22. Quyidagi qaysi gapda tire qo’llaniladi?
A) Shahrimiz chiroyli
B) O’quvchilar soni o’nta
C) Mustaqillik bu xalqning orzusi
D) Men ham kichik tadbirkor
23. Tire noto’g’ri qo’llangan gapni aniqlang.
A) Kulish – ko’p yashash demakdir
B) Qo’l – yaratuvchi
C) Butun umidimiz – sendan
D) Aziza – tikuvchi
24. Quyidagi qaysi gapda tire to’g’ri qo’llanilgan?
A) Yaxshining gapi – moy, yomonning gapi – loy
B) Mening orzularim – ko’p
C) Kishi bilmas haqiqat – go’zallik ekan
D) Bitta-yu bitta do’stim – shu edi
25. Quyidagi qaysi gapda tire noto’g’ri
qo’llangan?
A) Yulduz – a’lochilarimizdan
B) Mana bu – mening oilam
C) Bu – siz uchu katta sinovdir
D) Tinchlik – farovon hayot manbai erur
26. Quyidagi qaysi gaplarda nomustaqil kesim
qatnashgan?
1). Yomg’ir yog’sa, cho’llar yashnaydi.
2). Ramz solsangiz, bu rasmda ko’p narsa bor.
3). Biz uyga borib, birga ovqatlandik.
4). Mehmon kelsa, hamma quvonib qolishadi.
A) 1,2,3
B) 1,2 C) 1,2,4
D) 1,3,4
27. Quyidagi gaplardan nechtasi sodda gap emas?
1). Kun botib, qosh qoraya boshladi.
2). Bahor kelib, gullar ochildi.
3). U kelgach, xursandchilik boshlandi.
4). Men uyga kirdim va kitob o’qidim
A) Bittasi
B) Ikkitasi
C) Uchtasi
D) To’rttasi
28. Quyidagi qaysi gap egali gap hisoblanadi?
A) Ertaga toqqa chiqamiz
B) Bazmda nutq so’zlashga to’g’ri keldi
C) So’z ochma bu bo’stondan, menga bo’ston shu
bo’stondir
D) Hayotning go’zalligini qarang
29. Ko’ngil gulshanini qopladi xazon,
Yo’qoldi shunchalik bebaho sevgi.
Shu bo’ldi bokira, dunyo ko’rmagan
U yoqut lablarning qora taqdiri.
Ushbu parchada nechta ega qatnashgan?
A) 1 B) 2 C) 3
D) 4
30. Och nazarim tushar suratga…
Surat, surat! Nega sen tilsiz?
Termulaman suratda xatga…
Janglarda yor eding-ku, o, qiz!
Surat, surat! Nega sen tilsiz?..
Do'stlaringiz bilan baham: |