Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari


Download 1.93 Mb.
bet72/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari
Turkistonni o‘rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish
«Usuli qadim»ni inkor etgan holda o‘lkani, xalqni, millatni taraqqiyot yo‘liga olib chiqish
Milliy davlat bunyod etish
Konstitutsion, parlament idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish Turkiy tillarga davlat tili maqomini berish Milliy pul birligi va milliy qo‘shin tuzish
Jadidlar o‘z nashrlarida jahonda va Turkiston hududida ro‘y berayot- gan voqealar haqida ma’lumotlar berib borishdi. Ular bu orqali o‘z g‘oyalari mazmunini va ularni keng yoyish zarur ekanligini ko‘rsatdilar.
Ma’rifatparvarlar yangi usul maktablarining Turkistonda milliy kadr- lar tayyorlash, yosh avlodni o‘qitishdagi ahamiyatini ko‘rsatib berdilar. XIX asr oxirida 0‘rta Osiyoda yangi usuldagi maktablar sanoqli boTgan boTsa, 1911-yilga kelib ulaming soni 63 taga, o‘quvchilarning soni 4106 nafarga yetdi. 1910-yilda Toshkentning o‘zida 24 ta jadid maktabi fao- liyat ko‘rsatib, ularda 1740 nafar bola o‘qigan. 1917-yilga kelib oTkada 100 ga yaqin yangi usuldagi maktablar mavjud edi.
Taraqqiyparvarlaming qarashlarida xotin-qizlar ta’limi masalasi alohida o‘rin tutgan. Jadidlar, islom ma’rifatli boTishni istagan ayollar- ga to‘sqinlik qilmaydi, deb ta’kidladilar. Islom ilm o‘rganishni erkak-
l


Turkiston jadidlari
arga ham, ayollarga ham farz deb hisoblashidan kelib chiqqan holda jadidlar o‘g‘il va qiz bolalarni bir- ga o‘qitishda tashabbuskor boTdilar.
Jadidchilik harakati namoyan- dalarining asosiy faoliyatlari ma’- rifatparvarlikdan boshlangan bo‘1- sa-da, ularning ta’siri Turkiston- dagi milliy-ozodlik harakatlarida g‘oyaviy rahnamolari sifatida mu- him o‘rin tutdi.
Jadid nashrlari - ... Jadidlar mafkurasi - ...
Jadidchilik harakati markazlari - ... Jadid maktablari - ...
Y akunlarni chiqaramiz!

  • Milliy g‘ oya millatni ma’naviy yuksaltiradigan milliy g‘urur, erkinlik hissini tarbiyalaydigan dasturdir.

  • Jadidlar milliy-ozodlik harakatiarining g‘oyaviy rahnamolari sifatida maydonga chiqdilar.

S avol va topshiriqlar

  1. Milliy g‘oya tushunchasini sharhlang.

  2. Jadidlarning g‘oyalari nimalardan iborat edi?

  3. Jadidlarning matbuotchilik faoliyati haqida nimalarni bildingiz?

  4. Qaysi shaharlarda jadidchilik harakatlari rivojlandi?

  1. §. JADIDCHILIK HARAKATI NAMOYANDALARI
    VA ULARNING FAOLIYATI


X

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling