Q°‘zg‘ olonning
ahamiyati
916-yildagi qo‘zg‘olonlar podsho hukumati tomonidan ayovsiz ravishda bostirildi. Qo‘zg‘olonchilar mustamlakachi hukumatning politsiya va harbiy kuchlariga qarshi mardonavor kurashdilar. Gar- chi qo‘zg‘olon ishtirokchilari va rahbarlari podsho hukumati tomonidan qattiq jazolanib, ko‘plab qo‘zg‘olonchilar qurbon boTishi va yarador boTishiga qaramay, bu mardikorlikka qarshi qaratilgan qo‘zg‘olonlar Turkiston aholisining bosqinchilarga qarshi milliy-ozodlik xarakteridagi harakati hisoblanadi. Qolaversa, bu qo‘zg‘olonda oTka keng xalq om- masining barcha tabaqalari, jumladan, qariyalar va ayollar ham ishtirok etdi.
1 916-yilgi qo‘zg‘olonlar mustamlakachi hukumatni qattiq sarosima- ga soldi. Bu qo‘zg‘olon Turkiston xalqlarining o‘z huquqlarini poymol
qilishlariga yo‘l qo‘yrnasligini ko‘rsatdi. Bu qo‘zg‘olon mustamlakachi hukumatga yana bir bor mahalliy aholining ozodlik va mustaqillik uchun kurash tuyg‘ulari hali so‘nmaganligini ko‘rsatdi. Podsho hukumati ba’zi choralar ko‘rishga, yengilliklar yaratishga va aholi bilan murosa qilishga majbur bo‘ldi.
Xullas, 1916-yilgi qo‘zg‘olon butun mustamlakachilik davomida Tur- kistondagi eng qudratli va uyushgan qo‘zg‘olon edi. Jizzax qo‘zg‘oloni tarixda «Jizzax fojiasi» degan nom qoldirdi. U Fozil YoMdosh o‘g‘lining «Jizzax qo‘zg‘oloni» nomli dostonida o‘zining to‘liq aksini topgan.
m (J‘zingizni sinang!
!
Birinchi jahon urushi ... boshlandi va unda ... davlatlar ishtirok etdi.
Birinchi jahon urushi vaqtida ... aholi vakillari mardikorlikka
olindi.
Jizzax qo‘zg‘oloni ... yilda boshlandi.
Y akunlarni chiqaramiz!
Rossiyaning Birinchi jahon urushida ishtirok etishi uning mus- tamlakalari, jumladan, Turkiston o‘lkasiga ham o‘zining salbiy ta’- sirini ko‘rsatdi.
Podsho hukumati tomonidan Turkiston aholisining mardikorlikka safarbar qilinishi mahalliy aholining norozilik harakatlariga sabab boTdi.
1916-yildagi qo‘zg‘olonlar podsho hukumati tomonidan harbiy kuchlar yordamida bostirildi.
Qo‘ zg‘olon ishtirokchilari podsho hukumati tomonidan qattiq ja- zolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |