Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov
Buxoro qo‘shbegisi. XX asr boshi
Download 1.93 Mb.
|
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY
Buxoro qo‘shbegisi. XX asr boshi
azina va zakot yigdmini boshqargan devonbegi lavozimi ahamiyati va mavqeyi jihatidan qo‘shbegidan keyin turgan. Sud- lov, notarial ishlari, ta’lim muassasalari- ni ruhoniylar boshqargan, bosh qozi esa diniy-sudlov ishlariga rahbarlik qilardi. Joylarda qonunlarning ijro etilishi, di- niy amallarning bajarilishi, axloqiy me- zonlar, bozordagi tarozilar va odchovlar ustidan nazorat ishlarini rais boshqarardi. Rais o‘z navbatida bosh qozi- ga bo‘ysunardi. Bosh raisning o‘zi amir va bosh qozi oldida ma’lumot berish uchun shaxsan mas’ul bodgan. Uchala oliy amaldor - qo‘shbegi, devonbegi va bosh qozi har doim Buxoroda bodishi shart edi. Amirlikdagi beklar va ularning mol-mulkini askarlar qodiqlashgan. Mahalliy ma’muriyat - aminlar, oqsoqollar hamda bekliklar vakillari va ruhoniylardan iborat bodib, ular amir farmonlarini so‘zsiz ijro etishla- ri shart bodgan. Butun Buxoro amirligi bekliklarga bodingan edi. Beklar shaxsan amir tomonidan tayinlanar va lavozimi dan bo‘shatilardi. Beklar atrofida ularning qarindoshlari yoki yaqin kishilaridan tayinlangan ulkan amaldorlar guruhi jamlangan. Davlatni himoya qilish uchun amirning xalq ko‘ngillilari va qo‘- shinlardan saralab olingan xos lashkari bodgan. Lashkarga to‘pchiboshi (to‘pchilashkar) rahbarlik qilgan. Biroq XIX asr oxiriga kelib amir lashkari shoshilinch tarzda yigdladigan, yomon harbiy ta’lim kodgan va sodda qurollar bilan ta’minlangan dehqonlardan iborat bodgan. Bunday lash- karning bosh maqsadi - zarur bodganda Ark qarshisida safga yigdlish edi. Lashkar tartiboti amalda XIX asr boshlaridan beri isloh qilinmagan, harbiy ish sifatsiz va qo‘shin qurol-yarogdari oda qoloq darajada edi. Mamlakat daromadlarining katta qismini shaxsiy manfaatlariga sarf qiluvchi amaldor va xizmatchilar davlat ravnaqi va taraqqiyoti uchun kamdan kam qayg‘urardilar. Shu bois amirlikning zaruriy sarf-xarajatlari bir-biriga qon-qarindosh amaldorlar zimmasiga emas, balki oddiy xalq gardaniga tushardi. } Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling