sibir istehkom chiziqlarining tashkil etilishi;

  • Harbiy yurish bosqichlari: 1847-1865, 1865-1868, 1873-1879,1880­1885.

?SavoI va topshiriqlar
r - -r
1. Irtish daryosi sohilida qurilgan istehkomlar qanday vazifani bajarishi
lozim edi?

  1. 0‘rta Osiyoga yuborilgan ingliz elchilarining maqsadlari nima bo‘lgan?

  2. Rossiya imperiyasining 0‘rta Osiyoni bosib olishdan ko‘zlagan maq­sadlari nimalardan iborat bo‘lgan?

  3. 0‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishining bos- qichlarini sanab bering.

  4. Oqmachit qal’asining bosib olinish tafsilotlarini aytib bering.

  5. Chimkent va Turkiston shaharlarining bosib olinish tafsilotlarini aytib bering.

  1. §. TOSHKENTNING BOSIB OLINISHI

b

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling