Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


T araqqiyparvarlik harakatining 0‘rta Osiyoga yoyilishi


Download 1.93 Mb.
bet70/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

T araqqiyparvarlik
harakatining 0‘rta
Osiyoga yoyilishi


dta Osiyo jadidlari ma’rifatparvarlik yodida qrim ziyolilari tajriba- larini odganish bilan birga boshqa mamlakatlardagi taraqqiyparvarlaming ilg‘or g‘oyalaridan ham foydalandilar. Odta Osiyo taraqqiyparvarlik ha- rakati ishtirokchilarining yoshi boshqa mamlakatlar ja- did vakillaridan ajralib turgan. 1910-yilda ulaming eng
**
yoshi Abdulhamid Chodpon - 13 yoshda, eng kattasi Mahmudxo‘ja Behbudiy - 36 yoshda bodgan.
Taraqqiyparvarlik harakatining rivojlanishi ik- ki bosqichda boddi. Birinchi bosqichda ma’rifat- parvarlikdan boshlangan bu harakat 1917-yilga kelib o‘zining ikkinchi bosqichi - siyosiy kodinishdagi ha-
rakatga aylandi. Ismoil G‘aS„iraii
0‘rta Osiyodagi milliy taraqqiyparvarlik haraka- ti hududiy xususiyatlariga ko‘ra Turkiston, Buxoro va Xiva jadidlari- ga bodinadi. Turkiston jadidchiligining asosiy tarkibini ziyolilar tashkil qilib, ular Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatiga qarshi ku- rashning oldingi saflarida turdilar. Ular podsho hukumatining xomashyo manbayiga aylantirilgan Turkistonning kelajagini mustaqil, rivojlangan davlat sifatida kodishni orzu qilganlar. XX asrning boshlarida shakllan- gan taraqqiyparvarlik kuchlari davlatning boshqaruv tizimi zamon talab- lariga javob bermasligini, xalqning turmush darajasi past ekanligini va uni o‘zgartirish lozimligini chuqur angladilar.
Buxoro milliy ziyolilarining harakati Turkiston odkasiga nisbatan ogdr ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga keldi. Uning tarkibi, asosan, mayda do‘kondorlar, o‘qituvchilar, hunarmandlar, savdogarlardan ibo- rat edi. Jadidlar iqtisod va boshqaruv sohasida bir qator talablar, chu- nonchi, soliqlarni kamaytirish talabi bilan ham chiqishdi. Shuningdek,
Buxoro jadidchiligi ayrim mutaassib mullalar, yangilik va islohotlarni xush ko‘rmaydiganlar oqimi qarshiligiga uchradi. 1910-yildan boshlab Buxoroda jadidchilik harakati siyosiy tashkilot sifatida shakllana bosh- ladi. XX asming boshlarida Buxoro taraqqiyparvar kuchlari vaziyatga tanqidiy yondashgan holda davlatning ichki boshqaruv tizimi zamon ta- lablariga javob bermasligini, siyosiy-ma’muriy tuzumni o‘zgartirish lo- zimligini chuqur anglay boshladilar.
Xiva xonligida XX asr boshlarida shakllangan taraqqiyparvarlik harakati esa boshqacharoq tarixiy shart-sharoitda vujudga keldi. Xiva xonligida jadidchilik ikkita oqimdan iborat bo‘lib, uning o‘ng oqimi Bosh vazir Islomxo‘ja boshchiligida xonlikdagi savdo-sanoat korxo- nalari egalari hamda yirik boylarning vakillarini birlashtirdi. Mazkur oqim o‘z oldiga mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda is- lohotlar o‘tkazilishini maqsad qilib qo‘ydi. Sod oqim esa qozikalon Bobooxun Salimov rahbarligida sarmoyadorlar, hunarmandlar va bosh- qa tabaqa vakillarini birlashtirib, yangi usul maktablarini tashkil qi- lish orqali xalq ommasining siyosiy faolligiga erishmoqchi bo‘ldilar.
Turkistonda ma’rifatparvarlik harakatining yoyilishi bu davrdagi mustamlakachi hukumat va uning amaldorlari hamda mahalliy mutaas­sib va johil ruhoniylaming qarshiligiga uchradi. Shunga qaramay, jadid- lar matbuot, noshirlik va teatr sohalarida faoliyatlarini davom ettirdilar. 1898-yilda Qo‘qon shahrida Salohiddin domla ikkinchi jadid maktabini ochdi. 1899-yili Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabini ochib, ko‘plab o‘quvchilarning yangi usulda ta’lim olishlariga erishdilar.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling