Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Download 1.93 Mb.
bet47/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

Milliy-ozodlik
harakatlarining
boshlanishi
IX asr oxirida iqtisodiy qiyinchiliklar va xalq- ning ma’naviy jihatdan kamsitilishi, mahalliy urf- odatlarga zid bo‘lgan qarorlarning qabul qilinishi natijasida Turkiston Rossiya imperiyasining milliy - ozodlik harakatlari avj olgan markazlaridan biriga aylandi. (0‘lkaning turli joylarida ko‘tarilib kelayotgan bu qo‘zg‘olonlarning harakatlanti- ruvchi kuchi, asosan, dehqonlar, shahar hunarmand-kosiblardan iborat aholining kambag‘al qismi bo‘ldi. Bu harakatlarda vatanparvar ruhoniy- lar, milliy g‘ururini yo‘qotmagan mulkdorlar, savdogarlar ham ishtirok etdilar.) Mustamlakachilikka qarshi o‘lkaning turli joylarida norozilik chiqishlari bo‘lib turdi. Jumladan, 1878-yili Mingtepada (hozirgi Mar- hamat tumani) mustamlakachilarning siyosiy va iqtisodiy zulmiga qarshi Yetimxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Uni mustamlakachi huku- mat kuch bilan bostirdi. 1879-yilning kuzida mahalliy aholi Farg‘ona vi- loyat boshqarmasi binosi oldiga ochiqchasiga norozilik bildirib yig‘ildi. Ular Marg‘ilon uyezdida soliq to‘plash noqonuniy tusga kirganligiga qarshi chiqib, soliqlarning kamaytirilishini qat’iy talab qildilar.
Qo‘zg‘olon kuchayib ketishi eh- timolini sezgan podsho hukumati ko- missiya tuzib, vaziyatni o‘rganishga kirishdi. Komissiya viloyatda paxta ekishning keng ko‘lamda avj oldiri- lishi, natijada boshqa muhim ekinlar keskin kamayganligi bunga sabab bo‘l- ganini ma’lum qilgan.
1
880-yilning noyabrida aholi ham- ma soliqlarni to‘laganligiga qara- may, Xo‘jand uyezdining boshlig‘i Xo‘jand va 0‘ratepa tumanlaridagi aholidan qo‘shimcha yer solig‘i olinishini e’lon qildi. Buning oqibatida sabr kosasi toMgan aholi Rahmonqulihoji, Mirkarimboylar boshchiligida odamlar uyezd boshlig‘ining mahkamasiga borib, adolatsiz soliqni bekor qilishni talab qildi. Bunga javoban boshliq mirshablarga namoyish rah- barlarini hibsga olishni buyurdi.
Talonchilik, soliqlar va jabr-zulm avjiga chiqqanligi sababli 1882- yilning boshlarida Namangan aholisi ma’murlarga qarshi bosh ko‘tarib chiqdi. Bu safar ular uyezd boshlig‘ining uyini o‘rab oldilar. Uyezd ma’murlari harbiy boMinmani yordamga chaqirib, namoyishchilarni qat- tiq jazoladi.
1885-yilning yozida Farg‘ona vodiysida xalq qo‘zgolonlari qaytadan avj olib, Andijonda Darvishxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Endi qo‘zg‘olonchilar kurash usullarini o‘zgartirib, boylar va volost boshliqlari- ning qarorgohlariga hujum uyushtirdilar. Shu yillarda qo‘zg‘olon birin- ketin butun viloyatga yoyildi.
1896-yilda Namangan uyezdining Oqsuv-Shahrixon volostidagi Nay- manchi, Ko‘hna mozor, Langarbob qishloqlarida aholining mingboshilar saylovlaridagi noroziligi oshkora qo‘zg‘olonga aylanib ketdi. Turkistonda podsho hukumatining hukmronligi, amalga oshirayotgan mustamlakachi- lik siyosatiga qarshi oMkaning har bir joyida mahalliy aholi tomonidan turli ko‘rinishdagi norozilik harakatlari olib borildi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling