Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Ismoil G‘aspirali - ... 1884-yilda ... 1893-yilda


Download 1.93 Mb.
bet71/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

Ismoil G‘aspirali - ... 1884-yilda ... 1893-yilda ...
Yodda tutingl
1 893-yil Buxoroda birinchi, 1898-yil Qo‘qon shahrida ikkinchi jadid maktabi ochildi. 1899-yili Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktablarini ochadilar.
M
Atamalar izohi
aorif
(arabcha) - insonlarning bilimi va tafakkurini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya.
Jadid (arabcha) -
«yangi» degan ma’noni bildiradi.
Savol va topshiriqlar

  1. T urkistonda jadidchilik harakati qachon vujudga keldi?

  2. Jadidchilik harakatining vujudga kelishiga qanday omillar turtki bo‘ldi?

  3. Ismoil G‘aspirali va uning faoliyati to‘g‘risida nimalarni bilib oldingiz?

  4. Jadid maktablarini kimlar tashkil qilgan?

  1. §. JADIDLARNING DASTURIY MAQSAD VA VAZIFALARI

0
Jadidlarning
asosiy g‘oyalari

‘rta Osiyoda taraqqiyparvarlar rivojlangan jami- yat yaratishdek o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda mutaassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurash olib borishga alohida ahamiyat berganlar. Ular bu vazifalarni amalga oshirishda quyidagi yo‘nalishlarni ustuvor deb hisoblaganlar: oTkada yangi usul maktablari tarmogTni kengaytirish, qobiliyatli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish, turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish, gazeta va jumallar chop etish, xalqning ijtimoiy-siyosiy va madaniy ongini yuksaltirish yoTi bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish edi.

Ilg‘or milliy ziyolilar faoliyatining muhim yo‘nalishi yangi usul maktablari tarmogTni kengaytirish edi. Bu maktablar bolalarning tez va oson savodxon boTishlarini ta’minlabgina qolmay, balki ularda fanatizm va konservatizmdan xoli boTgan yangi dunyoqarashning shakllanishiga ham xizmat qilar edi.
Ular ham Sharq, ham G‘arb madaniyati yutuqlarini egallashga intil- dilar, o‘qidilar va o‘zgalarni ham shunga da’vat etdilar. Ma’rifatparvarlar xorijga chiqib, turli mamlakatlardagi madaniyat va ta’lim taraqqiyoti da- rajasini ko‘ra oldilar, ularni solishtirdilar va bu zehnli yoshlarda jahon taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonga keltirish istagi paydo boTdi. Natijada jadidlarning diqqat markaziga birinchi bosqichda taTimni isloh etish va- zifasi qo‘yilch.
Yangi usul maktablari da ta’lim jarayonida Yevropa standartlari me- zon qilib olingan edi. Arifmetika, tarix, geografiya, tabiatshunoslik asos- lari singari fanlar bilan bir qatorda islom ta’limoti asoslarini o‘rganishga ham katta e’tibor berilgan.
Yangi darsliklar yaratish masalasi juda dolzarb bo Tib turar edi. Dastlabki paytlarda Turkistondagi yangi usul maktablarining ko‘pchili- gida Qozon va Orenburg da nashr etilgan darslik va o‘quv qoTlanmalaridan foydalanildi.
Toshkent, Buxoro, Samarqand, Andijon, Qo‘qon, Xiva shaharlari jadidchilik harakati markaziga aylandi. Bu shaharlarda ochilgan madaniv-
ma’riliy yo‘nalishdagi jamiyat va uyushmalar Turkistonda jadidchilikning keng yoyilishiga olib keldi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling