Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov
‘rta Osiyo Davlat banki. Toshkent
Download 1.93 Mb.
|
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paxta xom- ashyosiga bo‘lgan ehtiyoj
- Paxtaning Rossiyaga jo‘natilishi
- B O 4 L I M
- §. TURKISTONDA MILLIY-OZODLIK HARAKATLARINING BOSHLANISHI VA UNING SABABLARI
0‘rta Osiyo Davlat banki. Toshkent
ossiya imperiyasining markaziy rayonlarida ishlab chiqarilgan sanoat va boshqa turdagi mahsulotlarning o‘lkaga kirib kelishi natijasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar - hunarmandlar mahsulotlarining bozori kasodga uchrab, ularning kamayishiga olib keldi. Rossiyadan keltirilgan arzon narxlardagi zavod va fabrika mahsulotlari mahalliy hunarmandlar tomonidan ishlab chiqiladigan mahsulotlar bozorini sindirdi. Buning natijasida o‘lkada ko‘plab odamlar, ayniqsa, hunarmandlar ishsiz qoldi. Rossiya sarmoyasi o‘lkada ishlab chiqarishni rivojlantirishga emas, balki mavjud tabiiy boyliklarni o‘zlashtirishga, arzon xomashyoga ega bo‘lishga, ulami tashib ketishga, o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlar- ni bu o‘lkada sotishga qaratildi. Shu maqsadda savdo-sotiq sohasini va temiryo‘llarni kengaytirishga katta e’tibor berildi. Podsho hukumati tomonidan o‘lkadan olinadigan foydalar bu hududni rivojlantirish uchun emas, balki imperiya xazinasini to‘ldirish, Rossiya savdogar va sarmo- yadorlarini boyitishga xizmat qildi. Yodda tutingl R ossiya sarmoyasi o‘lkada ishlab chiqarishni rivojlantirishga emas, balki tabiiy boyliklarni o‘zlashtirish, o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish, xomashyoni tashib ketish va temiryo‘llarni qurishga xizmat qildi. R Paxta xom- ashyosiga bo‘lgan ehtiyoj ossiya imperiyasining Turkiston borasidagi bar- cha rejalari paxtachilikni rivojlantirishga qara- tilgan edi. 0‘lkani Rossiya to‘qimachilik sanoati uchun asosiy xomashyo yetkazib beruvchi hu- dudga aylantirish mo‘ljallangan edi. Chorvachilikda yaylovlar uchun foydalaniladigan yerlaming paxta may- donlariga aylantirilishi, chorvachilik- ning va chorva mahsulotlarining ka- mayishiga olib keldi. Bu hoi, ayniqsa, Farg‘ona vodiysida yaqqol sezilib, bu yerga g‘alla va chorva mahsulotlari chetdan olib kelina boshlandi. G‘alla, chorva mahsulotlariga bodgan ehtiyoj ulaming narxlarini keskin oshirib yu- Paxtaning Rossiyaga jo‘natilishi bordi F arg‘ona, Sirdaryo va Samarqand viloyatlari paxta yetishtiriladigan eng muhim markazlar bodgan. 1884-yilda Turkistonda yangi paxta navi (Amerika navi) yetishtirila boshlandi. Bu nav mahalliy navlarga qaragan- da ancha yuqori hosil berar edi. Podsho hukumati paxta maydonlarining kengayishi va hosilning yaxshi bodishi 0‘rta Osiyo mintaqasida suv bilan bogdiq bodganligi uchun irrigatsiya tarmoqlarini kengaytirishga harakat qilgan. 1911-yilda Sirdaryo magistral kanalini bunyod etish ishlari boshlandi va 1913-yilga kelib tugallandi. Biroq Toshkent vohasi, Samarqand viloyati va Farg‘ona vodiysida sug‘orish sohasi bo‘yicha ishlarning ko‘pi bajarilmay qolib ketdi. Mustamlakachi hukumat uchun paxta odkada neft va oltindan keyin- gi odinda turuvchi yuqori daromadli sohaga aylandi. Y akunlarni chiqaramiz! 1888-yil - Samarqandgacha temiryo‘1 qurildi. 1899-yil - Toshkent orqali Andijongacha temiryoT qurib borildi. S avol va topshiriqlar 1 2 3 4 B O4 L I M XIX ASR OXIRIDA TURKISTONDAGI MILLIY-OZODLIK HARAKATLARI Bo‘limni o‘rganish natijasida: Turkistonda milliy-ozodlik harakatlarining boshlanishi va sabab- lari; 1885-1890-yillarda Turkistondagi xalq qo‘zg‘olonlari; podsho ma’muriyati jazolash siyosatining kuchayishi; Toshkentda «Vabo isyoni», 1898-yilgi Andijon qo‘zg‘olonlari; aholining XIX asr ikkinchi yarmidagi milliy-ozodlik harakatlari ya- kunlari va ahamiyati to‘g‘risida bilib olasiz. §. TURKISTONDA MILLIY-OZODLIK HARAKATLARINING BOSHLANISHI VA UNING SABABLARI R Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling