Soyibjon tillaboyev, akbar zamonov


Turkiston 1892-yildan 1916-yilga qadar «kuchaytirilgan qo‘- riqlov» va «favqulodda qo‘riqlov» holatida bo‘ldi


Download 1.93 Mb.
bet42/126
Sana15.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1484468
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126
Bog'liq
9-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019 ABBYY

Turkiston 1892-yildan 1916-yilga qadar «kuchaytirilgan qo‘- riqlov» va «favqulodda qo‘riqlov» holatida bo‘ldi.

882-1884-yillarda oTkani tekshirgan imperatorning maxfiy mas- lahatchisi F. Girs Turkistonda 2404000 kishi yashashini va ular dan 1200000 kishi erkak ekanligini yozgan. Xuddi shu erkak aholiga har- biy xizmat majburiyatini yuklash masalasiga to‘xtalgan podsho amaldori (F. Girs) bu qaltis siyosiy tadbir ekanligiga ishora qilib, Turkiston aho- lisini armiyaga chaqirmaslik siyosatini yoqlab chiqdi. Podsho hukumati mahalliy aholini muntazam armiyada xizmat qilishidan, jangovar harbiy malakalarini oshirishidan, qo‘shinlarni yevropachasiga takomillashtirish- ga o‘rgatishdan va zamonaviy qurol-yarogTardan foydalanish mahoratini egallab olishlaridan cho‘chir edi. Shuning uchun mahalliy aholi qulay fiirsat kelganda ana shunday harbiy mahorat va zamonaviy qurollardan podsho hukumati o‘ziga qarshi foydalanishidan hadiksirar edi. Mahalliy aholini qurolsizlantirish, unda qurolli kurash uchun har qanday umidni yo‘qotish, jangarilik unsurlarini bostirish va qadimiy jangovar an’analarni tag-tomiri bilan tugatish - Turkiston oTkasidagi podsho hukumati harbiy siyosatining asosini tashkil etar edi.
Yakunlarni chiqaramiz!

  • Turkistonda harbiy va politsiya tartiblari asosida boshqaruv va nazorat tizimi o‘rnatildi.

  • Milliy -ozodlik harakatlariga qarshi kurash maqsadida maxsus bo‘lim tuzildi.

  • Mahalliy aholi armiyada xizmat qilishdan mahrum etilgan.

Atamalar izohi
Politsiya (nemischa - ma'muriyat) - jamoat xavfsizligini saqlovchi tashkilot. Ispravnik - uyezd politsiyasi boshlig‘i.
Apellatsiya (lotincha - shikoyat, norozilik bildirish) - sud hukmidan norozi bo‘lgach, uning ustidan shikoyat arizasi berilishining bir shakli.
Zemstvo (riischa) - vakolatlari cheklab qo‘yilgan mahalliy idora, boshqarma. Qozi sudlari - shariat qoidalari asosida ish ko‘radigan sud.
Biy sudlari - qabila urf-odatlariga tayanib ish ko‘radigan sud.
Savol va topshiriqlar


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling