Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Download 1.93 Mb.
bet53/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

Qo‘zg‘olonning
boshlanishi
urkiston odkasida XIX asrning oxirlarida bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olonlardan biri bu - 1898-yildagi mahalliy xalqlarning mustamlakachilarga qar- shi qaratilgan Andijon qo‘zg‘oloni hisoblanadi. Bu qo‘zg‘olonga vodiy aholisi orasida Dukchi eshon nomini olgan Muhammad Ali (1846-1898) rahbarlik qildi. Dukchi eshon mutaassib dindorlardan edi. U oddiy fizi- kaviy holatlardan foydalanib sodda xalq o‘rtasida mo‘jizalar ko‘rsatgan. Uni «avliyo» deb hisoblagan aholi qo‘zg‘olonga boshchilik qilishga un- dagan. 1898-yilning bahor faslida vodiyning turli joylarida Muhammad Ali boshchiligida qo‘zg‘olon bodishi haqida gaplar tarqaladi. Bu voqea va Dukchi eshon to‘g‘risidagi ma’lumotlardan mustamlakachi ma’murlar ham xabardor bodgan.
M


Volost boshlig‘i mirshablar bilan. Farg‘ona viloyati. XIX asr oxiri

ahalliy aholining mustamlakachilik jabr-zulmlariga qarshi norozi- lik harakatlarining oshkora qo‘zg‘olon kodinishida boshlanib ketishiga 1898-yil 17-may kuni Muhammad Ali o‘z odamlari orqali atrofdagi qish- loqlarga xabar tarqatib, qo‘zg‘olon boshlash vaqti kelganligini edon qi- lishi sabab boddi. Shu kuni tunda qo‘zg‘olonchilar tomonidan Tojikqish- loqdagi telegraf simlarining qirqib tashlanishi bilan qo‘zg‘olon boshlanib ketdi. Ular yodda uchragan Asaka pristavini oddirdilar. Dukchi eshon boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar ikkiga bodinib, ularning biriga Ziyo- vuddin maxsum boshchilik qildi. Qo‘zg‘olonchilar Qutchi qishlogdga yetib borganlarida ularning safiga yana 200 kishi, Qo‘yli qishlogdga borganlarida esa mingboshi G‘oyibnazar o‘z odamlari bilan qo‘shildi. Shundan keyin qo‘zg‘olonchilar Andijondagi harbiy kazarmaga hujum qildilar.

Qo‘zg‘olonchilar bilan mustamla­kachi ma’muriyat harbiy kuchlari od- tasida ro‘y bergan to‘qnashuvdan ke­yin kuchlar va harbiy qurol-aslahalar teng bodmaganligi bois qo‘zg‘o- lonchilar chekinishga majbur bo‘1- dilar. Bu to‘qnashuvda harbiy kazar- ma jangchilaridan 22 tasi oddirildi,
22 tasi yarador bo‘ldi. Qo‘zg‘olonchilardan 11 tasi halok bo‘ldi, 8 tasi yaralandi. Shaharda harbiylar bi­lan qo‘zg‘olonchilar o‘rtasida ro‘y bergan ayovsiz otishmalar natijasida nafaqat qo‘zg‘olonchilar, balki ko‘plab tinch aholi vakillari ham halok bo‘ldi.
Q o‘zg‘olon boshlanganligi to‘g‘risidagi xabar olinishi bilan podsho hukumati zudlik bilan chora ko‘rishga vauni bostirishgaharakat qildi. Qo‘zg‘olon Hibsdagi Dukchi eshon Andijonda, ayniqsa, ruslar yashaydigan Yangi sha­harda vahima uyg‘otdi. Mustamlakachi amaldorlardan tortib to oddiy fu- qarolargacha sarosimaga tushib, uylariga berkinib oldilar. Hatto tuman- boshi polkovnik Konshevskiy ham ko‘chaga chiqmay, o‘z uyidan telefon orqali harbiy kuchlami chaqirdi. Harbiy kuchlar uch soat ichida Andijon- ga yetib kelib, Yangi shaharda duch kelgan mahalliy aholini o‘qqa tut- dilar. Buning natijasida umuman qo‘zg‘olonga aloqasi boMmagan yuzlab odamlar mustamlakachilar o‘qidan nobud bo‘ldi.
0 ‘zingizni sinangl

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling