Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov
Download 1.93 Mb.
|
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY
Qo‘zg‘olonning
sabablari IX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda Rossi- ya imperiyasi o‘rnatgan mustamlakachilik tuzumi mahalliy aholini siyosiy huquqlardan mahrum etdi, milliy, diniy qadriyatlarini tahqirladi, iqtisodini esa imperiya maqsadla- riga bo‘ysundirib, xalqning turmushi, moddiy ahvolini yomonlashtirib, qashshoqlanishiga olib keldi. 1886-yilgi «Turkiston odkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom»ga ko‘ra o‘lkada mustamlaka siyosati qonun hujjatlari asosida mustahkam- lab qo‘yildi. Buning natijasida o‘lka aholisiga nisbatan jabr-zulm yana- da kuchaydi. Ushbu Nizomning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi bu o‘lkada yer masalasini mustamlakachilik manfaatlariga moslashtirish bo‘lgan. «Nizom» e’lon qilingandan so‘ng unda nazarda tutilgan chora- tadbirlarni amalga oshirishda mahalliy aholining milliy, diniy va mahal- liy xususiyatlari inobatga olinmadi. Mazkur «Nizom» asosida podsho ma’murlari mahalliy xalqqa tegish- li yerlarning katta qismini tortib oldi va ular asosida Rossiyadan ko‘chib kelganlar uchun yer fondi tashkil etildi. Bunday siyosat yer masalasi juda nozik bo‘lgan, aholi zich joylashgan, ayniqsa, sug‘oriladigan ekin may- donlari kam bo‘lgan Farg‘ona vodiysida mahalliy aholining ahvolini yo- monlashtirib yuboradi. Bundan tashqari Farg‘ona vodiysi, asosan, impe- riyaning paxta xomashyosini yetishtirib beravchi hududga aylantirilgan edi. Vodiyda paxta yetishtirishning ko‘paytirilishi sababli g‘alla, ozuqa- bop ekinlar maydoni va yaylovlarning qisqarishi, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar narxini keskin oshirib yubordi. 1891-yilda Rossiyadan aholining Farg‘ona viloyatiga ko‘plab ko‘chi- rib keltirilishi, ularning joylashtirilishi yer taqchil va aholi zich yashay- digan vodiyning ahvolini nihoyatda yomonlashtirib yubordi. Shubhasiz, podsho hukumatining bunday harakatlari mahalliy aholi noroziligining yanada ortib borishiga sabab bo‘ldi. Mustamlakachi hukumat Turkiston o‘lkasining barcha joylarida mahalliy aholining milliy va diniy qadriyatlarini hisobga olmasdan, ularga qarshi siyosat olib bordi. Podsho hukumati tomonidan o‘lkadagi vaqf mulklari qisqartirildi. Vaqf mulklariga tegishli yerlarni tugatishga qara- tilgan chora-tadbirlar esa vaqf yerlarining katta qismi davlat mulkiga ay- lantirilishiga olib keldi. Bu o‘lka hayotida, keng xalq ommasi o‘rtasida yuqori nufuzli din peshvolari, diniy muassasalar va ta’lim maskanlarida ish olib boradigan mutasaddilaming keskin noroziligini keltirib chiqardi. Norozilik harakatlariga o‘lka ma’muriyatining mahalliy xalq man- faatlaridan imperiya manfaatlarini ustun qo‘yuvchi siyosat olib borishi, tub aholi yashash sharoitlarining yomonligi, soliqlarning ko‘pligi, amal- d orlarning poraxo‘rligi va o‘z mansabi- ni suiiste’mol qilishlari, toMovlar hamda majburiyatlarning og‘irligi kabilar sabab bo‘ldi. Maorif, tibbiy xizmat, obodonchi- lik ishlari qarovsiz bo‘lib, ularga hukumat tomonidan mablag‘ ajratilmagan. Bunday salbiy holatlar mahalliy xalqlarning mus- tamlakachilarga nisbatan nafratini oshirib, ularga qarshi g‘alayon va qo‘zg‘olonlar ko‘tarishiga olib keldi. T 1 0‘zingizni sin ang! 891-yilda ... Qo‘zg‘olon sabablari ... T Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling