Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Download 1.93 Mb.
bet83/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

P
Yodda tutingl

odsho farmoniga muvofiq Turkiston oMkasining Sirdaryo viloyatidan 87 ming, Samarqanddan 38 ming, Farg‘onadan 50 ming kishini mardikorlikka yuborish belgilandi.

S avol va topshiriqlar

  1. Qo‘zg‘olon boshlanishiga nima sabab bo‘lgan?

  2. Qo‘zg‘olonchilar, asosan, qaysi jarayonga qarshi chiqdilar?

  3. Turkistondagi 1916-yilgi qo‘zg‘olonlar dastlab qayerlarda boshlandi?

  4. Qo‘zg‘olon ishtirokchilari, asosan, qaysi tabaqa vakillari bo‘lgan?

  1. §. JIZZAX QO‘ZG‘OLONI

R
Q°‘zg‘ olonning
boshlanishi

ossiya imperiyasining 1916-yildagi mardikorlik- ka olish to‘g‘risidagi farmoni Turkiston oMkasining barcha hududlariga yoyilib, unga qarshi chiqishlar mahalliy aholining milliy-ozodlik harakatlariga aylanib ketdi. Bular ora- sida Jizzaxda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon o‘lkada mustamlakachilar zulmi- dan ozod bo‘lish va bosqinchilarga qarshi mardonavor kurash maydoniga aylandi.
Jizzax aholisi, asosan, don mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanib, ularning yerlari imperiyaning markaziy hududlaridan ko‘chirib keltiril- ganlarga berib yuborilishi, soliqlarning ko‘payib borishi ularning ahvoli yomonlashishiga olib keldi. Aholining 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan erkaklari front ortidagi ishlarga safarbar qilinishi butun oMkadagi kabi Jizzaxda ham jabr-zulm, adolatsizliklardan tobora keskinlashib borayot- gan norozilik chiqishlari xalq qo‘zg‘oloniga aylanishiga olib keldi. Mar- dikorlikka olinadiganlarning tuzilgan ro‘yxatiga muvofiq Samarqand vi- loyatining Jizzax uyezdidan 11 ming kishi belgilandi. 1916-yil 3-iyulda farmon e’lon qilinishi bilan xalq orasida norozilik boshlanib ketdi.

  1. iyulda dastlabki g‘alayonlar boshlandi. Bunda aholi farmonning bekor qilinishini, ro‘yxat tuzishni to‘xtatishni talab qiladi. Jizzax qo‘zg‘oloniga Nazirxoja eshon va A bdurahmon jevachilar rahbarlik qilganlar.

Jizzax aholisi mardikorlikka qarshi ommaviy qo‘zg‘olon ko‘tarish maqsadida boshqa shaharlarga, jumladan, Toshkent, Samarqand va ko‘plab atrofdagi qishloqlarga o‘z vakillarini yubordilar. 13-iyulda Jiz­zax shahrida Damin kulol boshchiligida hunarmandlar mardikorlikka olish bo‘yicha ro‘yxntni talab qilib qishloq oqsoqoli Mirzayor Xudoyo- rov oldiga bordilar. Undagi ro‘yxnt, asosan, kambag‘al oila vakillaridan tuzilgan bo‘lib chiqdi. Bundan norozi bo‘lgan aholi ro‘yxatni berishni va uni qaytadan tuzishni talab qildilar. Mirzayor Xudoyorov ro‘yxatni bermay, to‘plangan odamlarni haqorat qildi. Bu holat aholining kes- kin noroziligini keltirib chiqardi. Shundan keyin ketmon, tayoqlar bi­lan qurollangan qo‘zg‘olonchilar Jizzaxning yangi shahar qismiga yo‘l oladi. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun uyezd boshlig‘i o‘z yordamchilari bilan yetib keladi, lekin ulami qaytara olmaydi. Qo‘zg‘olonchilar safiga shahar va uning atrofidan ko‘plab kishilar qo‘shildi. Nazirxo‘ja eshon qo‘zg‘olonchilarga umumiy rahbar bo‘ldi.
Jizzax qo‘zg‘oloni ishtirokchilari mustamlakachi ma’muriyatga te-
gishli bo‘lgan harbiy, ma’muriy va boshqa joylarga hujum qildilar. Ular 13-iyul kuni temiryo‘1 stansiyalarini, aloqa simlarini uzib, temiryo‘l va ko‘priklarni buzib tashladilar. 14-iyulda Abdurahmon jevachi o‘z uyida turli joylardan yuborilgan vakillar bilan yig‘ilish o‘tkazdi va unda Jiz- zaxdan 12 chaqirim uzoqlikda joylashgan Kuyaboshi degan joyda to‘pla- nib, barcha birgalikda harakat qilishga kelishildi. Bu xabami atrofdagi joylarga yetkazish uchun vakillar yuboriladi.
Jizzaxdagi bu voqealardan xabar topgan podsho hukumati polkovnik Ivanov boshchiligida harbiy kuchlarni u yerga yubordi. 18-iyul kuni Tur- kistonda harbiy holat e’lon qilindi.
B

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling